2. Stendning kommutatsiya zonasida YuOR ni uzish va ulash sxemasini yig’ish.
3. Reaktiv yuklamaning grafigi bo’yicha kondensator batareyalarini ( BK-1 va BK-2 ) uzish va ulash vaqtlarini belgilash uchun grafikda quvvat chizigi o’tkaziladi. Kommutatsiya zonasida BK-1 va BK-2 ni ulash va o’chirish sxemasini stenda yig’ish kerak.
4. Stendni ishga tushirib, YuOR, BK-I, BK-2 larni ishi kuzatiladi. 10 kV va 0,4 kV shinalardagi voltmetrlarni ko‘rsatishga e’tibor bering.
Sanoat korxonalari iste’mol qiladigan yuklamaning elektr ta’minoti tizimidagi ratsional kuchlanishni tanlashga ta’sirini o‘rganish
I. I SH N I N G M A Q S A D I
Sanoat korxonalari iste’mol qilayotgan yuklama ta’minlovchi va tarqatuvchi yuqori kuchlanishli tarmoqlarni tanlashga sezilarli ta’sir ko‘rsatishdi.
Ratsional kuchlanishni tanlash muammosi sanoat korxonasining rivojlanishini xisobga olgan xolda ya’ni korxonaning yuklamasini vaqt o‘tishi bilan ortishini bilgan xolatda yechilishi kerak.
Ta’minlovchi va tarqatuvchi tarmoqlarning kuchlanishini tanlash, sanoat korxonalarini elektr ta’minoti sistemalarini yaratish va loyixalashdagi asosiy masalalardan biri xisoblanadi. Bu kuchlanishning miqdori kapital va elektr energiyaning yo‘qotilishining miqdorini aniqlab beradi.
Bu ishning maqsadi sanoat korxonasi yuklamasining ta’minlovchi va tarqatuvchi tarmoqning yuqori kuchlanishini tanlashga ta’sirini, xamda ratsional kuchlanishni ( Urats ) tanlashni xar xil usullarini o’rganishdir.
II. N A Z A R I Y Q I S M
Nostandart ratsional kuchlanishni tanlash texnikaviy va iqtisodiy ko’rrsatkichlarni solishtirish asosida bajariladi.
Texnikaviy ko’rsatkichlar : mustaxkamlik, ekspluatatsiyaga qulaylik, qurilmaning bardoshligi, avtomatlashtirish darajasi va x.k.z. yo’qotishlar xamda ekspluatatsion sarflardir.
Kapital sarflar quyidagi formula bilan aniqlanadi :
K=kl + Kob + Kg ; kl = Klo l
bu yerda kl - xavo va kabel liniyalarini qurishga ketgan kapital sarf ;
Klo - 1 km liniya qurilishinng narxi ;
l - liniya uzunligi, km ;
Kob - asbob - uskunalarga ketgan kapital sarf ;
- elektr ta’minoti sistemasidagi quvvat yo’qotishni qoplash
uchun ketgan qo’shimcha kapital sarf.
Ekspluatatsion sarf esa quyidagi formulalar bilan aniqlanadi :
Do'stlaringiz bilan baham: |