Html hujjat


Milliy va xalqaro internet forumlari


Download 0.59 Mb.
bet14/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

Milliy va xalqaro internet forumlari. Internet forumlari alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlarga meditsina, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o‘yinlari va transport vositalariga bag‘ishlangan forumlar misol bo‘ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo‘ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o‘rtaga tashlash mumkin.

Xalqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

- Travel.ru/community forumi – Xalqaro turizm va sayohatlar bo‘yicha fikrlar almashuvi uchun maydon.

- Medicinform.Ru forumi – ushbu forum orqali tibbiyot sohasiga ixtisoslashgan bo‘lib, kasalliklar va ularni davolash, dori vositalar va ularni to‘g‘ri qo‘llash hamda tibbiyot bo‘yicha yuridik maslahat olish mumkin.

- Progz.ru forumi – ushbu forum dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo‘ljallangan.

- Avtomobili.by forumi – ushbu forum avtomobil ishqibozlari forumi bo‘lib, unda avtomobillar brendlari, markalari va turlari hamda ularni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish mumkin.

- Stopforum.ru forumi – bu kompyuter o‘yinlari forumidir. Bunda o‘yinlarning turlari, ularni o‘ynash sirlari va yuzaga kelgan muammolar muhokama qilinadi.

- WildDesign.ru forumi – bu forumda dizayn, moda va tasviriy san’at ixlosmandlari va ijodkorlari fikr almashishadi. Bundan tashqari ijodkorlar asarlaridan bahramand bo‘lish mumkin.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling