Hujayra membranalarida ionlar almashinuvi mexanizmi


Download 1.84 Mb.
bet6/9
Sana05.06.2020
Hajmi1.84 Mb.
#115197
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
.Hujayra membranalarida ionlar almashinuvi mexanizmi.


Ribosomalar. Ribosoma donalari (Palade donalari, ribonukleoproteid donalari) sitoplazmatik to`r komponentlaridan biri bo`lib, zich dumaloq shakldagi diametri 15-30 nm keladigan donalardan iborat (13-rasm, a, b). Ribosomalar yadro qobig`ining tashqi membranasida ham yotadi. Membranalar bilan birikmagan sitoplazmada erkin yotuvchi ribosomalar ham ko`p uchraydi. Membrana bilan bog`liq bo`lgan ribosomalar erkin ribosomaga nisbatan radioaktiv aminokislotalarni ko`proq qabul qiladi. Ribosomalarda magniy va kaltsiy bo`ladi. Hayvon, o`simlikhujayralaridan va mikroorganizmlardan ajratib olingan ribosomalar ximiyaviy tarkibi, molekulyar og`irligi hamda sedimentatsiya konstantasi bilan bir-biriga yaqin. Ribosomalar oddiy va bir xil tipdagi moddadan tuzilganga o`xshasa ham haqiqatda ular mayda subbirliklardan iborat (13-rasm,b). Masalan, sedimentatsiya konstantasi 70S bo`lgan ichak ribosomalari 50s va 30s lik 2 subbirlikdan tashkil topgan. Subbirliklar orasida yoriq ko`rinadi. Har bir subbirlik bitta yuqori polimer ribosomal RNK molekulasini va oqsilni tutuvchi ribonukleoproteid moddadir.

Ribosomaning funktsiyasi. Ribosomalarda yadrodan informatsion RNK (i-RNK) orqali berilgan genetik axborotga qarab aktiv aminokislotalar kondensatsiyasi hamda ularning polipeptid bog`ga terilib, oqsilning sintezi ro`y beradi. Ayrim oqsillar sintezi alohida ajratib olingan ribosomalarda ham topilgan. Matritsa rolini i-RNK bajarib, u ribosomalarga o`tadi. Ribosoma yuzasida transport RNK (t-RNK) va aminokislotalar kompleksi bilan i-RNK ning komplementar nukleotidlari o`zaro ta’sir qiladi.



13-rasm. A-Ribosoma. Me’da osti bezining atsinar hujayralaridagi ribosomalar. Elektron mikrofotogramma. X60.000.

1-donador endoplazmatik to`r; 2-endoplazmatik to`r membranasidagi ribosomalar; 3-erkin ribosomalar.

B-Ribosomaning tuzilishi (sxema).1 - kichik subbirlik; 2 - informatsion» RNK. 3-transport RNK; 4-aminokislota; 5-katta subbirlik; 6-endoplazmatik to`r membranasi; 7-sintezlanayotgan polipeptid bog` (J. K. Rolan va boshqalar, 1978).

Ba’zi bir olimlarning fikriga ko`ra oksil sintezi yakka ribosomalarda bormasdan, ularning bir to`dasida - poliribosoma yeki polisomalarda boradi. Polisomalar 5-70 ta ribosomalardan iborat bo`lib, ular o`zaro diametri 1 -1,5 nm keladigan nozik ipchalar bilan birlashadi va bir-biridan 5-15 nm masofa da yotadi. Ribosoma polipeptid zanjirni hosil qilib oqsilni o`zida ajratadi va i-RNK bog`lamidan tushib qoladi.

Ko`pchilik mualliflar zamonaviy dalillarga asoslanib ribosomalar yadroda, yadrochada sintez bo`ladi, RNP donachalari holida sitoplazmaga o`tishini qayd qiladilar,

Plastinkasimon kompleks (Golji kompleksi yoki Golji apparati) 1898 yilda Kamillo Golji kumush tuzi bilan bo`yash usulini ishlatib, nerv hujayralarida to`rsimon tuzilmani ko`rdi (14-rasm, a). Bu tuzilmani u ichki to`rsimon apparat nomi bilan atadi.

Golji kompleksini tirik hujayrada o`rganish qiyin. Chunki Golji kompleksining nur sindirish ko`rsatkichi sitoplazmanikiga yaqin turadi. Shu tufayli uzoq yillar davomida bir-biriga zid bo`lgan ilmiy ishlar paydo bo`lib, ularning ko`pchiligi hozirgi vaqtda deyarli eskirib qoldi.



Elektron mikroskopni qo`llash Golji plastinkasimon kompleksining tuzilishi to`g`risida aniqroq tushuncha hosil qildi. Golji kompleksi asosan hujayra ichidagi membranalardan iborat bo`lib, sitoplazmatik vakuolalar sistemasini differen-tsiallashgan qismidir. Golji kompleksining tuzilishi o`zgaruvchan. Birinchi marta yadro atrofida yotuvchi murakkab to`r sifatida ta’riflangan bu tuzilma ba’zan yadro atrofida yotuvchi tasma yoki yadro ustida yotuvchi qalpoqcha holida ko`rinadi. Hamma hollarda ham Golji kompleksi to`rsimon tuzilmadir. Golji kompleksining bunday joylashishi va tuzilishi organellaning birdan-bir va tipik belgisi deb hisoblanadi. Keyingi yillarda Golji kompleksini yuqorida qayd qilingan joylashishidan tashqari, doira, o`roqsimon va tayoqchasimon (diktiosomalar yoki Golji tanachalari) shaklida joylashishi aniqlangan. Golji kompleksining shakli turli hujayralarda farqlanishdan tashqari, bir hujayraning funktsional holatiga qarab ham o`zgarib turadi. To`rsimon struktura kattalashishi yoki kichiklashishi mumkin.

Download 1.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling