Hujayralar va to’qimalar. Organizmning bir butunligi. Reja: Hujayra tuzilishi va funksiyasi. To’qimalarning asosiy xillari
Download 49.69 Kb.
|
Marruza -1.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prokariotlar.
- Eukariotlar.
- Organizmning bir butunligi.
- NAZORAT SAVOLLARI
1 – Ma`ruza: Hujayralar va to’qimalar. Organizmning bir butunligi. Reja: 1. Hujayra tuzilishi va funksiyasi. 2. To’qimalarning asosiy xillari. 3. Organizmning bir butunligi. Tayanch so’zlari: hujayra, to’qima, organizm, sitoplazma, yadro, yadrocha, mitoxondriya, ribosoma, lizosoma, bakteriya, zamburu, eukariot, prokariot, nukleoid, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi, xromosoma, DNK, assimilyasiya, dissimilyasiya, kariotip, afferent, efferent, sinaps. Hujayra – bu tirik materialning asosiy yashash shakli. Hujayra so’zi lotincha – cellula, yunoncha – sytos, so’zlaridan olingan bo’lib katakcha degan ma’noni boldiradi. Hujayra deb, yadro va sitoplazmaga differensiallashgan, energiyani yutish, sintez qilish, o’z-o’zidan ko’payish hamda qisqarish va ta’sirlanish xususiyatlari bilan xarakterlangan tiriklikning eng kichik birligiga aytiladi. Hujayralarning tashqi ko’rinishi juda xilma-xildir. Ularning shakli sharsimon, ko’p qirrali, yulduzchasimon, shoxlangan, o’simtalari bor, silidrsimon bo’lishi mumkin. Hujayralarning shakli ularning bajaradigan vazifalariga boliq. Masalan: Qon hujayralari - yumaloq, shaklini o’zgartira oladigan; Mushak hujayralari – uzunchoq qisqarish va yog’zilish xossasiga ega; Asab hujayralari – yulduzsimon bo’lib, o’simtalarga ega. Hujayralar ta’surotlarni qabul qilish va o’tkazish vazifalarini bajaradi. Hujayralar tuzilishiga ko`ra 2 guruhga bo’linadi: 1. Prokariot 2. Eukariot
1) Yadro. 2) Sitoplazma. 3) Hujayraning po`sti (membrana). Ularning o`rtacha diametri 10 mkm dan 100 mkm gacha, Tuya —qush tuxumi hujayrasi 150 mkm gacha, qizil qon tanacha hujayralarniki 10 mkm dan oshmaydi.
Odamda xromosoma 46 tani ya’ni 23 juftni tashkil etadi. Xromosomalarda joylashgan irsiy axborot ma’lum tartibda bo’ladi va har bir organizm o’zining xromosomalar yiindisiga ya’ni soni, o’lchami, tuzilishiga ega bo’ladi. Bunday xromosomalar to’plami kariotip deyiladi. Odam kariotipida 24 xil xromosoma bor, ya’ni 22 juft autosoma va XY jinsiy xromosomalar. Barcha tirik mavjudotlar o’ziga o’xshash organizmni yaratish, zurriyog’t qoldirish xususiyatiga xosdir. Organizmlarning ko’payishi evolutsion tarzda takomillashib boruvchi jarayog’ndir. Jonzotlar turli usulda ko’payadi. Hujayra nazariyasi asoslariga ko’ra, hujayralar bo’linish xususiyatiga qarab har xil bo’ladi. Ayrim hujayralar ko’payish xususiyatiga ega bo’lmaydi. Hujayra – barcha tirik organizmlarning tuzilishi va funksional birligi, elementar tirik tizim. Alohida organizm sifatida hayog’t kechirishi (bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, ayrim suvo’tlar va zamburular) yog’ki ko’p hujayrali organizmlar to’qimalari tarkibiga kirishi mumkin. Genetik apparat eukariotlarda sitoplazmadan membrana bilan ajralgan yadroda; prokariotlarda esa nukleoidda joylashadi. Jinsiy hujayra meyog’z natijasida hosil bo’ladi. Hujayra o’lchami 0,1-0,25 mkm dan (ayrim bakteriyalar) 155 mm gacha (tuyaqush tuxumi). Hujayraning xilma-xil vazifasini ixtisoslashgan ichki strukturalar – organoidlar bajaradi. Hujayraning universal organoidlari: yadroda – xromosomalar, sitoplazmada – ribosomalar, mitoxondriyalar, endoplazmatik to’r, Golji kompleksi, lizosomalar. Ayrim manbalarda hujayra membranasi ham organoidlar qatoriga kiritiladi. Ko’pchilik hujayrada bo’ladigan membrana strukturalari – mikronaychalar, mikrofibrillalar hujayra shaklining; hujayra kiritmalari hujayra tarkibining doimiyligini ta’minlash vazifasini bajaradi. Hujayra ichida va organizmning ichki suyuq muhitida bo’ladigan oqsillar, jumladan, fermentlar ham hujayrada sintezlanadi. Hujayraning har qaysi organoidi faqat unga xos vazifani bajaradi. Masalan, eukariotlarda hujayraning nafas olishi faqat mitoxondriyalar membranalrida, oksil sintezi – ribosomalarda kechadi. Fermentlarning konsentratsiyalanishi va ularning hujayra strukturasida muayyan tartibda joylashuvi kimyog’viy reaksiyalarni tezlashtirib, ketma-ket borishi (konveyer prinsipi)ni ta’minlaydi. Hujayraga xos mikrogeterogenlik xususiyati bir xildagi komponentdan bir vaqtning o’zida har xil moddalarni juda oz miqdor (mikrohajm)da sintezlash imkonini beradi. Ixchamlik prinsipi, ayniqsa, DNK strukturasi uchun xos. Hujayra ichida ionlarning muayyan konsentratsiyasi saqlanadi. Hujayra muhitdan yirik molekulalar, jumladan, oqsillar, hatto viruslarni pinotsitoz, ayrim mayda hujayralar va ular fragmentlarini fagotsitoz orqali yutish xususiyatiga ega. Barcha eukariotlar hujayrasi bir xildagi organoidlar va metabolizmni boshqarish mexanizmlariga ega. Ular prokariotlar singari metabolizmni boshqarish, energiyani jamarish va saqlash, oqsil sintezida genetik koddan foydalanish xususiyatiga ega. Barcha hujayra membranasining vazifasi ham o’xshash. Hujayra tuzilishi va vazifasining o’xshashligi ular kelib chiqishidagi umumiylikdan dalolat beradi. Biroq organizmdagi hujayra o’lchami va shakli, u yog’ki bu organoidlari soni, fermentlar majmui bilan bir-biridan farq qiladi. Bu farq organizmdagi hujayraning o’zaro kooperatsiyasi va ularning funksional ixtisoslashuvi bilan bolik. Bir hujayralilar hujayrasining tuzilishi va vazifasi o’rtasidagi tafovutni ko’p jihatdan ularning yashash muhitiga moslanishi bilan tushuntiriladi. Genetik apparat tuzilishidagi o’xshashlik prokariot va eukariotlar kelib chiqishidagi umumiylikni tushuntirish uchun dalil bo’ladi. Ammo bir hujayralilarning ajdodi har xil prokariotlar bo’lishi ham mumkin. Simbiognez nazariyasiga binoan bir xil prokariotlar xo’jayin hujayra mitoxondriyalariga, boshqalari – xloroplastlarga aylangan va organoid tarzida o’z-o’zidan ko’paya boshlagan. Boshqa nazariyaga binoan esa prokariot hujayraning strukturalari asta-sekin rivojlanib, eukariotga aylangan. Bir organizmning barcha hujayralari genomi potensial axborot hajmi jihatdan urulagan tuxum hujayra genomidan farq qilmaydi. Ixtisoslashgan hujayra yadrosini yadrosi olib tashlangan hujayraga ko’chirib o’tkazilganda normal organizm rivojlanishi buni isbotlaydi. Ko’p hujayrali organizmda hujayra xossalari o’rtasidagi farq genlar faolligining bir xil bo’lmasligi tufayli kelib chiqadi. Hujayraning har xil ixtisoslashuvi natijasida bir xil hujayralar (nerv) qo’zaluvchanlik; boshqalari (mushak) mofibrillalar hosil qiluvchi oqsillarga ega bo’lishi tufayli qisqarish, uchinchi xillari (bezli hujayra) hazm qilish fermentlari va garmonlarni sintezlash xususiyatiga ega bo’ladi. Ko’pchilik hujayra ko’p vazifani, masalan, jigar hujayrasi qon plazmasi va o’t suyuqligi omillarini sintezlanib glikogen to’playdi va uni glyukozaga aylantiradi; yog’t moddalar (jumladan, dorilar)ni parchalaydi. Barcha hujayrada umumiy vazifaga ega bo’lgan genlar faol bo’ladi. SHunday qilib, har xil hujayralar o’rtasidagi o’xshashlik belgilari ularni bir-biridan farq qiluvchi belgilarga nisbatan ko’proq bo’lib, kelib chiqishi va vazifasiga ko’ra o’xshash hujayra to’qimalarni hosil qiladi. Metabolitlar va ionlar – hujayradagi jarayog’nlarni boshqaruvchi omillar. Ular genlarga ta’sir etish orqali fermentlar sintezini yog’ki bevosita fermentlarning o’ziga ta’sir ko’rsatib, ular faolligini o’zgartirishi mumkin. Bunday o’z-o’zini boshqarish mexanizmlari tufayli hujayrada hayog’t uchun muhim bo’lgan ko’p jarayog’nlar optimal (eng qulay) holda saqlanib turadi. Hujayralarning o’zaro ta’siri, nerv va garmonlarning hujayra faolligini o’zgarishiga olib keladigan xususiyatlari tashqaridan boshqaradigan omillarga kiradi. Bunday omillar hujayraning o’ziga xos xususiyatlarini saqlab turish uchun zarur. Hujayra kulturasiga xos sun’iy sharoitda hujayraning o’ziga xos ko’pgina xususiyatlari yog’’qoladi. Eukariot hujayra mitoz orqali o’z-o’zidan ko’payadi. Odam organizmidagi hujayra soni 1014. Ayrim to’qimalarda hujayra soni hayog’t davomida doimiy bo’lib qoladi; faqat kam ixtisoslashgan hujayra bo’linadi. Masalan, odam organizmida sutka davomida 70 mlrd. ga yaqin ichak epiteliysi hujayrasi, 2 mlrd. eritrotsit nobud bo’lib turadi. Bir qancha to’qimalarda hujayra to’liq ixtisoslashgan holda hujayra sikliga kiradi. Bunday hollarda mitoz hujayra bo’linmasdan xromosomalarning 2 hissa ortishi bilan tugaydi yog’ki mitoz boshlanmasdan xromatidlar soni 2 hissa oshadi. Ayrim ixtisoslashgan hujayra yadrosi umuman hujayra sikliga kirishmaydi (masalan, neyronlar, skelet mushaklari tolasi). Bunday hollarda hujayra hayog’ti organizm umrining uzoqligiga teng bo’ladi. Odam hujayrasi o’rtacha 1-2 kun (ichak epiteliysi) yashaydi. Barcha hujayralarda moddalar va struktura elementlari faol yangilanib turadi. To’qimalarni hosil qiluvchi beqiyog’s ko’p sonli hujayralardagi metabolitik va boshqaruv jarayog’nlarining o’zaro bolanganligi, ular tarkibining doimo yangilanib turishi ko’p hujayrali organizm a’zolarining nuqsonsiz ishlab turishini ta’minlaydi. Hujayrani sitologiya fani o’rganadi. Hujayra – bu organizmning elementar qismi bo’lib, unga tirik materiyaning hamma xususiyatlari xos. U tirik organizmning tuzilishi, rivojlanishi va hayog’tfaoliyatining asosi hisoblanadi. Hujayra hujayralararo modda bilan birgalikda to’qimani hosil qiladi. To’qima – tuzilishi va funksiyalari bir hil bo’lgan hujayralar va hujayralararo moddadan iborat bo’lgan tizim (sistema)dir. Odam organizmi epitelial, qo’shuvchi, muskul va nerv to’qimalaridan iborat. Organ (a’zo) odam tanasining bir qismi bo’lib, ma’lum bir funksiyani bajaradi (jigar, me’da, yurak, buyraklar, qalqonsimon bez va boshqalar.) Xar bir a’zo xar hil to’qimalardan tashkil topgan bo’lib, ulardan faqat bittasi ustunroq bo’ladi va asosiy funksiyani bajaradi. Masalan, yurakda asosiy maxsus to’qima bu muskul to’qima, bosh miyada – nerv, jigarda – epitelial to’qima. O’xshash funksiyalar bajaruvchi a’zolar birgalikda a’zolar tizimini hosil qiladi. Quydagi a’zolar sistemasi (tizimi) farqlanadi: ovqat hazm qilish, nafas, siydik ajratish, jinsiy, yurak – qon tomir va limfa, endokrin, harakat apparati (sklet va muskul) sezgi a’zolari va nerv (asab) tizimi. Hamma tizimlar bir-biri bilan o’zaro boliq. Hatto bir tizimni tizimdan anatomik va funksional jihatdan ajratish mumkin emas. Hujayraning tuzilishi va funksiyasi, hujayralararo modda. Hujayralar ma’lum bir shakl, tuzilishi va funksiyasiga ega. Hujayralarning shakli xilma-xil bo’lib (kub, silindr, ipsimon va boshqa ) bo’lib uning funksiyasi va qaysi to’qimaga ta’luqli ekanligiga boliq. Hujayra massasining 80% suvdan, 20% esa oqsil, yog’g, uglevodlar, tuz va fermentlardan iborat. Hujayraning kimyog’viy tarkibi uning funksional holatiga qarab o’zgarishi mumkin. Hujayrada yadro, sitoplazma, qobiq, organoidlar va qo’shimchalar farqlanadi. YAdro ko’pincha sharsimon yog’ki oval shaklida bo’ladi. YAdro qobii bilan o’ralgan. Har bir yadroda 1 – 2 ta yadrocha bo’ladi. Ularda nuklein kislotalar sintezi ro’y beradi. YAdroning asosiy komponenti xromosomalar hisoblanadi. Ular o’zida odamning nasliy xususiyatlarini saqlaydi. Xromosomalar oqsildan va dezoksiribonuklein kislotalardan (DNK) tashkil topgan. Odamda xar bir yadroda 23 juft xromosomalar bo’ladi. Hujayra yadrosining funksiyasi juda murakkab – u hujayraning hayog’t faoliyatini ta’minlaydi, ko’payish vaqtida nasliy belgilarni tashiydi. Sitoplazma – murakkab kalloid sistema. U hujayraning funksional holati, muhitning turli sharoitlariga qarab o’zgarib turadi. Sitoplazmada organoidlar (ribosoma, Golji apparati, mitoxondriyalar va boshqalar) va hujayra qo’shimchalari – tayanch vazifasini bajaradi. Ribosomalarda oqsillar sintezlanadi. Golji apparati moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Hujayra qobii oqsil va lipidlardan tashkil topgan. Ular turli ionlarni tanlab o’tkazadi. Hujayra butun organizmning bir qismi sifatida hamma hayog’tiy funksiyalarga ega: moddalar almashinuvi, ta’sirlanishlik, ko’payish, harakatlanish. Moddalar almashinuvi tirik hujayraning asosiy xususiyatidir. Moddalar almashinuvi tashqi muhitdan turli moddalarni hujayraga kirishi, o’zlashtirilishi va o’zgarishi, energiya va parchalanish mahsulotlarini ajratilishidan iborat. Moddalar almashinuvi ikkita qarama-qarshi jarayog’ndan – assimilyasiya va dissimilyasiyadan iborat. Assimilyastiya – moddalarni o’zlashtirishi va hujayralarni o’sishi. Dissimlyatsiya – murakkab moddalarning parchalanib, energiya hosil qilishi. Yosh organizmda assimilyatsiya jarayog’ni ustunroq, keksayganda esa dissimilyatsiya jarayog’ni ustunroq bo’ladi. Odam organizmida hujayra bilvosita bo’linish (mitoz) yo’li bilan ko’payadi. Bunda yadroda murakkab qayta qurilish ro’y berib, yadro turi va xromatin yangi hujayralarga bir xilda taqsimlanadi. Mitoz sxema ko’rinishida 4 ta fazaga bo’linadi: profaza, metafaza, anafaza, telofaza. Organizmning butun hayog’t faoliyati davomida hujayralar ko’payadi va o’ladi. Hujayralarning yashash davrlari har xil. Hujayralararo modda hujayralarni bir–biri bilan bolaydi. U kollagen, elastik tolalardan oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlaydigan to’qima suyuqligidan iborat. To’qimaning asosiy turlari. Epitelial yog’ki chegaralovchi to’qimalar yuzaki joylashgan, tashqi muhit bilan chegaradosh yuzlarida hamda kovak a’zolarning qon tomirlarining ichki devorlarini qoplab turadi. Epitelial hujayralar bezlarning asosini tashkil qiladi. Epitelial hujayralar ikkita asosiy funksiyani bajaradi: qoplovchi (chegaralovchi, himoyalovchi ) va sekretor. Bundan tashqari epitelial hujayralar parchalanish mahsu- lotlarini so’rilish va ajralish jarayog’nlarida ishtirok etadi. Bu to’qimalarning anatomik xususiyatlaridan biri shundaki, ularning hujayralari bir-biri bilan zich joylashgan, hujayralararo modda deyarli yog’’q, qon tomirlar bilan ta’minlanmagan. Epiteliy hujayralari bir qavatli va qo’p qavatli bo’lishi mumkin. Epiteliy hujayralarining shakli ham har hil: yassi, kub, prizma shaklida. Odam organizmida quyidagi epiteliylar farqlanadi: – teri tipidagi epiteliy – ko’p qavatli yassi epiteliy (epidermis). Uning yuzaki hujayralari shoxlanadi. -Terini, ko’zning shox pardasini qoplaydi. ichak tipidagi epiteliy bir qavatli prizmatik epiteliy, ichakning ichki yuzasini qoplaydi. tomirli (endoteliy), hamda seroz qavatlar va buyrak epiteliysi (mezoteliy) bir qavatli yassi epiteliy. kiprikli epiteliy traxeya, bronx, bachadon naychalarining ichki tomonini qoplagan kiprikchalardan iborat. Qo’shuvchi to’qima. Ularning anatomik xususiyatlaridan biri hujayralararo moddaning yaxshi rivojlanganligidir. U suyuq (qon plazmasi), tolasimon (kollagen va elastik tola), liqildoq bo’lishi mumkin. Qo’shuvchi to’qimaning quyidagi turlari farqlanadi: – siyrak tolasimon qo’shiluvchi to’qima a’zolarni qoplovchi qavat, qon tomirlar va nervlarning tashqi qavati, a’zolarning tarkibiga kiradi, himoya vazifasini bajaradi. retikulyar to’qima sintitsiyni hosil qiluvchi hujayralardan tashkil topgan. Qon hosil qiluvchi a’zolarning asosini tashkil qiladi (suyak iligi, taloq, limfa tugunlari). zich tolasimon qo’shuvchi to’qima kuchli kallogen tomirdan iborat, paylar, boylamlar, suyak pardasi, terining asosini (derma) hosil qiladi. toay to’qimasi hujayralararo moddaning zichligi bilan xarakterlanadi. Qovuralar, burun, suyaklar, bo’im yuzalari, quloq suprasi, xiqildoq, umurtqalararo disklar va bo’im ichi meniskining toaylari shu to’qimadan iborat. Toay qon bilan yaxshi ta’minlangan. Suyak to’qimasi - hujayralararo moddasi kalsiy va fosfor tuzlari bilan singigan plastinkalardan iborat va shuning uchun etarli darajada qattiqdir. Suyaklarning o’sishi suyak usti qobii hisobiga bo’ladi. Muskul to’qimasi – yupqa qisqaruvchi toladan iborat bo’lgan uzun hujayralardan – miofibrillardan tashkil topgan. Muskul to’qimasining asosiy xususiyati – qisqarishi. 2 hil muskul to’qimasi farqlanadi: ko’ndalang-taril muskul (skelet muskullari, til, yumshoq tanglay, halqum, xiqildoq) – ixtiyog’riy to’qima; Silliq muskul to’qimasi (ichki a’zolar)- ixtiyog’riy emas. Miokard (yurakning muskul qavati) ko’ndalang muskul tolasidan iborat lekin ixtiyog’rsiz. Nerv (asab) to’qimasi – 2 tipdagi hujayralardan iborat: asosiy – neyronlardan va yog’rdamchi neyronlardan. Neyron tana va 2 xil o’simta qismi farqlanadi. Katta daraxtsimon o’simtasi (dendrit) – sezuvchi, markazga intiluvchi, ikkinchisi harakatlantiruvchi (neyrit yog’ki akson), ta’sirini hujayradan ishchi a’zoga o’tkazuvchi (muskul, bez). Har bir neyronda bitta neyrit bir nechta dendrit bo’ladi. Funksiyasiga qarab neyronlar sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) neyronlarga bo’linadi. Qo’zalishni bir neyrondan ikkinchisiga o’tish joyi sinaps deyiladi. Sinaps qo’zalishni faqat bir tomonga qarab o’tkazadi. Organizmning bir butunligi. Har bir a’zo va a’zolar tizimidagi tuzilish va funksiyaning o’zgarishi boshqa a’zolar tizimining o’zgarishiga olib keladi. Organizm faqat tashqi muhit bilan aloqador holatda yashashi mumkin. Odam organizmiga tashqi muhitning turli omillari ta’sir qilishi mumkin. (havo, harorat, bosim, suv va oziq moddalarning tarkibi va boshqalar) Bu omillar aqliy va jismoniy rivojlanishga, ma’lum bir funksiyalarga ta’sir qilishi mumkin: moddalar almashinuviga, nafasga, qon aylanishiga, ovqat hazm qilishga va boshqalarga. Tashqi muhitni organizmga ta’siri va organizmning javob reaksiyasi nerv (asab) sistemasi orqali amalga oshiriladi. Nerv (asab) sistemasi oganizmning moslashish reaksiyalarini boshqarib, oganizmning tuzilish funksiyasi va ichki muhitning kimyog’viy tarkibi doimiyligini saqlab turadi. Hujayraning tuzilishi va funksiyasi, hujayralararo modda. Hujayralar ma’lum bir shakl, tuzilishi va funksiyasiga ega. Hujayralarning shakli xilma-xil bo’lib (kub, silindr, ipsimon va boshqa ) bo’lib uning funksiyasi va qaysi to’qimaga ta’luqli ekanligiga boliq. Hujayra massasining 80% suvdan, 20% esa oqsil, yog’g, uglevodlar, tuz va fermentlardan iborat. Hujayraning kimyog’viy tarkibi uning funksional holatiga qarab o’zgarishi mumkin. Hujayrada yadro, sitoplazma, qobiq, organoidlar va qo’shimchalar farqlanadi. Yadro ko’pincha sharsimon yog’ki oval shaklida bo’ladi. Yadro qobii bilan o’ralgan. Har bir yadroda 1 – 2 ta yadrocha bo’ladi. Ularda nuklein kislotalar sintezi ro’y beradi. Yadroning asosiy komponenti xromosomalar hisoblanadi. Ular o’zida odamning nasliy xususiyatlarini saqlaydi. Xromosomalar oqsildan va dezoksiribonuklein kislotalardan (DNK) tashkil topgan. Odamda xar bir yadroda 23 juft xromosomalar bo’ladi. Hujayra yadrosining funksiyasi juda murakkab – u hujayraning hayog’t faoliyatini ta’minlaydi, ko’payish vaqtida nasliy belgilarni tashiydi. Sitoplazma – murakkab kalloid sistema. U hujayraning funksional holati, muhitning turli sharoitlariga qarab o’zgarib turadi. Sitoplazmada organoidlar (ribosoma, Golji apparati, mitoxondriyalar va boshqalar) va hujayra qo’shimchalari – tayanch vazifasini bajaradi. Ribosomalarda oqsillar sintezlanadi. Golji apparati moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Hujayra qobii oqsil va lipidlardan tashkil topgan. Ular turli ionlarni tanlab o’tkazadi. Hujayra butun organizmning bir qismi sifatida hamma hayog’tiy funksiyalarga ega: moddalar almashinuvi, ta’sirlanishlik, ko’payish, harakatlanish. Moddalar almashinuvi tirik hujayraning asosiy xususiyatidir. Moddalar almashinuvi tashqi muhitdan turli moddalarni hujayraga kirishi, o’zlashtirilishi va o’zgarishi, energiya va parchalanish mahsulotlarini ajratilishidan iborat. Moddalar almashinuvi 2ta qarama-qarshi jarayog’ndan – assimilyasiya va dissimilya- siyadan iborat. Assimilyasiya – moddalarning o’zlashishi va hujayralarni o’sishi. Dissimilyasiya – murakkab moddalarni parchalanib, energiya hosil qilishi. Yosh organizmda assimilyasiya jarayog’ni ustunroq, keksayganda esa dissimilyasiya jarayog’ni ustunroq bo’ladi. Odam organizmida hujayra bilvosita bo’linish (mitoz) yo’li bilan ko’payadi. Bunda yadroda murakkab qayta kurilish ro’y berib, yadro turi va xromatin yangi hujayralarga bir xilda taqsimlanadi. Mitoz sxema ko’rinishida 4 ta fazaga bo’linadi: profaza, metafaza, anafaza, telofaza. Organizmning butun hayog’t faoliyati davomida hujayralar ko’payadi va o’ladi. Hujayralarning yashash davrlari har xil. Hujayralararo modda hujayralarni bir–biri bilan bolaydi. U kollagen, elastik tolalardan oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlaydigan to’qima suyuqligidan iborat. To’qimaning asosiy turlari. Epitelial yog’ki chegaralovchi to’qimalar yuzaki joylashgan, tashqi muhit bilan chegaradosh yuzlarida hamda kovak a’zolarning qon tomirlarining ichki devorlarini qoplab turadi. Epitelial hujayralar bezlarning asosini tashkil qiladi. Epitelial hujayralar 2ta asosiy funksiyani bajaradi: qoplovchi (chegaralovchi, himoyalovchi ) va sekretor. Bundan tashqari epitelial hujayralar parchalanish mahsulotlarini so’rilish va ajralish jarayog’nlarida ishtirok etadi. Bu to’qimalarning anatomik xususiyatlaridan biri shundaki, ularning hujayralari bir-biri bilan zich joylashgan, hujayralararo modda deyarli yog’’q, qon tomirlar bilan ta’minlanmagan. Epiteliy hujayralari bir qavatli va qo’p qavatli bo’lishi mumkin. Epiteliy hujayralarining shakli ham har hil: yassi, kub, prizma shaklida. Odam organizmida quyidagi epiteliylar farqlanadi: – teri tipidagi epiteliy – ko’p qavatli yassi epiteliy (epidermis). Uning yuzaki hujayralari shoxlanadi (orogoveyut). Terini, ko’zning shox pardasini qoplaydi. – ichak tipidagi epiteliy, – bir qavatli prizmatik epiteliy ichakning ichki yuzasini qoplaydi. – tomirli (endoteliy), hamda seroz qavatlar va buyrak epiteliysi (mezoteliy) bir qavatli yassi epiteliy, – kiprikli epiteliy – traxeya, bronx, bachadon naychalarining ichki tomonini qoplagan kiprikchalardan iborat. Qo’shuvchi to’qima. Ularning anatomik xususiyatlaridan biri hujayralararo moddaning yaxshi rivojlanganligidir. U suyuq (qon plazmasi), tolasimon (kollagen va elastik tola), liqildoq bo’lishi mumkin. Qo’shuvchi to’qimaning quyidagi turlari farqlanadi: –siyrak tolasimon qo’shiluvchi to’qima – a’zolarni qoplovchi qavat, qon tomirlar va nervlarning tashqi qavati, a’zolarning tarkibiga kiradi, himoya vazifasini bajaradi. – retikulyar to’qima – sintitsiyni hosil qiluvchi hujayralardan tashkil topgan. Qon hosil qiluvchi a’zolarning asosini tashkil qiladi (suyak iligi, taloq, limfa tugunlari). – zich tolasimon qo’shuvchi to’qima kuchli kallogen tomirdan iborat, paylar, boylamlar, suyak pardasi, terining asosini (derma) hosil qiladi. – toay to’qimasi – hujayralararo moddaning zichligi bilan xarakterlanadi. Qovuralar, burun, suyaklar, bo’im yuzalari, quloq suprasi, xiqildoq, umurtqalararo disklar va bo’im ichi meniskining toaylari shu to’qimadan iborat. Toay qon bilan yaxshi ta’minlangan. Suyak to’qimasi - hujayralararo moddasi kalsiy va fosfor tuzlari bilan singigan (propitannыy) plastikalardan iborat va shuning uchun etarli darajada qattiqdir. Suyaklarning o’sishi suyak usti qobii hisobiga bo’ladi. Muskul to’qimasi – yupqa qisqaruvchi toladan iborat bo’lgan uzun hujayralardan – miofibrillalardan tashkil topgan. Muskul to’qimasining asosiy xususiyati – qisqarishi. 2 hil muskul to’qimasi farqlanadi: ko’ndalang-taril muskul (skelet muskullari, til, yumshoq tanglay, halqum, xiqildoq) – ixtiyog’riy to’qima; Silliq muskul to’qimasi (ichki a’zolar)- ixtiyog’riy emas. Miokard (yurakning muskul qavati) ko’ndalang muskul tolasidan iborat lekin ixtiyog’rsiz. Nerv (asab) to’qimasi – 2 tipdagi hujayralardan iborat: - asosiy neyronlardan - yog’rdamchi neyronlardan. Neyron tana va 2 xil o’simta qismi farqlanadi. Katta daraxtsimon o’simtasi (dendrit) – sezuvchi, markazga intiluvchi, ikkinchisi harakatlantiruvchi (neyrit yog’ki akson), ta’sirini hujayradan ishchi a’zoga o’tkazuvchi (muskul, bez). Har bir neyronda bitta neyrit bir nechta dendrit bo’ladi. Funksiyasiga qarab neyronlar sezuvchi (afferent) va harakatlantiruvchi (efferent) neyronlarga bo’linadi. Qo’zalishni bir neyrondan ikkinchisiga o’tish joyi sinaps deyiladi. Sinaps qo’zalishni faqat bir tomonga qarab o’tkazadi. NAZORAT SAVOLLARI: Hujayra tuzilishi va funksiyasini gapirib bering. Hujayralar tuzilishini o’rganuvchi fan. Hujayralar qanday yo’llar bilan ko’payadi? To’qima deb nimaga aytiladi? To’qimalar nimalardan tashkil topgan? Odam organizmida qanday to’qimalar bor? Qo’shuvchi to’qimaning qanday turlarini bilasiz? Nerv to’qimasi haqida tushuncha bering. Organizmning bir butunligi deganda nimani tushunasiz? Organizmda qanday a’zolar sistemasi farqlanadi? Download 49.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling