Hududlarni rivojlantirish nazariyalari


Qishloq aholi manzilgohlarini o`lchami bo`yicha tavsiflash. 28.08.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi


Download 170.12 Kb.
bet37/39
Sana18.11.2023
Hajmi170.12 Kb.
#1785416
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Hududlarni rivojlantirish nazariyalari-hozir.org

Qishloq aholi manzilgohlarini o`lchami bo`yicha tavsiflash. 28.08.2020 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi O‘RQ-635-son Qonuni.

Ushbu Hujjat 24 yil oldin qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi Qonunning yangi, yanada to‘liq, batafsil yoritib berilgan tahriridan iborat.


YAngi qonunning farqli jihatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, alohida moddada asosiy tushunchalar shakllantirilgan, unda mamlakatning ma’muriy-hududiy birliklari tizimi (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi) aks ettirilgan:
a) shaharlar:
  • respublika bo‘ysunuvidagi shaharlar – strategik ahamiyatga, yirik sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari;


  • viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ysunuvidagi shaharlar – aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 30 ming kishi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyatga, rivojlangan infratuzilmaga ega, shuningdek istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar bo‘lgan aholi punktlari;


  • tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar – aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 7 ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalariga va rivojlangan infratuzilmaga ega bo‘lgan aholi punktlari;




b) tumanlar – viloyatlar yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibidagi, qoida tariqasida, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo‘lgan ma’muriy hududiy birliklar. SHaharlardagi tumanlar – shaharlar hududida joylashgan, aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 20 ming kishi bo‘lgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan qismi;
v) shaharchalar – aholisining soni, qoida tariqasida, kamida 2 ming kishi bo‘lgan, sanoat korxonalari, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan, fuqarolar yig‘inlaridan (mahallalardan) iborat bo‘lgan aholi punktlari;

Download 170.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling