Hududiy elektr tarmoqlari


V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI


Download 77.71 Kb.
bet4/10
Sana19.06.2023
Hajmi77.71 Kb.
#1609192
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ulgurji shartnoma 2023 (4)

V. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
5.1. Elektr ta’minoti shartnomasi bо‘yicha taraflar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bо‘ladi shuningdek, shartnoma shartlari bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollarda, Ta’minotchi korxona buning natijasida yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashga, Iste’molchi esa yetkazilgan haqiqiy zararni qoplashga majbur.
5.2.Ta’minotchi korxona Iste’molchi oldida moddiy javobgar bо‘lmaydi agar:
Iste’molchi elektr energiyasi iste’molining belgilangan rejimiga rioya qilmay, elektr energiyasi iste’moli yoki quvvatining shartnomaviy miqdoridan oshib ketishiga yо‘l qо‘yganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan belgilangan elektr energiyasi iste’molini cheklash jadvalini bajarmagan kunlarda sifati past elektr energiyasi yetkazib berilganligi uchun;
zaxira manbai avtomatik ishga tushganda, avtomatik qayta ulash va avtomatik tarzda tez-tez о‘chirishlar vaqtida elektr energiyasini yetkazib berish borasidagi tanaffuslar uchun.
Energiya ta’minoti shartnomasi bо‘yicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan hollarda, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot shu tufayli yetkazilgan zararning, abonent esa yetkazilgan haqiqiy zararning о‘rnini qoplashi shart.
Agar energiya berishdagi uzilishlar quvvat va energiya yetishmasligi sababli energiya bilan ta’minlovchi tashkilot tomonidan qonunchilik asosida iste’molni tartibga solish natijasida yuz bergan bо‘lsa, energiya bilan ta’minlovchi tashkilot aybdor bо‘lgan taqdirdagina shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki tegishli darajada bajarmagani uchun javob beradi.
Elektr energiyasini sifat kо‘rsatkichlari amaldagi standart talablaridan belgilangan meyorlaridan buzilganda uni aniqlash Ta’minotchi korxona va Iste’molchi, “О‘zenergoinspeksiya”, akkreditatsiyadan о‘tgan standart organi bilan birgalikda maxsus akkreditatsiyadan о‘tkazilgan elektr energiyasini о‘lchov uskunalari orqali о‘lchov ishlari olib borish natijasida aniqlanadi va belgilangan tartibda dalolatnoma tuziladi, imzolanadi hamda tomonlarga bir nusxadan beriladi. Ushbu о‘lchov davri 3 kun davomida amalga oshiriladi. Bunda barcha harajatlar aybdor tomon mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
5.3. Tomonlar ularning xohish va harakatlariga bog‘liq bо‘lmagan tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar sababli ushbu sharoitlarda qaytarib bо‘lmaydigan va oldindan bilib bо‘lmaydigan favqulodda holatlarni о‘z ichiga olgan yengib bо‘lmas kuch (fors-major) oqibatida о‘z zimmasiga olingan majburiyatlarni bajara olmasa, tomonlardan hech biri о‘z majburiyatlarini tо‘liq yoki qisman bajarmagani uchun javob bermaydi.
5.4. Mazkur shartnomani bajarish jarayonida yuzaga keladigan barcha kelishmovchilik va nizolar muzokara о‘tkazish orqali hal qilinadi. Kelishmovchiliklarni muzokara о‘tkazish orqali hal qilishning iloji bо‘lmaganda, ular qonunchilikda belgilangan tartibida hal qilinadi.

Download 77.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling