Hujayra membranalarida ionlar almashinuvi mexanizmi
Download 1.84 Mb.
|
.Hujayra membranalarida ionlar almashinuvi mexanizmi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mikronaychalar
Lizosomalar. Differensial sentrifugalash metodi bilan mitoxondriya va mikrosomalar orasida alohida zarrachalar va ularning to`plamlari tafovut qilinadi. Bu zarrachalar - belgiyalik bioximik De Dyuv tomonidan ochilgan bo`lib lizosoma (yunon. lysis - eritish, soma - tana) deb ataladi. Ular kislotali sharoitda ta’sir etuvchi gidrolitik fermentlarga boy. Lizosomalar sut emizuvchilarda, qushlar, amfibiylarda va boshqa hayvon va odam organizmi hujayralarida topilgan.
Elektron mikroskop ostida zarrachalar kattaligi o`rtacha - 0,4 mkm bo`lib, dumaloq shaklga ega. Bu tanachalar bir konturli, qalinligi 8 nm keladigan qobiq bilan o`ralgan. Lizosomalar moddasi turli xil tabiatli bo`lib, ko`pincha, qoramtir ko`rinishga ega. Lizosomalar qobig`i buzilganda gidrolitik fermentlar ajraladi. Lizosomalarda hozirgi davrgacha 40 dan ortiq ferment (kislotali fosfataza, kislotali ribonukleaza, arilsulfataza, beta-glyukuronidaza, beta-galaktozidaza, katepsin va boshqalar) aniqlangan. Lekin lizosomalarda lipidlarni (xususan, fosfolipidni) erituvchi fermentlar bo`lmaydi. Shuning uchun lizosomalarda parchalangan moddalardan (fosfolipidlardan) tashkil topgan miyelinsimon struktura qoladi. Lizosomalarning asosiy fiziologik faoliyati uning hujayra ichida moddalarni hazm qilishdagi rolidir. Bu xulosa fagotsitoz qiluvchi hujayralarda lizosomalarning ko`p bo`lishi bilan tasdiqlanadi. Birlamchi va ikkilamchi lizosomalar farqlanadi. Birlamchi lizosomalarga Golji kompleksi atrofida joylashuvchi va kislotali gidrolizlarga mo`l mayda vezikulalar (yig`uvchi granula) kiradi. Birlamchi lizosomalar ichida hali hech qanday parchalanayotgan moddalar yo`q. Ikkilamchi lizosomalar fagotsitoz va pinotsitoz jarayonida hujayraga tushgan moddalarning birlamchi lizosomalar bilan birlashuvi natijasida hosil bo`luvchi lizosomalardir (16-rasm). 16-rasm. Lizosomalar. Hujayra ichida modda parchalanishining elektron mikroskopik sxemasi. 1-Endoplazmatik to`r; 2- yig`uvchi granula; 3 -autofagiya qiluvchi vakuola; 4- endotsitoz; 5-fagosoma; 6-lizosoma; 7-hazm qiluvchi vakuola; 8-qoldiq tanacha; 9- chiqarish (I. V. Almazov va L. S. Sutulovdan, 1978).
Lizosomalarning hosil bo`lishi Golji kompleksi bilan bog`liq. Birlamchi lizosomalar mayda pufakchalar yoki zich tanalar shaklida Golji sisternalari atrofida joylashadi. Kislotali fosfatazaning Golji kompleksida bo`lishi lizosomalarning hosil bo`lishida Golji kompleksining roli borligini ko`rsatadi. Lizosoma fermentlari esa endoplazmatik to`rda sintez bo`ladi. Lizosomalar takomilining boshqa manbai plazmatik membrana xisoblanadi. Bu membranadan pinotsitoz va hazm vakuolalari hosil bo`ladi. Ana shu vakuolalar, birlamchi lizosomalar bilan birlashadi. Bu holatni hujayraga har xil yot moddalar - xren peroksidazasi, kolloid oltin va boshqa moddalar kiritilib tekshirilgan eksperimentlarda ko`rish mumkin. Har xil patologik jarayonlarda lizosoma fermentlari sintezining buzilishi, birlamchi lizosomalar rivojlanishining kuchayishi yoki susayishi ular membranasining erishi va gidrolizlarning sitoplazmaga chiqishi kuzatiladi.
Peroksisomalar amyobada, tuban zamburug`larda (achitqida), o`simliklarning ba’zi bir embrional to`qimalarida (endospermda), umurtqali hayvonlarda esa asosan jigar va buyragida to-pilgan. Kalamush jigarining har bir hujayrasida taxminan 70-100 peroksisoma bor. Peroksisomalar endoplazglatik to`r membranalari bilan yaqin aloqada bo`ladi. Ehtimol, endoplazmatik to`r kengaymalari sohasida peroksisomalar hosil bo`ladi. Usimlik hujayralarida bu organella ko`pincha mitoxondriya va plastidalarga yaqin yotadi. Dastlab peroksisomalar jigar va' buyrak hujayralaridan ajratib olingan. Peroksisomalar fraktsiyasida vodorod peroksidi metabolizmi bilan bog`lnq ferment-lar aniqlangan. Bular (oksidaza, uratoksidaza, a-aminokislota oksidazasi) yordamida H2O2 va uni parchalaydigan katalaza hosil bo`ladi. Jigar peroksisomalari oqsilining 40% katalazadan iborat. H2O2 zaharli modda bo`lgani uchun katalaza muhim himoya funktsiyasini o`taydi. Mikronaychalar elektron mikroskop ostida glyutaraldegid bilan fiksatsiya qilingan kesmalarda shu asrning 60-yillarida topilgan. Mikronaychalar asosan oqsildan tashkil topgan bo`lib membrana tuzilishiga ega emas. Mikronaychalar aniq tuzilishga ega bo`lgani uchun ularni hujayraning boshqa komponentlaridan ajratish oson. U eukariotik hujayralarning hammasida bo`lib, bakteriyalar va boshqa prokariotik hujayralarda uchramaydi. Mikronaychalar sitoplazmaning muvaqqat tuzilmalarini (bo`linish dukini) hosil qilishi mumkin. Mikronaychalar - sentriola, bazal tanacha, xivchin va kiprikchalarning asosiy struktur birligi hisoblanadi. Mikronaycha (17-rasm a, b) to`g`ri, shoxlanmaydigan ichi bo`sh silindrdir. Uning tashqi diametri 24 nm, ichki diametri 15 nm bo`lib, devor qalinligi 5 nm ga teng. Mikronaychada devori zich joylashgan kattaligi 5 nm bo`lgan subbirliklardan tashkil topgan (17-rasm, a).. Elektron mikroskop ostida, ko`ndalang kesmalarda asosan 13 subbirlik farqlanadi. Turli hujayralardan (sodda hayvonlarning kiprikchalaridan, nerv to`qimasi hujayralaridan, bo`linish dukidan) ajratib olingan mikronaychalarning ximiyaviy tuzilishi bir xil. Mikronaychalar o`zi uchun xarakterli bo`lgan oqsil - tubulinlardan tuzilgan. Tubulinlar ba’zi bir alkaloidlar (kolxitsin, vinoplastin) bilan birikish qobiliyatiga ega. Tozalangan tubulinlar GTF (guanintrifosfat) va Mg++ bor muhitda mikronaychalar hosil qiladi. Kolxitsin esa mikronaychalar hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi yoki mikronaychalarni parchalab yuboradi. 17-rasm. A-Mikronaychalarning tuzilishi (sxema) (P. P. Antipchukdan, 1983). 1-mikronaycha devorlarini hosil qiluvchi subbirliklarning joylashishi. 2- mikronaychaning ko`ndalang kesimi. 3- kiprikcha va xivchinlarda mikronaychalarning joylashishi . B-Ingichka ichak prizmatik hujayrasi sitoplazmasidagi mikronaychalar. Elektron mikrofotogramma. X87.500, 1-mikronaycha.
Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling