Hujayraning subletal va potensial letal zararlanishlari Subletal va potensial letal zararlanishlarning tiklanishi Nurga ta’sirchanlikning modifikatsiyasi


Download 47.69 Kb.
bet1/4
Sana09.02.2023
Hajmi47.69 Kb.
#1182883
  1   2   3   4
Bog'liq
xujayraning zararlanishi va....10



Xujayraning zararlanishi nobud bo'lishi va sabablari
Reja:

  1. Hujayraning subletal va potensial letal zararlanishlari

  2. Subletal va potensial letal zararlanishlarning tiklanishi

  3. Nurga ta’sirchanlikning modifikatsiyasi



Hujayraning subletal va potensial letal zararlanishlari. Radiatsiya ta’siridan hujayrada yuzaga keladigan u yoki bu xil effektning namoyon bo‘lishi, faqat doza miqdorigagina bog‘liq bo‘lib qolmay, nurlantirish sharoiti, jumladan, nurlantirilish usuli, hujayralarning (nurlantirilguncha va nurlantirilgandan keyingi davrda) oziq moddalari bilan ta’minlanish darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Radiatsion sitologiyada nurlangan hujayralarda reparatsiyaning ikki turi tafovutlanadi – subletal va potensial letal (o‘lishi ehtimol) zararlanishlarning tiklanishi.
Subletal zararlanishlar deb, bevosita o‘zi hujayrani o‘limiga olib kelmaydigan, ammo qayta nurlanishlarda uning inaktivatsiyasini (safdan chiqishini) osonlashtiruvchi o‘zgarishlarga aytiladi. Misol, nurlanish natijasida DNK - bir ipining uzilishi hujayrani o‘limga olib kelmaydi ammo qayta nurlanishlarda shu uzilish qarshisida ikkinchi ipning uzilishi, xromosoma abberatsiyasi va letal effekt chaqirishi mumkin.

Potensial letal zararlanishlar deb, bevosita o‘zi hujayrani o‘limiga olib kelishi mumkin, ammo ma’lum sharoitda tiklanishi xam mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarga aytiladi. Potensial letal o‘zgarishlarni, hujayralar faoliyatining shart-sharoitlari o‘zgarishi bilan o‘limining kamayishiga qarab aniqlanadi. Masalan, hujayralarining presintetik (G1) davrida ro‘y bergan DNK ikki ipining bir joydan uzilishi, DNK replikatsiyasi (qayta yopishishi) ga qadar qolgan vaqt ichida tiklanishi mumkin. Agar DNK sintezi paytigacha uzilishlar tiklanmasa hujayra o‘ladi. G1 davrini uzaytirish vositasida tirik qolgan hujayralar sonini oshirish mumkin.


Potensial letal zararlanishlar tiklanishi ham mumkin. Bunga normal metabolizm sharoitida muhitning haroratini pasaytirish bilan, hujayra hayotiy siklini cho‘zish, sintetik faza va mitoz boshlanishini orqaga so‘rish yordamida erishish mumkin. Hujayra bo‘linishini boshqa biror yo‘l bilan bog‘lash ham postradiatsion potensial-letal zararlanishlarni kamaytiradi.

Download 47.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling