7.4.1-chizma. Veb-sayt turlari
Tashrifnomali sayt – eng oddiy ko‘rinishga ega bo‘lib, oddiy HTML tilida yozilishi mumkin va unda boshqaruv elementlari bo‘lmaydi, sahifalar soni 1-5 ta gacha bo‘lishi mumkin. Bunda asosan sayt egasi va u bilan bog‘lanish ma’lumotlari beriladi.
Korporativ sayt – kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olib, uni virtual ofis deb ham yuritsa bo‘ladi.
Ko‘rgazmali sayt – bunda kompaniya mahsulotlari ro‘yxati bo‘lib, uning asosiy maqsadi mahsulotlarni sotishdan iborat. Ko‘rgazmali saytning yana bir ko‘rinishi bu internet do‘kon hisoblanadi, faqatgina bunda mahsulotlarga byurtma berish imkoni mavjud bo‘ladi.
”Promo ”sayt – ( ingl. ”promotion” so‘zidan kelib chiqqan, ya’ni rag‘batlan-tirish ma’nosini anglatadi) bunday saytlar mahsulotlar yoki kompaniyalarning reytingini oshirishga qaratilgan bo‘ladi.
Web-saytlarni tashkil qilish uni doimiy ravishda yangilab turishni taqozo etadi. Hozirgi kunda ushbu sohada yaratilgan dasturlarni saytni ilgarilatish degan nom olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |