Mavzuli sayt – aniq sohaga mansub bo‘lgan ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.
Portal – veb-sayt to‘plami bo‘lib, keng qamrovli funktsional imkoniyatlarga ega bo‘lgan saytdir.
Saytlarni rivojlanishi o‘z navbatida portal (portal) tushunchasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Portal – bu har xil zahiralar va servislarni ko‘p pog‘onali tizimlar ko‘rinishida tashkil etilgan saytdir.
-
Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so‘zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi yirik veb-sayt.
-
Portallar gorizontal (ko‘p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan), xalqaro va mintaqaviy, shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin
-
Portal orqali Internet foydalanuvchilariga quyidagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi:
-
Elektron pochta
-
Ma’lumotlarni qidirish
-
Veb-saytlarni joylashtirish
-
Konferens aloqalarni taqdim etish
-
Yangiliklar
-
forumlar va h.k.
Portalning quyidagi xususiyatlari mavjud bo‘lishi kerak:
-
portalning tashqi ko‘rinishi, mundarijasi va interfeysi har bir foydalanuvchi uchun alohida bo‘lishini ta’minlaydi;
-
foydalanuvchining ishchi o‘rnini tashkillashtiradi;
-
foydalanuvchilarga qay darajadagi pog‘onagacha chiqishga ruxsat berish;
-
foydalanuvchi ma’lum bir darajada bajarilayotgan ishlarni nazorat qilish imkoniyatiga ega ;
-
har xil ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasidan, hujjatlarni boshqaruv tizimidan, E-mail tizimidan, web-serverlardan va boshqa tizimlardan ma’lumotlarni o‘qiy olishi imkoni bo‘lishi kerak;
-
ma’lumotlarni qidirib topishda eng oddiy usullardan foydalangan bo‘lishi. Portallarni yaratishda hozirgi kunda Lotus Domino texnologiyasi keng qo‘llanilmoqda. Portalda quyidagi keltirilgan bandlar bo‘lishi shart:
-
shaxsiy ma’lumotlar, masalan E-mail, kalendar, ish jadvali, shaxsiy manzillar kitobchasi va boshqalar;
-
ishchilar guruhi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar, masalan mahsulotlar, mijozlar va xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
-
korporativ ma’lumotlar, masalan
-
Tashqi tarmoqdan (extranet) olinadigan ma’lumotlar, masalan boshqa korxonalar tomonidan qilingan buyurtmalar;
-
Internet tarmog‘idan olinadigan ma’lumotlar, masalan aksiyalarning narxi, yangiliklar, ob-havo va boshqalar.
WWW serverida joylashtirilgan ma’lumotlar to‘plamini, ya’ni portalni, taxminan quyidagicha grafik shaklida, shartli ravishda, tasvirlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |