Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1
III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN KETISh VIZALARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
Download 182.37 Kb. Pdf ko'rish
|
(invalid)
III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN KETISh VIZALARINI RASMIYLAShTIRISh TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang. 15. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, chet elga bormoqchi bo‘lgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yashash uchun hujjatni, belgilangan namunadagi anketa-arizani, davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitansiyani va 35 x 45 mm o‘lchamli 4 ta fotosuratni taqdim etgan holda, doimiy ro‘yxatda turgan joydagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qiladi. Chet elga vaqtincha chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga chet elga chiqish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi o‘rinlarda stiker deb ataladi) rasmiylashtiriladi. Ko‘rsatilgan muddat mobaynida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bir necha marta chet elga chiqishi mumkin. Stikerning amal qilish muddati fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi yoki harakatlanish hujjatining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasidan boshqa xorijiy davlatlarga stiker rasmiylashtirmasdan chiqishi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka olib keladi. Stikerning amal qilish muddati chet elda tamom bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasiga kirishda, shuningdek bir xorijiy davlatdan boshqasiga safar qilishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun asos hisoblanmaydi.
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga amal qilish muddatisiz stiker rasmiylashtiriladi.
16. Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning murojaatini 15 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va chet elga chiqish huquqiga cheklovlar uchun asos bo‘lmagan taqdirda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasini rasmiylashtiradi hamda guvohnomaga yoki harakatlanish hujjatiga stikerni yopishtiradi. Hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 30 ish kunigacha uzaytirilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs chet eldan qaytganidan keyin uch ish kuni mobaynida guvohnoma yoki harakatlanish hujjatini topshirish va o‘rniga O‘zbekiston Respublikasida yashashga ruxsatnoma olish uchun kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga murojaat qilishlari kerak. Amal qiladigan stiker fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning haqiqiy bo‘lmagan guvohnomasidan yoki harakatlanish hujjatidan yangi guvohnoma yoki harakatlanish hujjatiga ko‘chirilgan hollarda, ushbu stikerni rasmiylashtirish muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak. Chet elga xizmat safariga borayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, ular ishlaydigan tashkilotlarning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, chet elga chiqish huquqini cheklashlar uchun asos bo‘lmagan taqdirda, stikerni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak. O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishni talab qiladigan shoshilinch davolanish zaruriyatini, og‘ir kasallik holatlarini yoki yaqin qarindoshi vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga va unga hamrohlik qiluvchi shaxslarga stikerni rasmiylashtirish muddati, chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asos bo‘lmagan taqdirda, 5 ish kunidan oshmasligi kerak. Keyingi tahrirga qarang. Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan o‘z ota-onasining va turmush o‘rtog‘ining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek agar birgalikdagi nikohdan bolalar bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush o‘rtog‘ining notarial tasdiqlangan roziligini, shuningdek ular vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan hollarda, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasini kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasiga taqdim etadi.
17. Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan ketish hujjatlarini olganlaridan so‘ng viza olish uchun tegishli davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalariga murojaat qiladilar. (17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda) Oldingi tahrirga qarang. 18. O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash uchun guvohnomasi va doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi: xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga vaqtincha chiqqanda, agar ular uch yildan ortiq vaqt mobaynida uzrli sabablarsiz O‘zbekistondagi doimiy yashash joyiga qaytmasa; O‘zbekiston Respublikasi hududidan vaqtincha tashqariga chiqqan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatining amal qilish muddati tamom bo‘lgach, agar ular harakatlanish hujjatini almashtirmasa yoxud uzrli sabablarsiz uni almashtirishni rad etsa; bekor qilish to‘g‘risida shaxsan murojaat qilsa yoxud notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo‘yicha boshqa shaxs murojaat qilsa yoki chet eldagi tegishli organlarning so‘rovi bo‘yicha bekor qilinadi. (18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda) Download 182.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling