Hududiy elektr tarmoqlari
Download 77.71 Kb.
|
ulgurji shartnoma 2023 (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Energiya (aktiv, reaktiv) sarfi bо‘yicha HISOBOT
- Ta’minotchi korxona: _____________________ _____________________ M.О‘., imzo, lavozimi, F.I.SH. Iste’molchi
- Kompensatsiya qurilmalarining ishlash rejimi Kompensatsiya qurilmalarining belgilangan quvvati
- Kompensatsiya qurilmalarining turlari Quvvati Ulanish vaqti
- 2. Reaktiv energiyaning iqtisodiy miqdori
- Shu jumladan tarif guruhlari bо‘yicha
- Avariyaviy va texnologik bronni aniqlash bо‘yicha DALOLATNOMA
- Ta’minotchi korxona: _____________________ _____________________ M.О‘., imzo, lavozimi, F.I.SH. Iste’molchi
Energiya (aktiv, reaktiv) sarfi bо‘yicha HISOBOT 20___ yil _________________ oyi bо‘yicha Kо‘rsatkichlar qayd etilgan sana “___” __________________ 20 _____ yil.
Izoh: 7ustun= 6 ustun - 5 ustun; tabaqalashtirilgan hisob uchun nazorat raqami 8 ustun = 7 ustun *4 ustun; 8 ustun = 9 ustun +10 ustun +11 ustun +12 ustun +13 ustun.
_________________-sonli shartnomaga 6 - ilova Kompensatsiya qurilmalarining ishlash rejimi Kompensatsiya qurilmalarining belgilangan quvvati
IZOH: avtorejimda ishlaydigan kondensator qurilmalari bilan jihozlangan tashkilotlar ulanish vaqtlarini tо‘ldirishi shart emas. 2. Reaktiv energiyaning iqtisodiy miqdori
Reaktiv energiyaning har bir hisobot davri uchun iqtisodiy qiymati, reaktiv quvvat kompensatsiyasi bо‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi tо‘g‘risidagi nizomga asosan (О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 10 oktabrda 1864-son bilan davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan) aniqlanadi Hisobot davrining yakuni bо‘yicha reaktiv energiya iqtisodiy qiymatining amaldagi miqdori iste’mol qilingan aktiv energiya va quvvat koeffitsiyentining shartnomaviy miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Tarifga ustama qо‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda faol energiyaning amaldagi tarifi bо‘yicha: 5% - reaktiv energiyadan iqtisodiy qiymat doirasida foydalanilganda, bu amalda iste’mol qilingan aktiv energiya va quvvat koeffitsiyentining shartnomaviy miqdoridan kelib chiqqan xolda aniqlanadi; 10 % - reaktiv energiyadan iqtisodiy qiymat miqdoridan ortiq foydalanilganda, bu amalda iste’mol qilingan aktiv energiya va quvvat koeffitsiyentining shartnomaviy miqdoridan kelib chiqqan xolda aniqlanadi; Reaktiv energiya kompensatsiyasi uchun elektr energiyasi tarifiga ustamalar jarima sanksiyasi xisoblanmaydi va elektr ta’minoti shartnomasiga asosan undiriladi. Reaktiv energiya о‘rni yetarlicha tо‘ldirilmasligi hisobiga quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati Iste’molchi tomonidan qо‘llab-quvvatlanmasligi aniqlanganda, hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aktiv elektr energiya yо‘qolishi qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari amalga oshiriladi, shuningdek, quvvat koeffitsiyenti kо‘rsatkichlari belgilangan normativlarga nisbatan pasaytirilganligi uchun Iste’molchilardan qо‘shimcha mablag‘lar undiriladi (О‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 10 oktabrda 1864-son bilan davlat rо‘yxatidan о‘tkazilgan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi bо‘yicha ishlarni tashkil etish tartibi tо‘g‘risidagi nizomga asosan). Bunda hisob-kitoblar va qо‘shimcha mablag‘ni undirish hisob-kitob davrida Shartnomada kо‘rsatilganiga nisbatan Iste’molchi tomonidan quvvat koeffitsiyentining amaldagi qiymatini pasaytirishga yо‘l qо‘yilganligi tо‘g‘risida “О‘zenergoinspeksiya”ning tasdiqlovi bо‘lganda amalga oshiriladi. Tarif chegirmalari Iste’molchi yagona elektr tizimi tarmog‘ida elektr tarmog‘ining katta yuklamali soatlarida reaktiv energiya hosil qilganda va elektr tarmog‘ining kichik yuklamali soatlarida energiya tizimi tarmog‘idan reaktiv energiya iste’mol qilinganda, agar Iste’molchining bunday rejimida ishlash zarurati Shartnomada kо‘rsatilgan bо‘lsa, taqdim etiladi. Chegirma qо‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olinmagan holda aktiv energiya uchun amaldagi tarifning 15% miqdorida belgilanadi.
_________________-sonli shartnomaga 7 - ilova Avariyaviy va texnologik bronni aniqlash bо‘yicha DALOLATNOMA Iste’molchining__________________________________________________________________________________________________ishtirokida tuzildi. Yagona elektr energetikasi tizimida uzoq muddatli yoki qisqa muddatli quvvat tanqisligi yuzaga kelganda Iste’molchi quyidagilarni bajarishi kerak: 1. Uskuna yuklamasini texnologik bron darajasigacha pasaytirish:
Jami:________kVt *a) Barcha sexlar va agregatlar zudlik bilan о‘chiriladi. О‘chirilishi yaroqsiz mahsulot ishlab chiqarilishi, uskunaning buzilishi, portlash, yong‘in, zaharlanish va boshqa baxtsiz hodisalarga olib keluvchi sexlar va agregatlar bundan mustasno. b) Texnologik bronga shuningdek avariya broniga taalluqli sexlar va agregatlar ham kiradi (2-bandga qarang.) Texnologik bronni cheklash bosqichlari: I bosqich _______________________ kVt; II bosqich _______________________ kVt; III bosqich _______________________ kVt; IV bosqich _______________________ kVt. 2. _____________ о‘tganidan keyin sexlar va agregatlar avariya broni darajasigacha uzib quyiladi.
Jami:________kVt. * a) О‘chirilishi suv ta’minoti, aloqa vositalari ishining tо‘xtashiga, isitish tizimining muzlab qolishiga olib keluvchi sexlar va agregatlar, hamda qо‘riqlash yoritgichlari elektr tarmog‘idan uzilmagan holda qoldiriladi. b) Yong‘inga qarshi zaxira nasoslar va boshqa yong‘inga qarshi agregatlar avariya broniga kirmaydi (ushbu agregatlar, zaruratga qarab, oldindan Ta’minotchi korxona bilan kelishilgan holda rо‘yxatga kiritilishi mumkin).
Download 77.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling