Hujayra hajm boshqarilish sistemasi reja. Kirish hujayra va uning organoidlari. To`qima va uning xillari


Download 99.5 Kb.
bet5/9
Sana06.04.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1331240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUJAYRA HAJM BOSHQARILISH SISTEMASI 23

3.Ajratilgan tuqimalar kulturasi deganda odatda kallus to’qimasi yoki shish to’qimasi tasavvur etiladi.
Kallus bu dedifferentsiyalangan hujayralardan iborat tashkillanmagai massa. Kallusning hosil bo’lishi va o’sishi auksin hamda tsitokiiin guruhlariga mansub bo’lgan fitogarmonlar tomonidan pazorat qplinadi. Ixtisoslashgan to’qimaning differentsiyalangan hujayralari auksin ta’sirida dedifferentsirovkani yengadi, tsitokinenlar ta’sirida esa aktiv bo’linishga o’tib, kallusli to’qima hosil qiladi. Ikki pallali o’simliklar kalluslari, fitogarmon tutuvchi turli sun’iy ozuqa muhitlarida turli organlar eksplantlarida: aseptik o’suvchi urug‘larda, poya va ildiz bo’laklarida, izolyatsiyalangan parenxima bo’laklarida, tuganak to’qimalarda, izolyatsiyalangan poya murtagida, bargda oson hosil bo’ladi.In vitro kallus to’qimasi asosan oq yoki sarg‘ish rangda bo’ladi. Kallus qariy boshlaganda fenol birikmalari to’planishi natijasida qo’ig‘ir rangga kira boshlaydi.
Kallus to’qimasi amorf bo’lib, aniq anatomik tuzilishga ega emas. Lekin kelib chiqishiga, o’sish sharoitiga bog‘liq holda u:
1.Po’k alohida mayda agregatlarga tez parchalanuvchi.
2.O’rta zichlikdagi, meristematik markazn yaxshi ko’rinadigan.
3.Zich, kambiy, elementlari differentsiyalanayotgan va sistemaga tushayotgan holatda bo’ladi.
O’simlik hujayrasining differentsirovkasi va kallusga aylanipsh uchun ozuqa muhit tarkibida fitogarmonlar: auksin va tsitokinenlar ishtirok etishi lozim. Auksin hujayra differentsirovkasi jarayonini yuzaga keltirib, bo’linishga tayyorlaydi, tsitokinin esa differentsiyalangan hujayralarni bo’linishga olib keladi. Agar garmonsiz ozuqa muhitlariga differentsiyalantan o’simlik eksplanti joylashtirilsa (poya, barg,ildiz bo’lagi) hujayra bo’linishi ketmaydi va kallus hosil bo’lmaydi. Bu differentsiyalangan hujayralarning bo’linish xususiyatita ega emasligini ko’rsatadi. Ҳar bir hujayra o’sishning bo’linish, . cho’zilish, differentsirovka fazalarini o’tashi kerak.. Dedifferentsiyalangan hujayralar ning bo’linishi natijada kallus hosil bo’ladi.
Ҳujayralarning in vitro differentsiyalangan holatdan dediferentsiyalangan holatga o’tishi va hujayralarning aktiv bo’linishi genlarnipg aktivligining o’zgarishi bilan bog‘liq. Ba’zi genlarning faollashuvi ba’zilarining passivlashuvi hujayraning oqsil tarkibining o’zgarishiga olib keladi. Kallus hujayralarida spetsifik oqslllar paydo bo’ladi va bir vaqtning o’zida bargning fotosinteziga taaluqli oqsillar kamayadi yoki umuman yo’qolib ketadi. Ҳujayralar dedifferentsiyalanib kallus hosil qilish jarayonida hujayrada biokimiyaviy va tsitologik o’zgarishlar ro’y bsradi. Dedifferentsirovka zaxira moddalar sarflanib hujayra organellalarining parchalanishidan boshlanadi. Dedif-ferentsirovka induktsiyasidan 6-12 soat o’tganidan so’ng hujayra qobig‘i po’kaklashadi va shishadi, erkin ribosomalar soni ortadi, goldjp apparati elementlarining soni ko’payadi, yadrochalarning o’lchami kattalashadi va soni oshadi.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling