9-topshiriq. Labaratoriya ishi №1. Kuchlanishi 1000 Vgacha bo’lgan sex elektr tarmoqlarida "faza nul" xalqasi qarshiligini tekshirish


Amaliy ish quydagi tartibda bajarildi


Download 188.37 Kb.
bet6/10
Sana05.05.2023
Hajmi188.37 Kb.
#1428451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SKET laboratoriya xisobotiga

Amaliy ish quydagi tartibda bajarildi:
1. O’qituvchidan topshiriq, ya’ni variant nomeri olindi.

2. EYuM tarqalish zonasini koordinatlarini aniqlash usuli bilan tanishib chiqildi.


3. EYuM ning koordinatlarini EXM da aniqlash uchun, - rasmda ko‘rsatilgandek soddalashtirilgan blok-sxema tuzilib, bunda dastlabki ma’lumotlar 1,2 - jadvallardan olindi ( = 0,264 ; = 2,13 * 10 (-3) , kabelli liniyalar uchun ).


4. Tuzilgan programma bo’yicha xisob qilindi.


5. Xisob to’g’ri bo’lishi uchun 4 ta tekshiruv nuqtasi bo’yicha qo’lda nazorat utkazildi ( o’qituvchining ko‘rsatmasi bilan ).


6. Xisob bilan topilgan ma’lumotdar yordamida EYuM ning tarqalish zonasi koordinatini ko’rib, tug’ri qurilganligi tumbler yordamida lampalarning ishga tushiish orqali tekshirildi.

12-topshiriq.
Labaratoriya ishi №5
Asinxron dvigatellarning reaktiv quvvat iste’mol qilishini o‘rganish.


I. I SH N I N G MAQSADI

Ish xisob - kitob xarakterda bo’lib, unda asinxron dvigatel uchun cos = f ( I ) bog’lanishi xisobi va bu bog’lanishni dvigatel iste’mol qiladigan reaktiv quvvatni kompensatsiya qilgandan oldin va keyin eksperimental ravishda aniqlab chiqiladi.


II. N A Z A R I Y Q I S M


Elektr energiyasini iste’molchilarining eng muxim xarakteristikalaridan biri quvvat koeffitsienti bo’lib , u iste’molchilarning rekativ quvvatni sarflashini xarakterlab beradi. Reaktiv quvvat elektr energiyasi iste’molchilarida magnit zonani xosil qilish uchun sarf bo’ladi. Uning asosiy iste’molchilari asinxron dvigatellar ( AD ), transformatorlar, reaktorlar, induksion o’choqlar(pechlar) bo’lib, ularda tok kuchlanishdan faza bo’yicha orqada qoladi. Tok faza bo’yicha oldinda bo’ladigan qurilmalar reaktiv quvvat manbalari bo’ladi. cos ni oshirish muxim xalq xo’jalik axamiyatiga ega bo’lib, u elektr energiyasining tarmoqlardagi yo’qotishni kamaytirish xisobiga elektrostansiyalardagi generatorning quvvatini bo’shatish, yonilg’i sarfini iqtisod qilish, elektr uzatish liniyalari ( L E P ) o’tkazish qobiliyatini oshirishga imkon beradi.


Asinxron dvigatellar reaktiv quvvatning keng tarqalgan iste’molchilardan bo’lib ular reaktiv quvvatning 60 % qismini ishlatadi.
AD nominal ishlash rejimidagi iste’mol qilayotgan reaktiv quvvatini pasportidagi berilgan ma’lumotlar asosida aniqlash mumkin:

( 1 )


Bu yerda Rn - nominal quvvat, kVt


n - nominal yuklanishdagi dvigatelning


foydali ish koeffitsienti, nisbiy
b i r l i k d a ( n . b . )

tg(n ) - burchakning nominal tangensi.


Bu quvvat dvigatelning asosiy magnit zonasi xosil qilish ( Q0 ) va chetga tarqaluvchi magnit oqimi xosil qilishga ( Q0 ) sarf bo’ladigan quvvatlardan tashkil topadi. Nominal rejimdan farq qiladigan rejimda reaktiv quvvatni iste’molini quyidagi ifoda bilan aniqlash mumkin:


( 2 )


Bu yerda - dvigatelning aktiv quvvat bo’yicha yuklash


koeffitsienti, K3 = 1,0 bo’lganda

( 1 ) va ( 2 ) ifodalarni solishtirib, dvigatelning yuklanish koeffitsienti qancha kichik bo’lsa, quvvat koeffitsienti shuncha kichik bo’lishini ko’rish qiyin emas. Eng kichik cos dvigatelning salt yurish rejimiga to’g’ri keladi.


SHuning uchun quvvat koeffitsienti cos oshirishning asosiy usullari quyidagilar:

1. Korxonadagi texnologik jarayonni tartibga solish, kam yuklanish bilan ishlayotgan dvigatellarni kichik nominal quvvatlisi bilan almashtirish.


2. Dvigatellarni salt yurishini qisqartirish.


3. Agar texnik-iqtisodiy nuqtasi nazaridan o’zini oqlasa, asinxron dvigatellarni sinxron dvigatellar bilan almashtirish.


4. Kompensatsiya qurilmalarini, shu jumladan kondensator batareyalarini o’rnatish. Bu tadbirlar, ishlab chiqarilayotgan reaktiv quvvatini 25 % ni iste’mol qilayotgan, kuch transformatorlari va reaktorlarga xam taalluqlidir. SHu narsani ta’kidlash kerakki, transformatorlar uchun iste’mol qilayotgan reaktiv quvvat (2) bo’yicha xisoblanadi, asosiy magnit oqimini va chetga tarqalish oqimini xosil qilayotgan quvvatlar transformatorlar nominal quvvat, salt yurish toki va qisqa tutashuv kuchlanishini funksiyasidir:


( 3 )


Bu ishda asinxron dvigatellarning yuklanish darajasini quvvat koeffitsientiga ta’siri, xamda quvvat koeffitsientini cos ni, sanoat korxonalarida reaktiv quvvatning manbai sifatida keng tarqalgan kondensator batareyalari yordamida oshirish imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.


III. I SH N I B A J A R I SH T A R T I B I


a) Ishning tajriba qismi, reaktiv quvvatning asosiy iste’molchilari va manbalari bilan tanishilgandan keyin, asinxron dvigatel uchun cos= f( r )) bog’lanishli stendda olish bilan boshlanadi , uning uchun B1 va B2 ( - rasm ) uzgich bilan elektr energiyasi sexning elektr tarmog’iga beriladi va magnit yurgizgich ( magnitnыy puskatel ) orqali asinxron dvigatel yurgiziladi. Mexanik qo’l tormozi dvigatel yuklamasi salt yurishdan to 1,1 nominal yuklanishgacha uzgartiriladi. Tok yuklamasining o’zgartirish pag’onasi 0,5 - 1,0 A. Dvigatelning ish rejimi zanjiriga tok transformatorlari orqali ulangan ampermetr, quvvat koeffitsientini qayd etuvchi fazometr xamda voltmetrlar yordamida kuzatiladi. Olingan natijalar asosida -jadval va buyicha cos = f ( R ) boglanishi quriladi.


Tajriba yuli bilan cos = f ( R ) yoki cos = f ( )boglanishlari olingandan keyin, bu boglanishlarni xisoblash yo’li bilan xam ko’rish talab etiladi.

Xisoblash tartibi quyidagicha :


1. ( 1 ) formula yerdamida ni aniqlanadi.


Bunda salt yurish quvvati


kVAr


topiladi.

2. Dvigatelning salt yurish toki ( Ixx ) o’lchash natijalaridan qabul qilinadi.


3. ( 2 ) ifodadan dvigatelning nominal yuklanishida Qr xisoblab topiladi :




Download 188.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling