Html hujjat
Veb-saytlar va ularning turlari
Download 0.59 Mb.
|
7-mavzy Internet
7.4. Veb-saytlar va ularning turlariVeb-sayt WWW axborot makonida noyob URL bilan belgilangan virtual joy. Mazkur URL asosan veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko‘rsatadi. O‘z navbatida , bosh sahifada veb-saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlar bo‘ladi. Veb-sayt sahifalari HTML, ASP, PHP va boshqa fayllardan tashkil topgan bo‘lishi mumkin. Veb-saytni ochish uchun brauzer dasturidan foydalaniladi. Veb-sayt (boshqa variantlari: vebsayt, veb sayt, website, web site yoki shunchaki sayt; ingl. Web - „to‘r“ va site - „joy“) deb kompyuter tarmog‘idagi bir elektron manzilda joylashgan elektron hujjatlar majmuyiga aytiladi. Elektron manzil domen yoki IP shaklida bo‘ladi. Veb-saytni veb sahifadan farqlash lozim: veb sahifa vebsaytdagi sahifalardan biri, xolos. Veb-sahifa – veb-saytning tarkibiy qismi bo‘lib, mantiqiy birlik hisoblanadi, ya’ni u boshqa birlikni o‘z ichiga olmaydi. Demak, veb-sayt - bu veb-sahifalar to‘plamidir. Brauzerning sarlavha qatorida aks ettiriladigan matn – veb-sahifaning nomi hisoblanadi. Veb-sahifalarni loyihalashtirish, yaratish va bezash bilan shug‘ullanuvchi shaxs – bu veb-ustadir. “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari tơg‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2013 yildagi 355-sonli qarorida mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytiga qo‘yiladigan asosiy talablar ishlab chiqilgan. Veb-saytlarni tasniflashda quyidagi asosiy turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: Maqsadi bo‘yicha saytlar quyidagilarga bo‘linadi:
Foydalanuvchilarga nisbatan ochiqligi bo‘yicha saytlar quyidagilarga bo‘linadi: Yopiq (faqatgina aniq foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan sayt) Yarim yopiq (foydalanuvchi saytga kirish uchun avtorizatsiyadan o‘tishi talab etiladigan sayt) Ochiq (barcha uchun ochiq sayt) Qo‘llanilgan texnologiyasi bo‘yicha saytlar quyidagilarga bo‘linadi:
Taqdim etgan axborot resurslari bo‘yicha saytlar quyidagilarga bo‘linadi: Mavzuli saytlar Internet portallar Bloglar Kataloglar Joylashuvi bo‘yicha saytlar quyidagilarga bo‘linadi:
Taqdim etgan veb-xizmatlari bo‘yicha saytlar quyidagilarga bo‘linadi: Qidiruv tizimlari Pochta tizimlari Forumlar Xosting E’lonlar taxtasi Ijtimoiy tarnoqlar Foydalanuvchi nuqtayi nazaridan veb-saytlarni quyidagicha tasniflash mumkin: Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling