9-topshiriq. Labaratoriya ishi №1. Kuchlanishi 1000 Vgacha bo’lgan sex elektr tarmoqlarida "faza nul" xalqasi qarshiligini tekshirish
Download 188.37 Kb.
|
SKET laboratoriya xisobotiga
9-topshiriq. Labaratoriya ishi №1. Kuchlanishi 1000 Vgacha bo’lgan sex elektr tarmoqlarida "faza - nul" xalqasi qarshiligini tekshirish I. I SH N I N G M AQ S A D I Ish xisoblash - tajriba xarakteriga ega. Ishning maqsadi - " Faza - nul " xalqasi qarshiligini aniqlash,tekshirilayotgan liniyalarda qisqa tutashish tokini topish, bir fazali qisqa tutashish toki bo’yicha himoya apparatlarini tanlashdan iborat. II. N A Z A R I Y Q I S M Sanoat korxonalarida 4 ta simli kuchlanishi 380/220 V bo’lgan neytrali yerga ulangan va nul simli sex elektr tarmoqlari keng tarqalgan. Ba’zi xollarda normal xolatda kuchlanish ostida bo’lmaydigan metall qismlarda korpusga ulanib qolish natijasida odamlar uchun xavfli bo’lgan potensial paydo bulishi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy tadbirlardan biri yerga ulash xisoblanadi. Elektr qurilmasining biror qismini ataylab yerga ulovchi qurilma ( zazemlyayushie ustroystvo ) bilan elektr bog’lash "yerga ulash" ( " z a z e m l e n i e " ) deyiladi." Yerga ulovchi qurilma ": " yerga ulovchi " ("zazemlitel") va "yerga ulovchi o’tkazgichlar" ( " zazemlyayushie provodniki" )dan iborat bo’ladi." Yerga ulovchi " deb yer bilan tug’ridan – tug’ri kontaktda bo’ladigan metall o’tkazgich yoki o’tkazgichlar guruxiga,"yerga ulovchi o’tkazgichlar" deb elektr qurilmalarining yerga ulanadigan qismlarini "yerga ulovchi" bilan birlashtiruvchi o’tkazgichga aytiladi. Transformatorning yerga ulanadigan neytrali "yerga ulovchi qurilma"ga kichik qarshilik ( tok transformatori birlamchi chulg’ami ) orqali yoki tug’ridan-tug’ri sim bilan ulanadi. Transformator neytralini "yerga ulovchi qurilma" ga ulovchi nul sim fazalarining yuklamasi xar xil bo’lganda teskari sim bulib xizmat qiladi. Neytrali to’g’ridan-to’g’ri ulangan elektr qurilmalarida yerga ulangan qismlar izolyatsiya buzilishi yoki boshqa sabablar bilan biror faza bilan birikib qolgan taqdirda avtomatik ravishda manbadan qisqa vaqt ichida uni uzilishi ta’minlanishi zarur. SHu maqsadda bunday elektr qurilmalarida nul sim yordamida elektr uskunalari korpuslari yerga to’g’ridan–to’g’ri ulangan neytral bilan metall bog’lanishda bo’lishi kerak.Yerga ulashning bunday sistemasi "nulga ulash"( "zazemlenie" ) deb ataladi.Bunday metall bog’lanish nul simdan tashqari "yerga ulovchi simlar" yordamida bajarilishi mumkin. "Yerga ulovchi qurilma"da tabiiy va sun’iy " yerga ulovchi " lar va "yerga ulovchi o’tkazgichlar" ishlatiladi. Tabiiy "yerga ulovchi" lar sifatida yer bilan bevosita aloqada bo’lgan metall quvurlar, binolarning metaldan qilingan yerosti qismlari kabellarning ko’rg’oshin qoplamalari ishlatiladi ( alyuminiy qoplamalarni ishlatish mumkin emas ). Sun’iy "yerga ulovchilar" burchakli va yumaloq po’latdan va gaz-suv quvurlaridan bajariladi." Yerga ulovchi o’tkazgich " lar va "nul himoya o’tkazgichlar yoki simlar" sifatida esa : 1. Nul simlar faqat shu maqsadda ishlatiladigan o’tkazgichlar ( mis va alyuminiy simlar, po’lat tasma ); 2. Binolarning metall konstruksiyalari ; 3. Temir - beton konstruksiyalar armaturasi; 4. Ishlab chikarishda qo’llaniladigan metall konstruksiyalar ( kran yo’llari, karkaslar, relslar ) ; 5. Elektr simlari uchun po’lat trubalar ; 6. Kabellarning alyuminiy koplamalari ; 7. SHinoprovodlarning metall qoplamalari ( k o j u x l a r i ) va konstruksiyalari ; 8. Ochiq yotkizilgan quvurlar ( turboprovodlar ); ( yonuvchi va portlovchi moddalar quvurlaridan va kanalizatsiya xamda isitish quvurlaridan tashqari ); Kuchlanishi 1000 V gacha ,neytrali yerga to’g’ridan-to’g’ri ulangan elektr qurilmalarida shikastlangan uchastkalarni avtomatik tarzda uzish imkoniyati yaratish uchun kerak. Buning uchun "yerga ulovchi simlar" ni shunday tanlash kerakki, biror faza korpusga yoki nul simga ulanib qolgandagi 1 fazali qisqa tutashuv toki uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak : 1. Eruvchan quymali saqlagichlar uchun : a ) Normal muxit sharoitlarida (1) b) Portlash xavfi bor muxitlarda (2) Bu yerda IBCT - saqlagich eruvchan quymasining nominal toki. 2. Tokga teskari bog’lik xarakteristikali avtomatlar uchun : a) normal muxit sharoitlarida (3) b) Portlash xavfi bor muxitlarda (4) Bu yyerda IHR - avtomatik uzuvchi ( rassepiel ) sining nominal toki. 3. Faqat qisqa tutashuv tokidan himoya qiluvchi uzuvchi elementli avtomatlar uchun : (5) Bu yyerda Iy.k - qisqa tutashuvdan himoya elementining ishlab ketish ( tok srabativaniya ) ustavka toki. " Yerga ulovchi simlar " ning o’tkazuvchanligi faza simi o’tkazuvchanligini kamida 50 % ni tashkil etishi kerak. Tekshirishlar va tajribalar shuni ko‘rsatdiki, ichida fazalar o’tkazilgan po’lat quvurdan, po’lat zirxdan va shinoprovod qoplamasidan tashqari o’tkazilgan nul simlar nul tartibli toklarga katta qarshilik ko‘rsatadi. Natijada 1 fazali qisqa tutashuv toklari himoya apparatlari ishlashi uchun yetarli qiymatga ega bo’lmaydi. SHuning uchun kabel, po’lat trubalar,shinoprovoddagi nul shina yoki alyuminiy tasma nul sim sifatida ishlatilsa, 1 fazali qisqa tutashuv toki qiymati ancha ortadi.Agar 4 - jilalik kabelning nul jilasi, shinoprovodning nul shinasi yoki shinoprovod kojuxidagi alyuminiy tasma nul sim sifatida ishlatilsa, yerga ulanish toki ( 1 fazali qisqa tutashuv toki ) eng katta qiymatga ega buladi. Neytrali yerga bevosita ulangan, kuchlanishi 1000 V gacha elektr tarmoqlarida faza va nul simlar urtasidagi qisqa tutashuv toki quyidagicha topiladi : (6) Bu yerda : UF - faza kuchlanishi ; ZT - transformatorning korpusga ulanishiga bo’lgan to’la qarshiligi ; Download 188.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling