Savol: Bu jonzotni yozib bering. Javob
Savol: Bu joyni yozib bering. Javob
Download 22.88 Kb.
|
20.05.2022 mahalla uchun savollar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
Savol: Bu joyni yozib bering.
Javob: Hayvonot bog‘i / Zoopark. Qabul emas: qo‘riqxona. Izoh: Poytaxtimizdagi hayvonot bog‘i 1924-yilda tashkil etilgan. 6. Yozuvchi Xaruki Murakami 40 yildan oshiqroq vaqt davomida eskicha uslubda ijod qilib keladi. Yozuvchining aytishicha, IKSlar kaltalashgani sari u ko‘proq rohatlanar ekan. Savol: IKS o‘rnidagi bir so‘zni yozib bering. Javob: Qalam. Izoh: Bilamizki, eski yozuvchilar qalamdan ijod qilishgan, Murakami hali ham qalamda ijod qiladi. Qalam kaltalashgani, ya’ni u ko‘proq yozgani sari ko‘proq rohatlanar ekan. 7. Bir safar Pushkinning oldiga bir nemis tadbirkori kelib, undan “kundan yorug‘, tundan qora” nomli she’rini sotib olgan ekan. Chunki u tadbirkor poyabzal bilan bog‘liq bir mahsulot sotgan. Savol: Ushbu tadbirkor nima sotgan? Javob: Poyabzal kremi. 8. Redyard Kipling asarida U bug‘ yordamida yuk tortuvchi buqaning yangi zoti deb ta’riflanadi. Bunday deyilishiga sabab sodda mahalliy xalq uchun bu texnika yangilik edi. Savol: Uni yozib bering. Javob:Parovoz. Izoh: Kipling davrida parovozlar Hindistonda yangilik edi, shuning uchun uni xuddi unga o‘xshash ishni bajaruvchi narsa bilan qiyoslab tushuntirish osonroq edi. Parovoz ham xuddi buqa arava tortgani kabi vagonlarni tortadi. 9. AQSHga UNI ilk marta XIX asrning o‘rtalarida Charlz Foster braziliya hindularida ko‘rib, olib kelgan. Hindular Uni tapirning tishidan qilishgan, ammo Foster UNI yog’ochdan qilishni taklif qilgan. Hozirda esa daraxtlarni asrash maqsadida ko‘plab ovqatlanish shoxobchalarida UNI yog’ochdan emas, plastmassadan tayyorlash yo‘lga qo‘yilmoqda. Savol: UNI yozib bering. Javob: Tish kavlagich. Qabul: Uning boshqa tildagi analoglari. Izoh: Tapirning tishi ham o‘tkir bo‘lib tish kovlash uchun juda qulay, hozirda esa ekologiyani o‘ylab ko‘plab hududlarda uni plastmassa turidan foydalanish yo‘lga qo‘yilmoqda. 10. Petrozavodsk shahrida do‘konga kichik teshik orqali kirib, non va pishiriqlar o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkakni tutib olishadi. Bu omadsiz o‘g‘ri haqidagi bir saytda chiqarilgan maqolada bir multfilm qahramoni eslab o‘tiladi. Bu qahramonga o‘z vaqtida Yevgeniy Leonov ovoz bergan. Download 22.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling