Muskulli qisqarish biofizikasi 304 – guruh talabasi Ismoilov Muhammadjon Reja


Download 466.88 Kb.
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi466.88 Kb.
#1008757
  1   2   3
Bog'liq
biofizika

Muskulli qisqarish biofizikasi

304 – guruh talabasi Ismoilov Muhammadjon

Reja :

Qisqaruvchan tizimlar biofizikasi qisqaruvchi elementlar strukturasi, muskullarning qisqarish faoliyatining molekular asoslari va bu jarayonda kimyoviy energiyaning mexanik energiyaga aylanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Muskul to‘qimasi elastomer xususiyatga ega bo‘lib, tarkibiga kiruvchi biopolimerlar mexanik va kimyoviy ta’sir natijasida o‘z uzunligini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Muskul to‘qimasining qisqarishini ta’minlovchi strukturasi aktin va miozin oqsilidan tuzilgan.


Aktin
Molekular massasi : 50 - 80 kD
Uzunligi : 103 A0
Miozin
Molekular massasi : 42 kD
Uzunligi :1600 A0
Ko‘ndalang targ‘il muskulning tolalari ichida ko‘p sonli miofibrillalar joylashgan
    • Ularning diametri 1-2 mm bo‘lib, sarkomerlardan tashkil topgan. Sarkomerlarning uzunligi 2,0 mkm ni tashkil etadi.

Sarkomer muskulning asosiy qisqaruvchi strukturasi hisoblanib, yo’g‘on va ingichka tolalar hamda z- plastinkadan iborat.

Muskul tolasining qisqarish mexanizmi Sarkomerlarda miozin iplarni aktin iplar bilan birlashtirib turadigan ko‘ndalang ko‘prikchalar bor. Muskul tolasi qisqarganda miozin va aktin iplar kaltalashmaydi, biri ikkinchisi ustida “sirpana” boshlaydi. Aktin iplar ko‘ndalang ko‘prikchalarning harakatlari tufayli miozin iplar oralig‘iga sirpanib kiradi, natijada I disk uzunligi kaltalashadi, A disklarning uzunligi o‘zgarmaydi. Umumiy sarkomer uzunligi taxminan 30 % ga kamayadi. Bo‘shashgan muskul tolasi sarkomerining uzunligi 3,6 mkm, tola qisqarganda esa 2,0 - 2,2 mkm ni tashkil qiladi natijada muskul tolasi ham qisqaradi.


1)miozin ko‘prikcha boshchalarining aktin tola bilan bog‘lanishi
Muskul tolasining qisqarish jarayonini L.Xaksli, J.Xanson va M.Xaksli kabi olimlar tomonidan yaratilgan sirpanuvchi tolalar nazariyasi tushuntiradi
Lekin...
2)miozin ko’prikcha boshchalarining aktin toladan ajralishi
Devis : aktin va miozin molekulasi o‘rtasida hosil bo‘luvchi ko‘prikchalar miozin molekulasi oxiridagi spiral holatda o‘ralgan polipeptid zanjirdan iborat bo‘lib, bu strukturaning hosil bo‘lishi juft manfiy zaryadlarning o‘zaro itarilishi natijasida kelib chiqadi. Bu zaryadli qismlardan biri ATF aza fermenti faolligiga ega ko‘prikcha asosida, yana biri esa ko‘prikcha oxirida, ATF molekulasining miozin bilan birikkan sohasida joylashadi. Muskul tolasi qisqarishi jarayonida Sa2+ ionlari ko‘prikcha oxiridagi ATF bilan aktin tolasida joylashgan ADF molekulasi o‘rtasida bog‘lanish hosil qiladi va ATF dagi manfiy zaryad neytrallanadi.
Natijada elektrostatik itarilish kuchlari yo‘qolib, ko‘prikcha polipeptid zanjiri vodorod va gidrofob bog‘lar hisobiga α-spiral ko‘rinishga keladi. Ko‘prikcha qisqarib aktin tolaning so‘rilishiga olib keladi. Qisqargan ko‘prikchaning ATF molekulasiga ega bo‘lgan uchi bu holatda ATF ning faol markazi turgan asosga yaqinlashadi. Bu faol markaz ta’sirida ATF parchalanadi va natijada aktomiozin bog‘lanish yo‘qoladi.

Download 466.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling