Html hujjat


Internetga bog‘lanish usullari


Download 0.59 Mb.
bet6/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

7.2. Internetga bog‘lanish usullari


Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avvalom bor internet

tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Internetga ulanishning quyidagi usullari mavjud:



Har bir ulanish usulini ko‘rib chiqamiz:

1. Kommutatsiyali ulanish - Dial-Up, bunda ulanish oddiy modem bilan telefon raqamini terish orqali telefon simi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunda analogli telefon tarmog‘idagi ma’lumotlarni uzatish tezligi 56 Kbit/s gacha bo‘ladi;

2. Ajratilgan liniya orqali ulanish - kommutatsiyasiz ulanish, bunda ulanish telefon raqamisiz telefon stansiyalararo ajratilgan liniya orqali amalga oshiriladi. Bunday ulanish yuqori tezlikli Internetga ulanishni ta’minlab beradi va oddiy o‘rama juftlik sim orqali amalga oshiriladi. Bunday ulanish kommutatsiyasiz va doimiy bo‘ladi, shu bilan oddiy telefon aloqasi bilan farqlanadi. Unda ma’lumotlarni uzatishda 100 Mbit/c tezlikka erishish mumkin. 

3. Kengaytirilgan liniya orqali ulanish - DSL (Digital Subscriber Line) - raqamli abonent liniyalari to‘plami, oddiy telefon liniyasi asosida, internetga yuqori tezlikli kirish kanalini yaratish texnologiyasi. DSL texnologiyasi, kommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatuvchidan uzoq bo‘lmagan (6 km gacha ) masofalarda yuqori tezlikdagi aloqaga ega bo‘lib, uning barcha turlanishlari xDSL tarzida belgilanadi (ADSL, VDSL, HDSL, ISDL, SDSL, SHDSL, RADSL). Internetga tezkor asinxron kirish Asimmetric DSL (ADSL) texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi, tezkor sinxron aloqa esa Simmetric DSL (SDSL) texnologiyasi yordamida amalga oshiriladi. Juda yuqori tezlikdagi bog‘lanishni 50 Mbit/s ta’minlay oladi (amalda 2 Mbit/s gacha). Ushbu xDSL texnologiyasining asosiy afzalligi, uning telefon liniyalarini o‘zgartirmasdan, undan foydalanishdir. Bunda oddiy telefon aloqasi ham saqlanib qoladi;

4. Raqamli tarmoq xizmatlari to‘plami - ISDN (Integrated Services Digital Network ) – raqamli aloqa tarmog‘i orqali kommutatsiyali ulanish texnologiyasi. Bitta aloqa kanali uchun ma’lumotlarni uzatish tezligi 64 Kbit/s va ikkita aloqa kanali uchun esa 128 Kbit/s bo‘ladi;

5. Lokal tarmoq orqali ulanish - Fast Ethernet. Ulanish tarmoq platasi orqali amalga oshiriladi, tarmoq doirasida ma’lumotlarni uzatish tezligi 100 Mbit/sek va magistral bo‘yicha 1 Gbit/s gacha bo‘ladi. Kompyuterga alohida o‘rama juftlik kabel tortiladi va bunda telefon liniyasi qo‘llanilmaydi.

6. Sun’iy yo‘ldosh orqali ulanish - (DirecPC, Europe Online). Bunday ulanish ikki xil bo‘ladi – asimmetrik va simmetrik:


  • sun’iy yo‘ldosh bilan ma’lumotlar almashuvi ikki tomonlama;

  • ma’lumotlarni uzatish oddiy kanallar orqali va qabul qilish esa sun’iy yo‘ldosh orqali bo‘ladi. Ma’lumotlarni qabul qilish maksimal tezligi 52,5 Mbit/s gacha.

7. Kabelli telekanal orqali ulanish - (“coax at a home”). Ma’lumotlarni qabul qilish tezligi 2 dan 56 Mb/sek gacha. Ma’lumotlarni uzatish simmetrik va asimmetrik bo‘lishi mumkin. Kompyuterni ulash ikki xil bo‘ladi: a) har bir foydalanuvchiga alohida kabelli modem o‘rnatiladi; b) kabelli modem ko‘p qavatli uyda bitta qo‘yiladi va Ethernet lokal tarmog‘i yaratiladi.

8. Simsiz texnologiya orqali ulanish texnologiyalariga quyidagilar kiradi:



  • WiFi

  • WiMax

  • RadioEthernet

  • MMDS

  • LMDS

  • Mobil GPRS – Internet

  • Mobil CDMA – Internet

Bulardan tashqari Internetga Home PNA (HPNA – telefon liniyasi) va HomePlug (elektr tarmog‘i) texnologiyalari ham ishlab chiqilgan.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling