Html hujjat
Xeshteg (ingl. hashtag – hash
Download 0,59 Mb.
|
7-mavzy Internet
Xeshteg (ingl. hashtag – hash va tag so‘zlaridan tashkil topgan — “#” belgisi nomi va belgi) — kichik bloglarda va ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bo‘yicha qidiruvni osonlashtiruvchiga qo‘llaniladigan belgi va so‘zlar birlashmasi. Masalan, #uzbekistan, #samarqand, #registon, #samarqand allomalari.
Xeshtegning quyidagi xossalari mavjud:
Misol sifatida, agar matnda Samarqand haqida so‘z yuritilgan bo‘lsa, unda quyidagi xeshteglarni kiritish mumkin bo‘ladi: #turizm, #samarqand. Shunday qilib, xeshteglar orqali foydalanuvchilar o‘z bloglarida tayanch so‘zlarini kiritib, ushbu blogni qidiruv tizimlari orqali Internet foydalanuvchilariga yetkazish imkoniga ega bo‘ladilar. Viki – bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lgan veb sayt. Forum. Internet tarmog‘ida forumlar veb-sayt ko‘rinishida bo‘ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum - veb-sayt tashrif buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmuyi. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin. Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror bir mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib o‘z fikrlarini jo‘natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko‘rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli-tuman mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin. Download 0,59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling