Hududlarni rivojlantirish nazariyalari
Download 170.12 Kb.
|
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org
Urbanizatsiya – (lotincha urbanus – shahar) – shaharlashish, ya‘ni shaharlarning o`sishi va ko`payishi. Bu jarayon fan-texnika inqilobi davrida keskin kuchayib, shahar aholisining ko`payishiga, shahar turmush tarzining keng tarqalishiga sabab bo`ladi1.
BMT bergan statistik ma‘lumotlarda hozirda dunyo aholisining teng yarmi shaharlarda yashaydi, ya‘ni 2009 yilda yer shari aholisining 50 foizi shaharlarga to`g`ri kelgan bo`lsa, 2017 yilda 54 foiz dunyo aholisi shaharlarda yashadi va bu ko`rsatkich 2030 yilda 60 foizni, ya‘ni 3 milliarddan 5 milliardgachani tashkil etadi. Bunday shahar aholisining o`sishi faqat tabiiy ko`payish hisobiga ro`y beradi. 2000-2030 yillar orasida yiliga 1,8 foizdan ortib boradi, bu global o`sishdan ikki marta ko`p degani. Shuningdek, bugungi kunda dunyoning 20 ta shahrida 10 million kishi yashamoqda (15 tasi rivojlanayotgan davlatlarda) bu jahon aholisining 4 foiziga teng. 2015 yilda shunday liga shaharlar 22 taga etadi va ularda 5 foiz dunyo aholisi yashaydi. Davlatlar o`rtasida shahar aholisi ustun bo`lgan mintaqalarga rivojlangan davlatlarni kiritish mumkin. Masalan, Yevropa aholisining 74 foizi shaharlarga to`g`ri keladi, Osiyoda bu ko`rsatkich 49 foiz (2017 yil), Yaponiya (94 foiz), Koreya respublikasi (83 foiz), Singapur (100 foiz), Malayziya (75 foiz), Eron (73 foiz), Quvayt (98 foiz), Baxreyn (100 foiz) va qator G`arbiy Osiyo mamlakatlari aholisining hududiy tarkibida shahar aholisi ustunlik qiladi. Dunyoda shahar aholisining soni to`xtovsiz o`sishida davom etmoqda. Jumladan, 1900 yilda shahar aholisi jami aholining 3 foizini, 1860 yilda – 6,4 foizni, 1990 yilda – 19,6 foiz, 1990 yilda 43 foiz, 2005 yilda esa 48 foiz, 2017 yilda 54 foizni tashkil qilgan. Bundan aholining shaharlarda konsentrasiyalashuvi ya‘ni, mujassamlashuvi tezlashganini kuzatamiz. Urbanizatsiyaning umumiy ko`rsatkichi mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik darajasini belgilaydi va o`z navbatida, ular orasidagi aloqadorlik mohiyatini ifodalaydi. Chunonchi, agar urbanizatsiya darajasi taxminan 70-75 foiz va undan ortiq bo`lsa, u holda mamlakat sanoat jihatidan yuksak darajada rivojlangan industrial mamlakat; 50-70 foiz industrial-agrar; 30-50 foiz - rivojlanayotgan agrar-industrial va 30 foizdan past, sust rivojlangan agrar mamlakat hisoblanadi. Binobarin, urbanizatsiya darajasi bo`yicha mamlakatlarni solishtirganda quyidagilarga e‘tibor berish lozim: -shahar tashkil qilish mezonlari (masalan, aholi soni); -shaharlarning umumiy soni va zichligi; -yirik shaharlarning mavjudligi; -shahar aglomyeratsiyalarining rivojlanganligi; -qishloq-shahar va mayatniksimon migratsiya; -aholining bandlik darajasi, tarkibi va x.k. Bulardan shahar aholi salmog`i urbanizatsiya darajasini ifodalovchi asosiy ko`rsatkich bo`lib, u yer sharining barcha hududlarida urbanizatsiya jarayonining borishini ko`rsatadi. Jumladan, urbanizatsiya darajasining ahamiyatli tomonlarini quyidagilarda yaqqol ko`rish mumkin: 1. Urbanizatsiya darajasi 10 % bo`lsa, bunday hudud urbanizatsiyalashmagan bo`ladi. Qishloq aholi manzilgohlari bilan shahar aholi manzilgohlari orasidagi farq deyarli bo`lmaydi. Qishloq turmush tarzi aks etadi va shahar aholi soni yoki shaharliklar hissasi juda sekinlik bilan ko`payadi; 2. Agarda urbanizatsiya darajasi 25 % dan past bo`lsa, qishloq aholi manzilgohlari ustunligi seziladi, hudud kuchsiz urbanizatsiyalashgan hisoblanadi. Ammo shahar turmush tarzi aks eta boshlaydi, oqibatda, shahar aholisi tezlik bilan ko`payadi, ommaviy shahar aholi manzilgohlari paydo bo`la boshlaydi. shahar va qishloq aholi manzilgohlari o`rtasidagi farq kattalasha boradi; 3. Urbanizatsiya darajasi 50 % ga etsa, shahar aholisining qishloq aholisidan ustunligi seziladi, hudud o`rta urbanizatsiyalashgan hisoblanadi. Shahar aholi soni va o`sish sur‘ati katta bo`ladi, shahar aholi manzilgohlari qishloqlardan yaqqol ajralib turadi; 4. Urbanizatsiya darajasi 75 % ni tashkil etganda, shaharlar qishloqlardan aniq farq qiladi, shahar turmush tarzi qishloq joylarga ham tarqala boshlaydi. Shahar aholisining hissasi va aholi o`sish sur‘ati birdan sekinlashadi; 5. Mintaqa, mamlakat, hudud aholisida shahar aholisi hissasi 90 % bo`lsa, to`liq urbanizatsiyalashgan hisoblanadi. Shahar turmush tarzi barcha qishloq aholi manzilgohlariga tarqaladi, qishloq bilan shahar orasidagi farq yana butunlay yo`qoladi. Aholi soni va salmog`i juda sekinlik bilan o`sadi, hatto ba‘zi hollarda kamaya boradi1. Yevropa mamlakatlarida bugungi kunda aynan shahar aholisi salmog`ida kamayish hodisasi ro`y bermoqda. Yevropa davlatlari deyarli hammasida shahar aholisi jami aholining 50 foizdan ko`pini tashkil qiladi (2017 y.). Faqatgina, Albaniya 56 foiz, Bosniya va Gyersegovina aholisining esa 40 foizi shahar aholisi hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan Yevropa davlatlaridan Daniya (72 foiz), Shvetsiya (84 foiz), Angliya (80 foiz), Germaniyani (73 foiz) to`laligicha urbanistik tavsifga ega deyish mumkin. Urbanizatsiya darajasining keskin farq qilishida ijtimoiy-iqtisodiy omillar muhim o`rin tutadi. Biron-bir mamlakat, mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi qanchalik yuqori bo`lsa, o`sha joyda urbanizatsiya darajasi, shahar aholisi salmog`i katta bo`ladi. Ayrim hollarda tabiiy omillar tufayli ham urbanizatsiya darajasi ko`tarilishi mumkin. Masalan, istiqbolli foydali qazilma konlari, qulay iqtisodiy geografik o`rin va x.k. Shulardan iqtisodiy geografik o`rni (IGO`) shahar va shahar aholi manzilgohlari tarkib topishida muhim omil hisoblanadi. Ma‘lumki, IGO` mikro, mezo va makro darajada ajratib ko`rsatiladi. Shahar aholi manzilgohlari paydo bo`lishida, IGO`ning mikrodarajadagi ahamiyati katta mavqega ega bo`ladi. Uning mezo va makrodarajadagi ahamiyati esa keyinchalik shaharchalarning rivojlanishi va yirik markazlarga aylanishida muhim o`rin tutadi. Binobarin, ayrim shaharlarning mikrodarajadagi o`rni noqulayligi uning asta-sekin yo`q bo`lib kyetishiga olib kelishi mumkin. Shaharlarning mezodarajada o`rni qulayligi uning yirik va katta shaharlarga aylanishiga zamin bo`lishi mumkin. Agarda bu aksincha bo`lsa, shahar kichik xolatida qolavyeradi. Shaharlar IGO`nini to`rtta bosqichga ajratish tavsiya etiladi: mikro o`rni- yaqin shahar atrofiga nisbatan o`rni; mezo o`rni- mamlakat katta bir qismiga yoki uncha katta bo`lmagan davlatga nisbatan o`rni; makro o`rni- yirik davlat chegaralariga nisbatan o`rni; mego o`rni - dunyo miqyosida yoki uning yirik regionlariga nisbatan tutgan o`rni. Makrodarajadagi o`rin shaharlar rivojlanishida, yuqori bosqichlarga chiqishida alohida ahamiyatga ega. Biroq, bu o`rin shaharlar taraqqiyotida ijobiy xususiyat kasb etmasa, ular hayot faoliyati o`zgarishsiz qolavyeradi. Ko`plab qadimiy shaharlarning geografik o`rni ular umrini belgilashga xizmat qilgan, desak xato bo`lmaydi. Chunki, aynan shu geografik o`rindagi noqulayliklar yer yuzidan ko`plab shahar va shaharchalarning yo`qolib kyetishiga sabab bo`lgan. N.N.Baranskiy shaharlarning iqtisodiy geografik o`rni ular uchun muhim iqtisodiy ahamiyatga ega. Uni tabiiy geografik o`rindan, ya‘ni tabiiy ob‘ektlarga nisbatan tutgan o`rnidan farqlay bilish kerak, chunki, dengiz qirg`og`i, tog` tizmalari shahar iqtisodiyotiga ta‘sir etishi yoki etmasligi mumkin, deydi. shaharlarning iqtisodiy geografik o`rni (IGO`) birqancha komponentlardan tashkil topadi. Download 170.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling