Html hujjat


Download 0.59 Mb.
bet8/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

7.3.1-jadval

IP ning 5 ta sinfli (kategoriyali) manzillari

Sinf

1-baytning ma’no diapazoni

Tarmoqlar soni

Tugunlar soni

A

1 – 126

126

16777214

B

127 – 191

16382

65534

C

192 – 223

2097150

254

D

224 – 239

-

228

E

240 – 247

-

227

Har bir IP – manzil bitta tarmoq yo‘nalishida murojaat qiladi.

IP – manzilni sinflar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha bo‘ladi, masalan A, B, C sinflari uchun:

7.3.2-jadval

IP – manzilni sinflar bo‘yicha taqsimoti





Tarmoq qismi

Host qismi

A sinf

01000100

11000101

01111100

01000111




Tarmoq qismi

Host qismi

B sinf

10000100

11000101

01111100

01000110




Tarmoq qismi

Host qismi

C sinf

11000100

11000101

01111100

01000111

Belgili manzil – ushbu manzil tarmoq ma’muri tomonidan kiritiladi va quyidagi qismlardan iborat bo‘lishi mumkin, masalan, bayonnoma, tashkilot nomi, domen nomi. Bunday nomlanish DNS nomlanish deyiladi.

Har bir IP adres aniq bir tarmoq kompyuteriga murojaat etadi.Ushbu aniqlikni ta’minlash maqsadida domen tushunchasi kiritilgan. Domen – bu tarmoqdagi nomma-nom xostlar guruhidir. Domenlar bir-biridan nuqtalar bilan ajratiladi va odatda 5 tadan ortiq bo‘lmaydi.

Internetda mavzuli domenlar quyidagicha aniqlangan:

com – tijorat korxonalari

edu– o‘quv muassasasi

qov – noharbiy davlat muassasi

mil – harbiy muassasa

net– tarmoq tashkilotlari

org – boshqa tashkilotlar

Geografik domenlar quyidagicha belgilangan, masalan, au - Avstraliya, ca - Kanada, ru -Rossiya ,uk –Buyuk Britaniya , us -AQSh , uz -O‘zbekiston .

2018-yil oxirida domenlar statistikasi quyidagicha bo‘lgan:

246 mln. — barcha qayd qilingan domenlar.

104.9 mln. – milliy zonalarda qayd qilingan domenlar.

329 – yuqori darajadagi domenlar.

100 mln. – .COM zonasida qayd qilingan domenlar.

14.1 mln. – .NET zonasida qayd qilingan domenlar.

9.7 mln. –.ORG zonasida qayd qilingan domenlar.

6.7 mln. – .INFO zonasida qayd qilingan domenlar.

2.2 mln. – .BIZ zonasida qayd qilingan domenlar.

Internetda domenli manzillash maxsus sxema yordamida tashkil etilgan bo‘ladi. 1-sxema quyidagicha: Protocol.organisation.domain, masalan, www.microsoft.com. 2-sxema quyidagicha: department.organisation.domain, masalan, at.sies.uz, 3-sxema quyidagicha: name.domain, masalan, sies.uz.

Sahifa, fayl yoki boshqa resursning Internetda joylashishini aniqlovchi noyob manzil – URL deb ataladi.

HTML hujjatlar shaklidagi tarmoq resurslari URL (Uniform Resourse Locator) yordamida identifikatsiyalanadi. Uning tarkibiga fayl va katalog nomidan tashqari mashinaning tarmoqdagi manzili va faylni olish usuli kiradi. URL – bu muayyan resursning internetda joylashishini ko‘rsatishning standart usuli va u quyidagi formatda bo‘ladi:

http://server_adresi:{port nomeri}/direktoriya_nomi/fayl_nomi.

Yuqori darajali domen manzilini ajratish va uni boshqasrish ilk bor IANA (ingl. Internet Assigned Numbers Authority) tashkilotiga yuklatilgan edi (AQSh Mudofaa Vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga binoan). Keyinchalik ICANN — nomlarni va raqamlarni taqsimlovchi internet-korporatsiyasi (ingl. Internet Corporation for Assigned Names and Numbers), xalqaro tashkilotiga yuklatildi (AQSh Savdo Vazirligi bilan tuzilgan shartnomaga binoan).

2018-yil 12-yanvardan boshlab ICANN domenlarni ochiq qayd qilish mumkinligini e’lon qildi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling