9-topshiriq. Labaratoriya ishi №1. Kuchlanishi 1000 Vgacha bo’lgan sex elektr tarmoqlarida "faza nul" xalqasi qarshiligini tekshirish
Download 188.37 Kb.
|
SKET laboratoriya xisobotiga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Z = S + r
Ce = Sp + Sa + Sop.
Bu yerda Sp - elektr energiyasi yo’qotishning sarfi ; Sa - amartizatsiyaga ketgan yo’qotishning sarfi ; Sop. - ekspluatatsion personalni saqlash uchun ketgan sarf ; Korxona iste’mol qilinayotgan quvvat sezilarli ta’sir ko’rsatayotgan kapital sarf va ekspluatatsion xarajatni aniqlash uchun sanoat korxonasining elektr ta’minoti sistemasidagi elementlari baxosining yiriklashtirilgan ko’rsatgichi ishlatiladi. Kapital sarfning miqdori bo’yicha ratsional kuchlanish (Urats) deb, shunday kuchlanishga aytiladiki, bunda kapital sarflar minimal bo’lish kerak( tarqatilayotgan quvvatning, masofa, ta’minot sxemasi va xakozolarning doimiyligida ). Kapital sarf va ekspluatatsion xarajatlarning xarakteri ( amalda sodir bo’lishi asosida ), kuchlanishga nisbatan bog’lanishlik xarakteri 1 - rasmda ifodalangan. Ratsional kuchlanish qiymatini taxlil qilish usuli orqali aniqlash. Ratsional kuchlanishni qiymatini aniqlash ikki bosqichda o’tkazish mumkin : a) nostandart kuchlanish qiymatini, yillik xarajatni minimal xolatdagisini aniqlash ( 2 - rasm ). 1 - rasm. 2 - rasm. Keltirilgan yillik xarajatlar kuyidagi formula bilan aniqlanadi : Z = S + rn · K = S + 0,125 · K bu yerda rn - keltirish koeffitsienti ( samaradorlik normative koeffitsienti ), bu ko’rsatkichni qiymatini 0,12 ga teng qilib olish qabul qilingan. b) nostandart ratsional kuchlanish qiymatini bilgan xolda standart kuchlanish qiymatini tanlash. Nostandart ratsional kuchlanish qiymatini aniqlash uchun chet el va mamlakatimizda bir nechta usullar mavjuddir. Misol tariqasida 2 ta chet elda qo’llaniladigan usulni ko’rib chiqamiz : GERMANIYA. Injener Veykert usuli. Nostandart ratsional kuchlanishni qiymati quyidagi formula bilan aniqlanadi : kV bu yerda S - uzatilayotgan kuvvat, MVA l - masofa, km SSHA. Still usuli. kV bu yerda P - uzatilaetgan quvvat, MVt l - masofa, km Bu ikkala usul xam ratsional nostandart kuchlanishni aniqlashda 2 ta parametrning ta’sirini xisobga oladi xolos, bular: tarqatilayotgan quvvat va masofadir. Mamlakatimiz amaliyotida nostandart ratsional kuchlanishni Moskva energetika institutining ( MEI ) " Sanoat korxonalarini elektr ta’minoti" ( EPP ) kafedrasi tomonidan ishlab chiqilgan taxlil qilish yo’li bilan aniqlaydigan usul qo’llashadi. Ta’minlovchi va tarqatuvchi tarmoqlar uchun ratsional kuchlanishni yuqoridagi usul bilan aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi: a). Standart kuchlanish bo’yicha sarflar xisoblab chiqiladi va bog’lanishi ko’riladi: b). Nyuton yoki Lagranjning interpolyasion nazariyasi asosida uchun tenglama tuziladi: v). Bu tenglamaning birlamchi xosilasini olib, uni nolga tenglashtirgandan keyin, sarfning nazariy minimumi topiladi va unga to’g’ri keladigan nostandart ratsional kuchlanish aniqlanadi. Ratsional kuchlanishni qiymatini programmalar bo’yicha aniqlash. Nostandart ratsional kuchlanishni qiymatni aniqlash muammosini soddalashtirish uchun, avvalo nomogrammalardan ratsional kuchlanishga yaqinroq bo’lgan qiymat aniqlanadi ( 3 - rasm ) . Bu nomogrammalar juda ko’plab olib borilgan xisoblar natijasida ko’rilgan bo’lib, quyidagi elektr ta’minoti sistemasining parametrlarini o’zgarishini xisobga olgan xolatda bajarilgan: a ) Sanoat korxonasi iste’mol qilayotgan yuklama 1000 kVA dan 100000 kVA gacha: b ) Energiya manbasidan to korxonagacha bo’lgan masofa 1 km dan 100 km gacha: v ) Elektr energiyasining tannarxi 0,4 dan 1,1 tiyin/kVt.s. gacha ( tannarx oshgangunga qadar bo’lgan xisobda berilgan ) ; g ) Iste’mol sistemalarining sxemasi kuchlanish transformatsiyalanmagan ( 4-rasm ) va transformatsiyalangan: d ) Tarqalish liniyalari kabel va xavo deb qabul qilingan. Aniq bir elektr ta’minoti sistemasi uchun nomogrammadan ( 3-rasm ) standart ratsional kuchlanishni taxminiy qiymatini aniqlaymiz, bunda 3 ta o’zaro yaqin standart kuchlanish qiymatlarini olish shart ( bitta katta, 2 ta kichik yoki aksi ) va shu to’rtala nuqta bo’yicha Nyutonning interpolyasion nazariyasini qo’llab, nostandart kuchlanishini aniqroq qiymati aniqlanadi. Nyutonning interpolyasion usulini ratsional kuchlanishni aniqlashga qo’llash. Nyutonning interpolyasion usuli shunday xolatda qo’llaniladiki, qaysiki variantlardagi standart kuchlanishning qiymati, bir biridan teng oraliqda turgan bo’lsa. Odatda, bizda ishlatilayotgan standart kuchlanishlarning shkalasi notekisdir, shuning uchun bu usulda to’rtdan ortiq bo’lmagan variantlarni soddalashtirishda ishlatiladi ( standart kuchlanishlar shkalasi: 6, 10, 20, 35, 110, 220, 330, 500, 750, 1150 kV ) . Teng oraliqda turgan qiymatlar uchun Nyutonning interpolyasion formulasi ( n-1 )tartibdagi darajali funksiya bo’lib, u quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi: (4) Bu tenglama quyidagi nuktalardan utuvchi chiziknikidir: Download 188.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling