Hududiy markaz


Asosiy tayanch tushunchalar


Download 1.45 Mb.
bet16/64
Sana09.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1760006
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64
Bog'liq
Hududiy markaz

Asosiy tayanch tushunchalar:
Dinamik lingvistika, ctatik lingvistika, atomistik lingvistika, ctruktural lingvistika, cinxronik lingvistika, diaxronik lingvistika, intralingvistika, ekstralingvistika, makrolingvistika, mikrolingvistika, paralingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, etnolingvistika, matematik lingvistika, neyrolingvistika

Jahon tilshunosligi tarixi bir ummonki, undan imkoniyatga, talab va maqsadga ko`ra xabardor bo`lish, shu yo`nalishda bilimga ega bo`lish, undan foydalanish va tadqiqotlarda ushbu


«ummonga» asoslanish har bir jiddiy tadqiqotchi uchun, tilshunos uchun sharafdir. CHunki tilshunoslik fanining kelajagi aslida til-shunoslik tarixidan, lisoniy bitmas - tuganmas xazinadan boshlanadi. SHuningdek, tilshunoslikning ilmiy-nazariy muammolarining asosi, poydevori ham man-tiqan tilshunoslik tarixidadir. Ayni tarixni mukam-mal bilmasdan, uni tasavvur qilmasdan,
uni ang-lamasdan turib, tilshunoslikning nazariy - falsafiy masalalari haqida fikr yuritish maqsadga mutlaqo muvofiq emasdir, diletantlikdir.
Aytilganlarga ko`ra, biz umumiy tilshunoslik soha-sidagi dastlabki qadamni tilshunoslik tarixidan, li-soniy o`tmishdan boshladik.
Lingvistika termini qator yevropa mamlakatlari: ingliz, fransuz, nemis, ispan, rus va boshqa tillarda faol qo`llanilib, til haqidagi fanni anglatadi. Ushbu so`zning o`zagi lingua bo`lib, til degan ma‘noni beradi. Binobarin, lingvistika terminining o`zbek tilidagi muqobili, ma‘nodoshi tilshunoslik bo`lib, ular o`zaro sinonimik munosabatga kirishadi.
Lingvistika yoki tilshunoslik fani o`ziga xos murakkab ijtimoiy hodisa bo`lgan aloqa qurolini — tilni sistema sifatida — bir butun ob‘ekt sifatida tadqiq va tahlil qiladi. Ayni jarayonda u turli ko`ri-nishlarda, shakllarda namoyon bo`ladi. Bu ijtimoiy xarakterga ega bo`lgan tilning mohiyatidan, uni turli tomondan o`rganish, tekshirish lozimligidan va bu il-miylik nuqtai nazaridan mutlaqo to`g‘ri ekanligidan kelib chiqadi.
Lingvistika nihoyatda qudratli ma‘naviyat belgisi, millat boyligi bo`lgan tilni o`rganish jarayonida quyi-dagi ko`rinishlarda namoyon bo`ladi:

  1. Dinamik lingvistika.

  2. Statik lingvistika.

  3. Atomistik lingvistika.

  4. Struktural lingvistika.

  5. Sinxronik lingvistika.

  6. Diaxronik lingvistika.

  7. Intralingvistika.

  8. Ekstralingvistika.

  9. Makrolingvistika.

  10. Mikrolingvistika.

  11. Paralingvistika

  12. Psixolingvistika.

  13. Sotsiolingvistika.

  14. Etnolingvistika.

  15. Matematik lingvistika.

  16. Neyrolingvistika va boshqalar.


  1. Download 1.45 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling