Hujayra qobig‘i - Hujayra qobig‘ining asosiy qismini plazmatik membrana yoki plazmolemma tashkil etadi. Ular odatda ikkita oqsil qavatdan va ular orasida joylashgan lipidlar qavatidan tuzilgan bo‘ladi. Bunday membrana qalinligi 75–100A (angstrem)ga boradi. Plazmatik membranada ko‘plab mayda teshiklar (poralar) bo‘lib, bular orasidan hujayra ichiga ionlar va mayda molekulalar kirishi mumkin. Bundan tashqari, ayrim ion va molekulalar hujayra ichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri membrana orqali o‘ta oladi. Hujayra tomonidan ionlar va molekulalarining faol holda kirishi uchun energiya sarf bo‘ladi. Hujayraga hamma moddalar ham kiravermaydi. Hujayra faqat o‘zi uchun zarur moddalarnigina o‘tkazadi. Shunga ko‘ra, hujayra membranasi yarim o‘tkazuvchi vazifasini bajaradi.
Hujayrada kimyoviy kaliy ionlari uning atrofidagi muhitga qaraganda doimo yuqori bo‘ladi. Natriy esa hujayra oralig‘idagi suyuqlikda ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari, hujayraga kimyoviy birikmalar va qattiq moddalar: fagotsitoz va pinotsitoz usullarida kiradi. - Hujayrada kimyoviy kaliy ionlari uning atrofidagi muhitga qaraganda doimo yuqori bo‘ladi. Natriy esa hujayra oralig‘idagi suyuqlikda ko‘p bo‘ladi. Bundan tashqari, hujayraga kimyoviy birikmalar va qattiq moddalar: fagotsitoz va pinotsitoz usullarida kiradi.
Sitoplazma - Sitoplazma yunoncha – sitos – hujayra, plazma – suyuqlik so‘zidan olingan. Sitoplazma hujayraning asosiy tarkibiy qismi va hayot faoliyatining eng muhim substratidir. U oqsil va boshqa organik moddalarning kolloid eritmasi bo‘lib, yopishqoqligi glitseringa yaqin turadigan quyuq suyuqlikdan iborat. Biroq, sitoplazma bir jinsli emas. Elektron mikroskop ostida qaralganda, unda qalinligi 30–40A ga boradigan plastinkasimon tuzilmalar ko‘rinadi. Shuningdek, sitoplazmada sitoplazmatik matriks – gialoplazma – sitoplazmaning asosi va unda joylashgan organoidlar bo‘ladi.
Endoplazmatik to‘r - Endoplazmatik to‘r hamma hayvon va o‘simliklar hamda barcha bir hujayrali organizmlar sitoplazmasida borligi aniqlangan. Endoplazmatik to‘r kattaligi 5000A gacha boradigan kanallar va bo‘shliqlar tizimidan iborat. Kanal va bo‘shliqlar bir-biri bilan qo‘shilib, tarmoqlanuvchi murakkab to‘r hosil qiladilar. Endoplazmatik to‘r kanallari va bo‘shliqlari sitoplazmadagi membranalar bilan chegaralanadi. Endoplazmatik to‘r ikki xil, ya’ni donador hamda silliq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |