Hujayraning subletal va potensial letal zararlanishlari Subletal va potensial letal zararlanishlarning tiklanishi Nurga ta’sirchanlikning modifikatsiyasi


Nurga ta’sirchanlikning modifikatsiyasi


Download 47.69 Kb.
bet4/4
Sana09.02.2023
Hajmi47.69 Kb.
#1182883
1   2   3   4
Bog'liq
xujayraning zararlanishi va....10

Nurga ta’sirchanlikning modifikatsiyasi deyilganda, radiosezgirlikni u yoki bu tomonga o‘zgartish, ta’sirni kamaytirish to‘qimalar va organizmni himoyalash yoki ta’sirchanlikni oshirish - sensibilizatsiya tushuniladi. Radioprotektorlar va radiosensibilizatorlar nurlanish oldidan kiritiladi. Ularning o‘zlari obyektning yashash qobiliyatiga ta’sir etmaydilar, ammo nurlash oldidan va nurlanish paytida radiomodifikatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadilar. Organizmga bir vaqtda nur va radiomodifikatsiyalovchi faktor kombinatsiyada ta’sir etadi.
Radiobiologik tadqiqotlar davomida ionlantiruvchi nurlarning biologik tizimlarga ta’sirmexanizmlarini izohlovchi bir qancha qarashlar va gipotezalar yaratildi. Quyida ana shu ma’lumotlarni keltirib o‘tamiz.
Hujayralar yashovchanligining nur dozasiga bo‘lgan bog‘liqligini tasvirlovchi egri chiziq, shaklan, ularning zaharli moddalar ta’siridan o‘lish jarayonining zaharli modda konsentratsiyasiga bo‘lgan aloqasini aks ettiruvchi egri chiziqdan keskin farqlanadi (6-rasm).


Hujayralar tirik qolishining zaharli modda konsentratsiyasi va ionlantiruvchi nur dozasiga bog‘liqligini aks ettiruvchi egri chiziqlar.
Hujayralarning zaharli moddalardan halok bo‘lishini aks ettiruvchi egri chiziq pog‘onaga ega bo‘lsa, ularning nurdan o‘lishini aks ettiruvchi egri chiziq eksponenta shaklida bo‘lsa, pog‘onaga ega emas. Hujayraning zaharli moddaga bo‘lgan individual rezistentligining tebranib turishini aks ettirib egri chiziq esa sigma shakliga ega bo‘ladi. Shu tarzda, radiobiologik effektning dozaga bog‘liqligidagi o‘ziga xosliklarni izohlaydigan, boshqacha yondashishga ehtiyoj paydo bo‘ldi.

Miqdoriy radiobiologiya konsepsiyalari. Bu xil yondoshishlardan eng dastlabkisi, o‘tgan asrning 20-yillarida Dj.Krouter va X.Dessauyer ishlarida e’lon qilindi va N.V.Timofeyev-Ressovskiy, K.Simmer, D.Li ishlarida taraqqiy ettirilib, miqdoriy radiobiologiyaning asosiy prinsiplari tarzda shakllandi. Ular tegish, nishon va kuchaytirilish prinsiplaridan iborat. Ularga binoan, nur energiyasining uzatilish diskret, hujayra moddalari bilan ta’sirlashishi esa, statistik xarakterga ega. Nur energiyasini qabul qiluvchi biologik strukturalar, hayot faoliyatida tutgan o‘rni bilan ham o‘zaro farqlanadi.

Tegish prinsipi. Bu prinsipga binoan, ionlantiruvchi nurlarning hujayra moddalari bilan ta’sirlashishdagi diskretlik va statistiklik, hujayraning nurdan zararlanishini boshlab beruvchi jarayonlarning fizikaviy asosini tashkil etadi.
Nishon prinsipi. Hujayra struktura va funksional jihatdan geterogenligi bilan ajralib turadi.

Shu munosabat bilan bu prinsip, nurning muayyan bir sohaga (nishonga) kelib tegishi, energiyaning muayyan bir strukturaga uzatilishi, hujayra faoliyatini o‘zgartirish orqali nurdan zararlanishning avj olishini belgilaydi, deb ta’kidlaydi.



Kuchaytirilish prinsipi. Bu prinsipga binoan, nishonga tegish natijasida, hujayra strukturasida sodir bo‘lgan dastlabki o‘zgarishlar (zararlanishlar), ko‘p marta kuchaytirilib, hujayraviy jarayonlarning keng ko‘lamli, ikkilamchi zararlanishiga sabab bo‘ladi.
Umumiy holda, tegish va nishon prinsiplari, muayyan bir hujayraviy nishonning zararlanishidan iborat, shartli reaksiyani ko‘zda tutadi va yagona test­effektni nur ta’siriga javoban kelib chiqadigan reaksiya o‘lchov birligi sifatida qabul qiladi. Har bir reaksiya, muayyan bir nishonning zararlanishiga mos keladi. Tegish va nishon prinsiplari proliferativ halokatini tasvirlashda samarali natijalar beradi. Bunda, reaksiya birligi sifatida hujayra halokati, nishon sifatida esa hujayraning proliferativ halokatiga sabab bo‘luvchi, yadro (strukturaning umumiy zararlanishi) namoyon bo‘ladi.


Adabiyotlar




  1. Zaxarov V.B..Mamatov S.G.,So-n i i V.I.,

  2. Obshaya biologiya. M., 2002;

  3. Ch ye n -sov Yu.S., Obshaya sitologiya, M., 1984;

  4. Grin N., Staut U., Teylor D., Biologiya, t. 1—3. M., 1990;

  5. M avlonov O., Biologiya (Maʼlumotnoma|, T., 2003.



Download 47.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling