Html hujjat


Xeshteg (ingl. hashtag – hash


Download 0.59 Mb.
bet13/65
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#259966
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65
Bog'liq
7-mavzy Internet

Xeshteg (ingl. hashtag – hash va tag so‘zlaridan tashkil topgan  — “#” belgisi nomi va belgi) — kichik bloglarda va ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bo‘yicha qidiruvni osonlashtiruvchiga qo‘llaniladigan belgi va so‘zlar birlashmasi. Masalan, #uzbekistan, #samarqand, #registon, #samarqand allomalari.

Xeshtegning quyidagi xossalari mavjud:



  • Xeshteg matnning oxirida joylashtiriladi va matndagi mavzuni muhokama etishga asos bo‘ladi.

  • Xeshtegni tarmoqda qayd qilish talab etilmaydi va uni tarmoqdan chiqarib tashlab bo‘lmaydi.

  • Bir xil mavzu doirasidagi, ammo har xil yozilgan xeshteglarni birlashtirib bo‘lmaydi.

  • Qidiruv tizimlari bevosita xeshteglar bo‘yicha qidiruvni amalga oshiradi.

Misol sifatida, agar matnda Samarqand haqida so‘z yuritilgan bo‘lsa, unda quyidagi xeshteglarni kiritish mumkin bo‘ladi: #turizm, #samarqand.

Shunday qilib, xeshteglar orqali foydalanuvchilar o‘z bloglarida tayanch so‘zlarini kiritib, ushbu blogni qidiruv tizimlari orqali Internet foydalanuvchilariga yetkazish imkoniga ega bo‘ladilar.



Viki – bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lgan veb sayt.

Forum. Internet tarmog‘ida forumlar veb-sayt ko‘rinishida bo‘ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum  - veb-sayt tashrif buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan veb sayt sahifalari va uskunalari majmuyi. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan maydonchasi. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin.

Forum muloqotning yana bir oddiy turi bo‘lib, bu muloqotda ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joydan qatnashish ham mumkin. Bunda biror bir mavzu tanlanadi va u muhokamaga qo‘yiladi. Qatnashuvchilar muzokara bilan tanishib o‘z fikrlarini jo‘natishlari mumkin. Bu usulda siz muhokamada qatnashayotganlarni ko‘rmaysiz, faqatgina ularning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Forumda turli-tuman mavzular muhokama qilinadi. Bunda siz biror mavzuni tanlab, ularning muhokamasida ishtirok etishingiz mumkin.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling