Hududiy elektr tarmoqlari


Download 83.64 Kb.
Sana29.12.2022
Hajmi83.64 Kb.
#1072155
Bog'liq
Jarqo\'rg\'on minorasi




Surxondaro viloyati
Jarqo'rg'on tumani
Jarqo'rg'on minorasi
mahallasi



“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ


Boshqaruv Raisi
U.M.Mustafoyevga


Hurmatli Ulug’bek Mavlonovich!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi


PQ-172-sonli “2022-2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. So’nggi uch yilda 1500 dan ortiq qishloq va mahallalarda uchbu dasturlar doirasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Aholini doimiy va sifatli elektr energiya bilan ta’minlashda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining ham hissasini alohida ta’kidlab o’tish joiz.
Surxondayo viloyati Jarqo’rg’on tumani Jarqo’rgo’n minorasi mahallasida hozirgi kunda 856 ta xonadonda 5276 nafar aholi istiqomat qilmoqda. Mahallamizda 3 ta transformator punkti mavjud bo’lib, shundan ikkitasi sobiq ittifoq davrida o’rnatilgan, qolgan bir donasi esa 1998 yilda o’rnatilgan. Bu transformatorlar texnik jihatdan deyarli yaroqsiz ahvolga kelib qolgan. Qisqa vaqt oralig’ida ishdan chiqish holatlari kuzatilmoqda. Uchta transformator to’la quvvat bilan ishlagan taqdirda ham aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlay olmayapti. Yangi transformator punkti o’rnatish ishlari boshlangan edi, lekin bu ishlar oxirigacha bajarilmay qolib ketdi.
Hurmatli Ulug’bek Mavlonovich, Jarqo’rgo’n minorasi mahallasi aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida mavjud transformator punktlarini quvvatini oshirishda va yangi transformator punkti o’rnatishda amaliy yordam berishingizni so’raymiz.

Hurmat bilan,


Mahalla Raisi B.Sattorov


Download 83.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling