Hujayraning zararlanishi va nobud bo'lishi Reja


Download 69 Kb.
bet4/6
Sana07.03.2023
Hajmi69 Kb.
#1245819
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4mavzuu

Maxsus organellalar - faqat ayrim hujayralarga xos bo'lib, tonofibrillalar, miofibrillalar, neyrofirillalar kiradilar.
Sitoplazma kiritmalari – hujayra sitoplazmalarining doimiy bo'lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadilar. Ular hujayra ichidagi modda almashinuvi, sekresiya va pigment hosil qtltsh jarayonlari davomida va fagositoz yo'li bilan tashqi muhitdan hujayraga moddalar kirishidan hosil bo'ladi.
Kiritmalarning 4 xil guruhi farqlanadi

  1. Trofik kiritmalar.

  2. Sekretor kirtmalar.

  3. Ekskretor kirtmalar.

  4. Pigment kiritmalir.

Trofik kiritmalarga ёg' tomchilari, oqsil granulalari, glikogen to'plamlari, vitaminlar va b.q. lar kiradi.
Pigment kiritmalariga gemoglabin, melanin, lipofussin va b.q.lar.
Ekskretor kiritmalarga hujayradan tashqariga chiqishi kerak bo'lgan moddalar kiradi.
Sekretor kirtmalarga zimogen donalari va b.q.lar kiradi.
Gialoplazma (lot. hyaloplasma – tiniq) asosiy plazma – hujayraning ichki muhiti bo'lib, sitoplazmaning organella va kiritmalarsiz qismidir. Gioplazma hujayraning turli tuzilmalarini o'zaro bog'laydi.
Hujayra yadrosi. Yadro (yunon. karyon, lot. nucleus) termini 1833 yilda Broun tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, u o'simlik hujayralarida doimiy sharsimon tuzilmalarni shu nom bilan atagan.
Yadro barcha eukariot (yuqori o'simlik va hayvon) hujayralarida (faqat eritrositlardan tashqari) bo'ladi. Eritrositlar yuqori darajada diffurensiyalashgan hujayralar hisoblanib, rivojlanish jarayonida o'z yadrosini yo'qotadi. Yadroning shakli har xil bo'lib, hujayra shaklini qaytaradi, ba'zan noto'g'ri bo'lishi ham mumkin. Yadro hujayralarda ko'pincha bitta yoki ikkita bo'lib, ko'p hujayrali hujayralar va simplastlar ham mavjuddir. Ko'p yadroli hujayralarga osteoklast va megakariositlar kirib, ularda bir necha o'nlab yadrolar bo'lishi mumkin. Yadroning kattaligi turlicha 4 mkm.dan 40 mkm.gacha bo'lib, uning hujayralarda joylanishi, shu hujayraning shakli va funksional holatiga bog'liqdir.
Yadroning asosiy komponentlari bo'lib yadro qobig'i, xromatin strukturalari (xromatin, xromosoma), yadrocha va karioplazma hisoblanadi.
Yadro hujayralarning bo'linib ko'payishida muhim ahamiyatga ega bo'lib, yadrochada ribosomol RNK va ribosomalar hosil bo'ladi.

Download 69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling