Html hujjat
Internet va intranet tarmog‘i, ularni tashkil etish
Download 0.59 Mb.
|
7-mavzy Internet
7.1. Internet va intranet tarmog‘i, ularni tashkil etish1957-yil ARPA (Advanced Research Projects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARPA (Defense Advanced Research Project Agency) ARPANet tajriba tarmog‘ini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. 1972-yilda ARPANet tajriba tarmog‘i namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo‘lib , barcha kompyuterlar teng huquqli bo‘lishgan va resurslarga faqat faylga murojaat qilishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot yordamida kirish mumkin bo‘lgan. 1989-yilda ushbu tarmoq mustaqil tarmoq sifatida tugatildi. Umuman olganda Internetni tarmoqlarning tarmog‘i sifatida qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi. 1965-yil Nelson gipermatn so‘zini qo‘lladi. Van Dam va boshqalar 1967-yilda gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987-yil ma’lumotlarning gipermatn tahrirlovchisini tuzib chiqdi. Tim Bernes Li 1990-yil gipermatnli loyihani taklif etdi. Bu loyiha fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o‘zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, ushbu ishlanma bevosita Xalqaro axborot tarmog‘iga – World Wide Web (WWW) poydevor bo‘ldi. Ushbu kashfiyot Dunyo olimlari tomonidan maxsus Mingyillik sovriniga “The Millennium Technology Prize” tavsiya etildi. Ushbu sovrin (The Millennium Technology Prize) – Finlyandiya tomonidan joriy etilgan eng yirik xalqaro sovrin bo‘lib, odamlarni hayotini o‘zgartirishga qaratilgan eng yirik texnologik kashfiyotlar uchun taqdim etiladi. Sovrindorlar tanlovi har 2 yilda o‘tkaziladi. Ilk bor ushbu sovrin 2004-yili Tim Berners Liga berildi. 2006 yilda esa Kaliforniya universitetida ishlovchi yapon fiziki professor Syudzi Nakamuraga berildi. Ushbu olim 1983 yilda svetodiodni (ko‘k, oq va yashil svetodiodlar va ko‘k lazerlarni) kashf etganligi uchun taqdirlandi. Ushbu kashfiyot tejamkorligi bilan odamlar hayotida keskin ajralib turadi. Bundan tashqari ushbu texnologiyadan ixcham axborot omborlarini, ma’lumotlar bazasini saqlashda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Web-server - tarmoqqa ulangan kompyuter yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy resurslarni kliyentga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Web-serverlar ma’lumotlar bazalari va multimediyali ma’lumotlarni bir biriga moslashtiradi; Web-serverda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. World Wide Web (WWW, Butun dunyo o‘rgimchak to‘ri) - bu kliyent-server texnologiyasi asosida tashkil etilgan, keng tarqalgan Internet xizmatidir. 2018-yil oxirida Internetdan foydalanuvchilar soni 3,4 mlrdni tashkil qilgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 4.2 mlrdga yaqinlashishi e’tirof etilmoqda. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling