Hujayra hajm boshqarilish sistemasi reja. Kirish hujayra va uning organoidlari. To`qima va uning xillari
Download 99.5 Kb.
|
HUJAYRA HAJM BOSHQARILISH SISTEMASI 23
Ikkinchi yo’nalish - ajratilgan to’qima kulturalarini ko’paytirish va virusdan holi ekish materiali olishda foydalaniladi.Bu usul o’simliklarni klonal mikroko’paytirish deyiladi, bir yilda bitta meristemadan minglab o’simliklar olish imkoniyatini beradi..
Uchinchi yo’nalish- alohida hujayralarni o’simliklar seleksiyasida qo’llashdir. Bunda tez rivojlanuvchi noqulay tashqi faktorlarga: qo’rg‘oqchilikka, sho’r tuproqqa, past va yuqori haroratga chidamli o’simliklar olishda foydalaniladi. Shu bilan birga bu yo’nalish izolyatsiyalangan protoplastlarni bir biriga qo’shib somatik duragaylar olish yo’li bilan yangi o’simliklarni yaratish imkonini beradi. Gen muhandisligi usullari yordamida izolyatsiyalangan protoplastlarga begona genlarni kiritish, keyinchalik yangi xususiyatli o’simliklar olish, ajratilgan changdon va urug‘murtaklarni sun’iy muhitda o’stirib gaploidlar olish mumkin. Hujayra to’qimalari kulturasini qo’llashda yutuqlarga erishish uchun birinchi navbatda fiziologik jarayonlarning optimizatsiyasini, hujayralarning normal bo’linishini, ularning diferentsirovkasini va ulardan butun o’simlik regeneratsiyasini ta’minlash zarur. 2.Keyingi 20 yil mobaynida organ, to’qima va protoplastlarni sun’iy sharoitda o’stirish uslublari ishlab chiqildi va takomillashtirildi. Shu yo’sinda o’stirilgan kallus kulturalaridan bir qancha transgen formalar olindi va hozirgi kunda xalq xo’jaligida keng ko’lamda ishlatilmoqda. Bu jarayonni amalga oshirish uchun amaliyotchi avvalombor tajriba manbaini va ishlatiladigan asbob-uskunalarni to’la sterillashga erishishi lozim. 1.Namli issiqlik yoki issiq suv bug‘i yo’li bilan sterilizatsiyalash. Bunda o’suvchi (vegitativ) hujayralar 60-70°C haroratda 5-10 daqiqa davomida sterillansa sporalarni yo’qotish uchun 120-130°C 30 daqiqa, 1 atmosfera bosim bilan ta’sir etish kerak. Bunday sterillash maxsus qurilma avtoklavda bajariladi. Bu usul yordamida tajriba idishlari, tayyorlanadigan ozuqa muhitlari sterillanadi. 2.Quruq issiqlik ta’sirida sterillash, Bunday sterillash quritish shkaflarida amalga oshiriladi. Bunda 160°C haroratda 2 soat (bu haroratda paxta yoki qo’g‘oz kuymaydi) yoki 180°C haroratda 30 daqiqada sterillanadi. Download 99.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling