Hujayra hajm boshqarilish sistemasi reja. Kirish hujayra va uning organoidlari. To`qima va uning xillari


Download 99.5 Kb.
bet9/9
Sana06.04.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1331240
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
HUJAYRA HAJM BOSHQARILISH SISTEMASI 23

Hujayraning tuzilishi.Hozirgi vaqtda fanga organizmlarning prokariot va eukariot hujayra tuzilishga ega bo’lgan shakllari ma’lumdir.
Prokariot hujayrali organizmlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suvo’tlari kiradi. Ularda tipik shakllangan yadro yo’qdir. Yadro materiali sitoplazma bo’lib, qobiq bilan o’ralmagan. Genetik apparati halqa shaklidagi yagona xromasomadir. Ular faqat amitoz yo’li bilan ko’payadi.
Eukariot hujayralar eng soda hayvonlardan to yuqori o’simliklar va sutemizuvchilarning hujayralarigacha,ularning tuzilishini murakkabligi va xilma-xilligi bilan prokariot hujayralardan farqlanadi. Eukariot hujayralarning bajaradigan funksiyalari turli-tuman bo’lganligi uchun ularning shakl va ulchamlari ham turlichadir.Tipik hujayra yo’q, lekin minglab hujayralar tuzilishida umumiy hususiyatlar bo’lganini ajratish mumkin.
Har bir hujayra bir-biriga bog’liq bo’lgan uch qismdan: hujayra qobigi’sitoplazmasi va yadrosidan tashkil topadi. Hujayra sitoplazmasida birqancha o’ziga xos bo’lgan strukturaviy komponentlar mavjud bo’lib,ular muayyan vazifani bajaradi. Bularni butun bir organizmdagi organlarga qiyos qilish mumkin. Ularni “organoid”lar deb ataladi.
Hujayra organoidlari 2 guruhga: umumiy va hususiy organoidlarga bo’linadi. Umumiy organoidlarga: mitoxondriya, hujayra markazi, golji apparati, ribosomalar, endoplazmatik to’r, lizosomalar, plastidalar kiradi. Bular hamma hujayralarda uchraydi. Xususiy organoidlar: ular ayrim hujayralargagina xosdir. Masalan: miofibrillar, kiprikchalar, mikrovorsinkalar, xivchinlar va h.k.
Hujayra qobig’i - uni tashqi tomondan o’rab turuvchi va boshqa hujayralar bilan a’loqasini ta’minlovchi hujayra qismi.U odatda ikki oqsil qavatdan va ular orasida joylashgan lipidlar qavatidan tuzilgandir. Hujayra qobig’i uchta vazifani bajaradi. 1.Himoya. 2.Moddalarni o’tkazish. 3.Reseptor.
Sitoplazma: (yunoncha sitos- hujayra, plazma-suyuqlik so’zidan olingan). Sitoplazma hujayraning eng asosiy tarkibiy qismi va hayot faoliyatining eng muhim substratidir. U oqsil va boshqa organic moddalarning colloid erimasi bo’lib, yopishqoqligi glitseringa yaqin turadigan quyuq suyuqlikdan iborat. Sitoplazmada yadro va shuningdek barcha organoidlar joylashgan bo’ladi.
Endoplazmatik to’r - kanallar va bo’shliqlar sistemasidan iborat bo’lib, ular qo’shilib tarmoqlanuvchi murakkab to’r hosil qiladi. Endoplazmatik to’rning ikkita, ya’ni silliq va donador xili mavjud. Donador endoplazmatik to’rning asosiy vazifasi oqsil sintezini amalga oshirish. Silliq endoplazmatik to’r membranalarida yog’lar va polisaxaridlar sintezlanadi.
Ribosomalar - diametri 150-200A keladigan yumaloq tanachalardir. Ribosomalar oqsil sintezida qatnashadi.
Golji apparati - muhim biologic funksiyani bajaruvchi organoid. Hujayrada sintezlangan oqsillar, yog’lar va uglevodlar endoplazmatik to’r kanallari orqali Golji apparatiga keltiriladi. Bu moddalar shu yerda pufakchalarga aylanadi . Pufakchalar naychalardan ajralib sitoplazmaga o’tadi va hujayraning hayot faoliyati uchun foydalaniladi.
Mitoxondriyalar - hamma hayvon va o’simlik hujayralarida uchraydi. Mitoxondriya mmembranalarining tashqi va ichki yuzasida, shuningdek, ichki bo’shliqlarida juda ko’p miqdorda turli-tuman fermentlar joylashgan. Hujayralarning nafas olishiga yordam beradigan fermentlar ham mitohondriya fermentlariga kiradi. Nafas olish esa mitohondriyaning eng muhim funksiyalaridan biridir.
Lizosomalar – hayot faoliyati nobud bo’lgan hujayra qismlari yoki butun hujayralarni ham parchalashda ishtirok etadi. Masalan, itbaliqning dumi lizosoma yordamida parchalanadi.
Sentrosoma yoki hujayra markazi – hujayra bo’linishida qutblarga tarqaladi va ular hisobiga sitoplazmada ingichka-ingichka iplardan tashkil topgan bo’linish yoyi hosil bo’ladi. Shunga ko’ra xromosomalarning qutblashuvi mana shu iplar yordamida amalgam oshadi. Sentrosomalar hujayraning bo’linishida muhim rol o’ynaydi
Yadro hujayraning asosiy tarkibiy qismi.Yadroning shakli va kattaligi hujayraning shakli va funksiyasiga bog’liq. Eukariot hujayralarda yadro asosan yadro qobig’i, yadro shirasi, hamda xromosomalar va yadrochadan iborat. U hujayrada generative (hujayraning ko’payishi) va vegetativ (hayotiy jarayonlarni boshqarish) vazifalarni bajaradi.Hujayrada ionlar, mayda malekulalar, yirikroq oziq zarrachalari shuningdek organik moddalar bo’ladi.
Hujayraning organik tarkibiy qismlari. Hujayra moddalari ichida oqsillar miqdori hujayra massasining 10-12 % ni tashkil etadi hamda ahamiyati jihatidan birinchi o’rinda turadi. Organik birikmalar orasida eng murakkabi oqsil lardir. Ular polimerlar guruhiga mansubdir. Oqsillar oddiy polimerlardan farq qilib, struktura jihatdan o’xshaydigan ammo butunlay bir xil bo’lmagan monomerlardan tuzilgan. Oqsil polimerlarining tarkibida 20 xil aminokislota bo’lib, ularning har biri o’zgacha tuzilish va xossaga egadir. Oqsillar aminokislotalarning tarkibi jihatidan ham aminokislotalarning soni va ularning zanjirda ketma-ket kelish tartibi jihatidan farq qiladi. Shuning uchun ham oqsillar turli-tumandir. Ularning miqdori barcha tirik organizmlarda 20x10 iga to’g’ri keladi. Oqsillar o’zlarining tarkibiga ko’ra ikki asosiy sinfga, oddiy va murakkab oqsillarga bo’linadi.Oddiy oqsillar faqatgina aminokislotalardan tuzilgan.
Murakkab oqsillarda esa aminokislotalardan tashqari nuklein kislotalar, lipidlar,uglevodlar,metallar ham bo’ladi.
Oqsillar hujayrada turli-tuman funksiyani bajaradi: hujayra uchun qurilish materiali, biokatalizatorlik, harakat funksiyasi, transport funksiyasi,himoya funksiyasi,energiya manbai funksiyalarini bajaradi.
1.Oqsillar hujayra uchun qurilish materialidir.
2.Katalizatorlik ya’ni hujayradagi reaksiyalarni 10-100 va hatto
million martaga tezlashtirish vazifasini bajaradi.
3.Oqsillarning harakat funksiyalari ham muhimdir.Buni qisqaruvchi maxsus oqsillar bajaradi.
4.Transport funksiyasi ya’ni gemoglabin oqsili kislorodni biriktirib olib tananing barcha to’qima va organlariga tarqatadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda biotexnologiyaning yangi bosqichi hujayra muxandisligidan foydalanib organ, to’qima va hujayralarni sun’iy ozuqa muhitlarida o’stirib, ulardan meditsina va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari uchun ikkilamchi sintez moddalar, viruslardan holi ekish materiallari olish, tashqi noqulay sharoitga chidamlr tez rivojlanadigan o’simliklar olishda foydalaniladi. Kallus to’qimalaridan transgen formalar olish hozirgi kunda xalq xo’jaligida keng ishlchatilmoqda. Kallus to’qimalaridan hujayralar suspenziyasi olinib, dorivor moddalarga bo’lgan ikkilamchi metobolitlar olishda, hujayralar biomassasini o’stirishda, hujayra sslsktsiyasida keng qo’llanilmoqda Oqsil polimerlarining tarkibida 20 xil aminokislota bo’lib, ularning har biri o’zgacha tuzilish va xossaga egadir. Oqsillar aminokislotalarning tarkibi jihatidan ham aminokislotalarning soni va ularning zanjirda ketma-ket kelish tartibi jihatidan farq qiladi. Shuning uchun ham oqsillar turli-tumandir. Ularning miqdori barcha tirik organizmlarda 20x10 iga to’g’ri keladi. Oqsillar o’zlarining tarkibiga ko’ra ikki asosiy sinfga, oddiy va murakkab oqsillarga bo’linadi.Oddiy oqsillar faqatgina aminokislotalardan tuzilgan.
ADABIYOTLAR:
1. O.E.Eshonqulov, J.H.Hamidov, A.A.Bekmuhamedov “Biologiya”
Cho’lpon nashriyoti Toshkent – 2006 yil.
2. A.T.Gofurov, K.Nishonboyev, J.Hamidov, B.Toshmuhamedov.
“Biologiya”. Toshkent, “Sharq”, 2007 yil.
3. Grin N, Staut U “Biologiya” 1,2,3 tomlar. – Mehnat Mir 1990 yil.
4. Tolipova J.O, Gofurov A.T, “Biologiya o’qitish metodikasi” Toshkent .
o’qituvchi 2004 yil.
Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling