9-topshiriq. Labaratoriya ishi №1. Kuchlanishi 1000 Vgacha bo’lgan sex elektr tarmoqlarida "faza nul" xalqasi qarshiligini tekshirish
ШМА da nul sim sifatida ko‘tarib turuvchi burchakli konstruksiya 1600A yoki ШМА
Download 188.37 Kb.
|
SKET laboratoriya xisobotiga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kabel va simlarning markalarini va konstruktiyasini o‘rganish I
ШМА da nul sim sifatida ko‘tarib turuvchi burchakli konstruksiya 1600A yoki ШМА ning himoya qoplamalari ustida maxsus Al tasma nul sim sifatida ishlatiladi. Nul simning o‘tkazuvchanligi faza simlarining o‘tkazuvchanligi kamida yarmiga teng bo‘lishi kerak.
ШМАda faza shinalari maxsus joylashtiriladi buning natijasida fazadan fazaga quvvat ko‘chishi effektining tasirini yo‘qaladi. A’ B’ B’’ C’ C’’ A’’
Agar tok qiymati 1000 A ortiq bo‘lsa, uzib ketuvchi fazadan orqada qoluvchi fazaga quvvat ko‘chishi effekti yuzaga keladi. Bunga sabab turli fazalar shinalar orasidagi o‘zaro induktivlik ῳm borligidir. SHuning uchun fazalar toklarini tenglashtirish uchun fazalar shinasi yuqoridagidek joylashtiriladi. III. I SH N I B A J A R I SH T A R T I B I ШМА shinani o‘tkazgichning uzunligi 6 metrli to’g‘ri seksiyaning konstruksiyasi bilan tanishish. Bunda fazalarga tegishliy to‘gri to‘rtburchakli 6 ta shinaning seksiya ichida va uning ikki tomonidagi chiqish joylarida joylashuvi o‘rganiladi. Nul simi bo‘lgan seksiyaning pastdan 2 uchidagi o‘rnatilgan shinalarini izolyatsiyalari va bir-biriga yaqin joylashuviga ham e’tibor beriladi. SHinalarning uchlaridagi teshiklar seksiyalar bir biriga Voltlar yordamida ulash imkonini beradi. ШРА ikkita 3 metrli to‘g‘ri seksiyalar va bitta burilish seksiyalardan iborat bo’lib . Ular o‘zaro boltlar yordamida biriktiriladi. Uchta faza uchun bir xil kesim yuzali alyuminiy shinalar korpus ichiga izolyatsiyalovchi elamentlar bilan maxkamlangan. Ketuvchi kabel ulanadigan, uchida eruvchan saqlagichlarning uch fazali guruxi o‘rnatilgan va uch qutbli rubilnik bo‘lgan quti bor. Bu quti korpusga qilingan tugunlar orqali shinalarga shtempelli ulanadi. Kabel va simlarning markalarini va konstruktiyasini o‘rganish I ISHNING MAQSADI Kabel va simlarning markalarini va konstruksiyasini o‘rganish va markalarini va konstruktiv qismlarini o‘zaro bog‘langanini taxlil qilish ishning maqsadidir. II NAZARIY QISM Asosiy tok o‘tkazuvchi materiallar bo‘lgan kabel va simlarning tok o‘tkazuvchi simlari alyuminiydan (70%) va misdan yasaladi. Mis o‘tkazgichlar quyidagi xollarda ishlatiladi: 1).Elektr yoy pechlarining “qisqa tarmog‘i” ni bajarish uchun; 2).Trolley tok o‘tkazgichlari uchun; 3).V-I va V-Ia toifalaridagi portlash xavfi bor xonalar uchun; 4).220 kV va undan yuqori kuchlanishli podstansiyalarda ikkilamchi zanjirlar uchun; 5).Qizdirilgan va eritilgan (suyuq) metall tashuvchi ko‘prik kranlari uchun; po‘lat o‘tkazgichlar xozirgi vaqtda, yoyilishga chidamli bo‘lgani uchun, trolley liniyalarida ishlatiladi. Tok o‘tkazgichlar uchun yuqori mustaxkamlikka ega bo‘lgan AM-31 markali alyuminiy qotishmasi ishlatiladi. Bu qotishmaning o‘tkazuvchanligi alyuminiydan 13%dan kam, ammo mexanik chidamliligi po‘latnikiga yaqin. Simlar va kabellarning markalarini ko‘rib chiqamiz. Izolyasiyasi yo‘q simlar o‘tkazgich materialining birinchi xarfi bilan belgilanadi; M - mis, A - alyuminiy, C - po‘lat, AC - po‘latalyuminiy. Izolyasiyali simlar va kabellarning o‘zaro farqi - ularning konstruksion tuzilishidadir, kabelning, konstruksiyasi murakkabroq - izolyasiyasi ustidan turli himoya vositalari bor. Bularga kabel qobig‘i (obolochkasi), zirxi (bronya) va korroziyaga qarshi qoplamasi kiradi. Izolyasiyali simlar va kabellarning konstruktiv elementlari ularning markalarida aks ettiriladi va markalar bo‘yicha kabel to‘g‘risida barcha asosiy ma’lumotlarni olish mumkin. Sim va kabellarning tok o‘tkazuvchi tomirlari quyidagicha markalanadi: misdan bo‘lsa, belgilanmaydi, alyuminiy tomir markaning boshida A xarfi bilan ko‘rsatiladi. Xuddi, shunga o‘xshash qog‘oz izolyasiyasi belgilanmaydi, rezina izolyasiya Р bilan, polivinil xlorid В bilan, polietilin П bilan belgilanadi. Kabellarning qobig‘i - materialining 1 - xarfi bilan belgilanadi. С - qo‘rg‘oshin, A - alyuminiy, В - polivinilxlorid, Н - neyrit (yonmaydigan rezina); Г - xarfi bilan ingichka simchalardan to‘qilgan egiluvchan sim va qobig‘i yoki zirxi himoyalanmagan (yalang‘och) kabellar belgilanadi. Po‘lat tasmali zirx Б va po‘lat simli zirx П bilan belgilanadi. Kichik “г” xarfi egiluvchan konstruksiyali kabeldagi gofrlangan qobiqni ko‘rsatadi. Xozir ko‘p ishlatiladigan rezina izolyasiyali mis simlarning markalari quyidagilar. ПРГ - egiluvchan, ПРП - metall to‘qima qoplamali, ПРТО - po‘lat quvurlarda o‘tkazish uchun xuddi shunday, ammo alyuminiy sim - АПРТО, ПРЛ - laklangan, montaj uchun, ШРПА - shlangli, engil ko‘chma: Polivinilxlorid izolyasiyali simlar: ПВ, АПВ ; tyokis (yapaloq): ППВ, АППВ. Kabellarning ko‘p uchraydigan markalari - СБ va АСБ: mis va alyuminiy tomirli, qog‘oz izolyasiyali, qo‘rg‘oshin qobiqli, po‘lat tasmadan zirxli, korroziyaga qarshi qoplamali; ПВГ va АПВГ - yuqoridagidek tomirli kabellar, ammo izolyasiyasi polietilendan, yalang‘och ; VBV - V-I va V-Ia xonalarida ishlatiladigan mis tomirli, qog‘oz izolyasiyali, polivinil xlorid qobiqli va zirxi ustidan yana polivinilxloriddan qo‘shimcha qoplamali kabel. Nazorat kabellari markasi boshida K xarfi bilan boshlanadi. Masalan, КАБГ - mis tomirli, qog‘oz izolyasiyali, alyuminiy qobiqli, zarxli va yalang‘och nazorat kabeli. Ma’lumotnomalarda kabellarning markalari va yotkazish usullari muhit sharoitiga bog‘liq xolda keltiriladi. Korxona ichida elektr energiyasini tarqatish uchun kabellar va tok o‘tkazgichlar, ba’zan xavo liniyalarida xam ishlatiladi. Elektr ta’minoti tizimlarida 6,10,20,35,110 va 220 kV li kabellar ishlatiladi. 6-10 kV kuchlanishlarda В-I va В-Ia sinfidagi RX xonalarda mis tomirli СБГ va СБГВ kabellari, qolgan xonalarda alyuminiy kabellar ishlatiladi. Qog‘oz izolyasiya oddiy kabel massasi bilan shimitilgan bo‘lsa, 100 metr oraliqda satxlar-ning farqi 15 metrdan ortmaydigan trassada yotqizili-shi kerak. Trassalarda qiyalik va vertikal (tik) uchastkalar ko‘p bo‘lsa, maxsus oqib tushmaydiydigan serezin massasi bilan shimitilgan qog‘oz izolyasiyali kabellar ishlatiladi. Uning markasiga С xarfi qo‘shiladi. Masalan: ССБГ. Undan tashqari kabel massasi kamroq shimitirilgan kabel xam yuqoridagi xol uchun ishlatiladi. Bunda markasi oxiriga В xarfi qo‘shiladi: ААБВ - qog‘oz izolyasiyali, alyuminiy tomirli va qobiqli, zirxli, korroziyaga qarshi qoplamali, vertikal o‘tkazish uchun chiqarilgan kabel. 20 kV va 35 kV kuchlanishli kabellar markasi: АОСБГ-faza tomirlari aloxida qo‘rg‘oshin qobiqli, АОСК-dumaloq po‘lat simlardan zirxli. 110 kV li kabellar yog‘ to‘ldirilgan, bir fazali bo‘lib, mis tomiri ichida yog‘ bosim ostida bo‘ladi. Mis tomir to‘g‘ri burchakli kesimli simlardan quvur qilib eshilgan bo‘lib, simlar orasidagi tirqish (zazor) dan yog‘ tashqarida o‘ralgan qog‘oz izolyasiyani yog‘lab turadi. Quyidagi markalari bor: МНСА-110-yog‘ to‘ldirilgan past bosimli (1kgs/sm2 gacha ), МНСА-o‘rta bosimli (3kgs/sm2 gacha)-asfalrt qoplamali bo‘lib, transheyada yotqiziladi. Tunnellarda МСС, МССШв va МСАВ markali o‘rta bosimli kabellar ko‘proq ishlatiladi. Ular qo‘rg‘oshin qobiqda 120,150,185,240,300,400,500,625,800 mm2 alyuminiy qobiqda 150,185,240,270 mm2 li kesimlarga ega. 10.1-10.4 jadvallarda xozir iщlab chiqariladigan kabellar simlarning markalari, kesim izlari ishlatish soxalari va yotqizish usullari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. 1-jadval. Ochiq va izolyatsiyalangan simlarning markalari va tavsiflari
2.j a dva l. Ochiq va izolyatsiyalangan simlarning ishlatilish sohalari va yotqizish usullari
3- j a d v a l. Tarkib shimdirilgan qog‘oz izolyatsiyali kuch kabellarining markalari ishlatilish soxalarn va yotqizish shartlari
Download 188.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling