Hujayra po`Hujayra po'sti. Sti. Hujayra po'sti
Download 0.68 Mb.
|
HUJAYRA PO`STI
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKKITA HUJAYRA ORALIGIDA DEVORNING HOSIL BOLISHI.
.Bu oraliqlar suvni shimib oladigan va ayni vaqtda o'zi bo'ka oladigan moddalar bilan to'lgan bo'ladi; bunday moddalar ko'pincha pektin moddalar bo'ladi. P e k t i n moddalari hamma yetilgan hujayralar po'stida ozgina bo'lsa ham uchraydi; ilgari nuqul sellyulozadan tashkil topgan deb hisoblangan hujayra po'stlarida pektin moddalari ham borligi aniqlangandi (masalan paxtada).Yuqori o'simliklarning barcha hujayra po'stlari rivojlanishining ilk stadiyasida nuqul deyarli pektin moddalaridan ibrorat bo'ladi.IKKITA HUJAYRA ORALIG'IDA DEVORNING HOSIL BO'LISHI.IKKITA HUJAYRA ORALIG'IDA DEVORNING HOSIL BO'LISHI.Odatda yangi devor ilgaridan po'stga ega bo'lgan hujayra ichida paydo bo'ladi. Ikkita hujayra oralig'idagi har bir yangi devor hujayraning bo'linishi tufayli paydo bo'ladi. Anafazani ng oxiri yoki telofazada, fragmoplastning ekvatorial yuzasida axromatin iplarida donsimon bo'rtish paydo bo'ladi, shu bilan bir vaqtda iplar qisqaradi va yo'qoladi; har bir ipning moddasi har ikkala tomon ekvatorial yuzasida tortilganday bo'ladi. Donsimon jismlar bir-biriga tegib qo'shilib o'rta plastinkani yoki membranani hosil qiladi.Agarda fragmoplast hujayraning o'rta devoriga borib yetsa, darxol butun o'rta plastinka hosil bo'ladi. Bordi-yu, fragmoplastning ekvatorial kesmasi hujayraning ko'ndalang kemasidan kam bo'lsa, u holda o'rta plastinka asta sekin hosil bo'ladi: fragmoplastning cheti bo'ylab muntazam ravishda bu yangi axromatin iplari paydo bo'la boshlaydi va to fragmoplast hujayrani yon devorlariga tutashgunicha davom etadi. Ba'zi bir urug'larda endospermning rivojlanishida po'st hosil bo'lishi kechikadi; yadro bir necha marta bo'lingandan so'ng ko'p hujayralarda po'st birdaniga paydo bo'ladi.Boshqa hollarda po'st butun eski hujayraning ko'ndalangiga darhol paydo bo'lmay, balki asta-sekin eski po'stdan ichkariga qarab o'sib so'ng hosil bo'ladi.Boshqa hollarda po'st butun eski hujayraning ko'ndalangiga darhol paydo bo'lmay, balki asta-sekin eski po'stdan ichkariga qarab o'sib so'ng hosil bo'ladi.Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling