Html hujjat


Download 0.59 Mb.
bet11/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

Mavzuli sayt – aniq sohaga mansub bo‘lgan ma’lumotlardan iborat bo‘ladi.

Portal – veb-sayt to‘plami bo‘lib, keng qamrovli funktsional imkoniyatlarga ega bo‘lgan saytdir.

Saytlarni rivojlanishi o‘z navbatida portal (portal) tushunchasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Portal – bu har xil zahiralar va servislarni ko‘p pog‘onali tizimlar ko‘rinishida tashkil etilgan saytdir.



  • Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so‘zidan olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi yirik veb-sayt.

  • Portallar gorizontal (ko‘p mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag‘ishlangan), xalqaro va mintaqaviy, shuningdek ommaviy va korporativ bo‘lishi mumkin

  • Portal orqali Internet foydalanuvchilariga quyidagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi:

    • Elektron pochta

    • Ma’lumotlarni qidirish

    • Veb-saytlarni joylashtirish

    • Konferens aloqalarni taqdim etish

    • Yangiliklar

    • forumlar va h.k.

Portalning quyidagi xususiyatlari mavjud bo‘lishi kerak:

  • portalning tashqi ko‘rinishi, mundarijasi va interfeysi har bir foydalanuvchi uchun alohida bo‘lishini ta’minlaydi;

  • foydalanuvchining ishchi o‘rnini tashkillashtiradi;

  • foydalanuvchilarga qay darajadagi pog‘onagacha chiqishga ruxsat berish;

  • foydalanuvchi ma’lum bir darajada bajarilayotgan ishlarni nazorat qilish imkoniyatiga ega ;

  • har xil ko‘rinishdagi ma’lumotlar bazasidan, hujjatlarni boshqaruv tizimidan, E-mail tizimidan, web-serverlardan va boshqa tizimlardan ma’lumotlarni o‘qiy olishi imkoni bo‘lishi kerak;

  • ma’lumotlarni qidirib topishda eng oddiy usullardan foydalangan bo‘lishi. Portallarni yaratishda hozirgi kunda Lotus Domino texnologiyasi keng qo‘llanilmoqda. Portalda quyidagi keltirilgan bandlar bo‘lishi shart:

  • shaxsiy ma’lumotlar, masalan E-mail, kalendar, ish jadvali, shaxsiy manzillar kitobchasi va boshqalar;

  • ishchilar guruhi uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar, masalan mahsulotlar, mijozlar va xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

  • korporativ ma’lumotlar, masalan

  1. Tashqi tarmoqdan (extranet) olinadigan ma’lumotlar, masalan boshqa korxonalar tomonidan qilingan buyurtmalar;

  2. Internet tarmog‘idan olinadigan ma’lumotlar, masalan aksiyalarning narxi, yangiliklar, ob-havo va boshqalar.

WWW serverida joylashtirilgan ma’lumotlar to‘plamini, ya’ni portalni, taxminan quyidagicha grafik shaklida, shartli ravishda, tasvirlash mumkin:



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling