9-topshiriq. Labaratoriya ishi №1. Kuchlanishi 1000 Vgacha bo’lgan sex elektr tarmoqlarida "faza nul" xalqasi qarshiligini tekshirish


Download 188.37 Kb.
bet5/10
Sana05.05.2023
Hajmi188.37 Kb.
#1428451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
SKET laboratoriya xisobotiga

11-topshiriq.
Labaratoriya ishi №4
Bosh pasaytiruvchi podstansiyani ratsional joylashish o‘rnini aniqlash.
I. I SH N I N G M A Q S A D I

Ishni bajarish vaqtida talabalarning " Sanoat korxonalarini elektr ta’minoti "fanining" Sanoat korxonalarining ta’minlash podstansiyalarini joylash o’rnini aniqlash " bo’limidan olgan bilimlarini mustaxkamlash.


Ish xisob-tajribali xaraktyerdadir. Ishning asosiy maqsadi, boshlang’ich pasaytiruvchi podstansiyani maqsadga muvofiq joylashish o’rnini aniqlash masalasini echishdir.


II. N A Z A R I Y Q I S M

Podstansiya ( boshlang’ich pasaytiruvchi, tarqatuvchi, sexlardagi xar qanday sanoat korxonalaridagi elektr energiyasi bilan ta’minlash sistemasining asosiy bo’lim xisoblanadi. SHuning uchun sanoat korxonalarining zonaida podstansiyalarni eng qulay joyga o’rnatish masalasi, ratsional elektr bilan ta’minlash sistemalarini yaratishda muxim rol o’ynaydi. Xar turdagi sanoat korxonalarini elektr bilan ta’minlash sistemalarini qurishda, shu ob’ektlarni bosh rejalari yaratiladi, shu rejalarda xamma sanoat ishlab chiqarish sexlari ko‘rsatiladi. Sexlarni joylanishlari ishlab chiqarish texnologiyasi asosida aniqlanadi.


Bosh rejada sanoat korxonasining xisoblangan yoki belgilangan quvvati ko‘rsatiladi. Sexlarni joylanishlari ishlab chiqarish texnologiyasi asosida aniqlanadi.
Bosh rejada sanoat korxonasining xisoblangan yoki belgilangan quvvati ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, loyixada yuqorida ko‘rsatilgan sex va butunlay korxonaning elektr yuklama grafiklari xam bor. Loyixalashning yana bir muxim vazifalaridan biri BPP, BTP, TP larni korxona territoriyasida eng kulay joyga urnatishdir. Bu narsa, barcha podstansiyalarni joylashtirish elektr ta’minoti sistemalarini kurishda eng ratsional mablag sarflashga olib kelishi kerak.
Elektr ta’minoti sistemalarini loyixalash vaktida BPP,BTP, TP larning o’rnatish joylarini aniqlash uchun, korxonaning bosh rejalarida yuklamalar kartogarammasi ko‘rsatiladi.
Yuklamalar kartogrammasi degani, bosh rejadagi aylanalar bo’lib, bu aylanalarning yuzasi bilan chegaralangan zona, sexlarning xisoblangan yuklamalarini tanlangan masshtab buyicha tasvirlashga aytiladi. Xar bir sex uchun uzining aylanasi ko‘rsatiladi, qaysiki bu aylananing markazi sexning yuklama markaziga to’g’ri keladi. Sexning yoki korxonaning yuklama markazi deb, sexning ( korxonaning) iste’mol qilayotgan elektr energiyasining shartli markazidir. BPP,BTP,TP larni iloji boricha yuklama markaziga yaqin joyga o’rnatish kerak bo’lib, bu narsa yuqori kuchlanishli elektr energiya iste’molchisini markazga yaqinlashtirishga xamda korxonaning yuqori kuchlanishi tarqatuvchi tarmoqlarning va sexning elektr tarmoqlarni uzunligini sezilarli darajada kamaytirishga, o’tkazgich materiallar sarflarini va elektr energiyasini yo’qotilishini qisqartirishga olib keladi.
Elektr yuklama kartogrammasi loyixachiga korxonaning zonaida elektr energiyasini taqsimlanishini aniq yaqqol tasvirlashga imkon beradi. Yuqorida aytib o’tilganidek, korxona yuklamasining kartogrammasi aylana va doiradan iboratdir, bu doira aylana bilan o’ralgan bo’lib, tanlangan (m) masshtab bilan mos kelgan sexning xisoblangan yuklamasiga tengdir:



( 1 ) ifodadan aylananing radiusini aniqlash mumkin.



Bu yerda - aylanani topish masshtabi.


Korxonaning bosh rejaidagi kartogrammada albatta, aloxida - aloxida aktiv va reaktiv yuklamalar ko‘rsatilishi shart. Buning sababi shuki, aktiv va reaktiv yuklamalar iste’moli aloxida - aloxida olingan manbalardan yetkazib beriladi.
Xozirgi paytda qator matematik usullar bo’lib, sex va korxonalarning elektr yuklama markazlarini analitik yo’l bilan aniqlab beradi. Agar yuklamani zona bo’yicha teng taqsimlangan desak, yuklamaning markazini sexning rejadagi ko’rinishi figurasining og’irlik markazi bilan bir xil deb kabul qilish mumkin.
Agarda yuklamani sexdagi taqsimlanishini xaqiqiysini xisobga olinsa unda yuklamaning markazi sexning rejadagi og’irlik markaziga tug’ri kelmaydi, shuning uchun yuklamaning markazini topish og’irlik sistemasining markazini aniqlashga olib keladi.
Massa bilan sexlarning yuklamasini (Rr) qiyoslab, ularning markaz koordinatlarini quyidagi formulalar yordami bilan aniqlash mumkin.

Korxonaning bosh rejasda elektr yuklamasining markazi (EYuM) figuraning murakkab formasida ifodalanadi. SHuning uchun sexning ( korxonaning ) EYuM ni bosh rejadagi bitta mustaxkam nuqta deb emas, uni EYuMni tarqalish zona deb qaralsa tug’ri bo’ladi. EYuMni tarqalish zonasini talab qilingan aniqlikda topish uchun xar xil formulalar bo’lib, ular shartli EYuMni aniqlashga imkon beradi. SHu narsani ta’kidlab o’tish kerakki, korxona elektr ta’minoti sistemasini ko’rish bilan bog’lik muammolar, optimallashtirishga taalluqli bo’lib, turli xildagi matematik usullar yordami bilan yechish mumkin (dinamik, chiziqiy programmalashtirish, tajribali rejalashtirish va x.k.) EYUMni tarqalish zonasini aniqlash uchun eng avvalo EYuMni tarqalish zonasi koordinatlarini aniqlash qonunini topish kerak. Tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki, EYuMni tasodifiy tarqalish koordinatlari normadagi tarqalish qonuniga bo’ysinadi (Gauss-Laplas konuni):

Bu yerda ax, ay - tasodifiy koordinatlarning matematik kutilishi;


- tasodifiy koordinatlarining tarqalishi.



Bu yerda hx va hy - quyidagi tasodifiy miqdorlarning aniqlash o’lchami.



Tasodifiy koordinatning tarqalish extimoligining zichligini to’g’ri burchakli koordinat sistemasi normal tarqalish egri ko’rinishda tasvirlash mumkin.
Tasodifiy bog’lanmagan koordinatlarining ikkilanma o’lchami zichligi quyidagi formula bilan ifodalanadi:

Bu ifoda shu shart bilan olinganki, koordinataning boshlanishi, matematik kutilma bilan birlashtirilgan bo’lib, tarqalishning normal qonuniga bog’liq bo’lmagan koordinataning to’rtta parametrlari bilan ifodalanadi, bular : matematik kutilma ( ax va ay ), EYuM ni shartli xolatini va o’rtacha kvadratik farqning (x, y ) yoki aniqlikning o’lchami ( hx , hy ) dir.
Odatda tarqalishning nazariy qonunini aniqlash bu noaniq qiymatlar bo’lib, ular tarqalishning tajriba yo’li bilan aniqlangan qiymatlariga mos keladi deb olinadi. Tajriba yo’li bilan aniqlangan tarqalishning sonli xarakteristikalarini quyidagicha aniqlash mumkin :



EYuM ning tasodifiy koordinatlarining tarqalish qonuni va sonli xarakteristikalarini aniqlagandan keyin EYuM ning tarqalish zonaini aniqlash mumkin. Buning uchun normal taqsimlashish yuzasini gorizontal tyokislik, parallel tyokislik bilan ko’ndalang kesib o’tamiz. Xosil bo’lgan kesimning yuzasi, shunday egri chiziq bo’lib chegaralanadiki, uni quyidagi ifoda bilan ko‘rsatish mumkin :



yoki

bu yerda

Bu formulalardan ko’rinib turibdiki, sanoat korxonalari EYuM ning tarqalish zonasi ellipsidan iboratdir. Ellipsning formasi va qiymatlarining o’zaro nisbatiga bog’liq bo’ladi. Sanoat ob’ektlarining tarqalish zonasini aniqlash uchun, koordinat o’qini parallel ko’chirish kerakki, to yangi sistemaning boshlanishi matematik kutishiga ax va ay ga mos kelishi kerak.


Agar elektr yuklamalari sanoat korxonalari bo’yicha teng taqsimlangan bo’lsa, masalan ular bir - ikki yoki undan ko’p joylarda bo’ladi. Bu xolatda EYuM ning tarqalishi zonalarini aloxida - aloxida aniqlashga to’g’ri kelib, ularni bosh rejada territoriya bo’yicha aloxida - aloxida yuklamalar bo’yicha aniqlashga to’g’ri keladi. Bunday xolatlarda bir nechta BPP yoki BTP quriladi. Sanoat korxonalarining EYuM tarqalish zonasini ko’rishda shu narsani xisobga olish kerakki, sexlarning EYuM ni xam tarqalish ellipsini, aloxida yoki gruppa iste’molchilaridan tashqil topgan deb xisobga olish kerak.



Download 188.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling