Hujjat 25. 07. 2017 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish [okoz: 1


Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV


Download 182.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana07.11.2021
Hajmi182.37 Kb.
#171442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
(invalid)

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1996-yil 21-noyabr,

408-son


Vazirlar Mahkamasining 1996-yil  

21-noyabrdagi 408-son qaroriga  

1-ILOVA

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga

kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari

TARTIBI


I. UMUMIY QOIDALAR

Oldingi tahrirga qarang.


1.  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligiga  muvofiq  xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi

bo‘lmagan shaxslar*  xususiy  hamda  xizmat  ishlari  bo‘yicha,  turist  sifatida,  dam  olish,  o‘qish,

ishlash,  davolanish  va  doimiy  yashash  uchun  O‘zbekiston  Respublikasiga  kelishlari  va  undan

ketishlari mumkin.

* Keyingi o‘rinlarda matnda “xorijiy fuqarolar” deb ataladi.

(1-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2012-yil  20-apreldagi  116-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 17-son, 191-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

2.  Xorijiy  fuqarolarga  O‘zbekiston  Respublikasiga  kirish  vizalari,  shu  jumladan  tranzit

kirish vizalari:

a) O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalari tomonidan, bunday

konsullik  muassasalari  mavjud  bo‘lmagan  taqdirda  esa  —  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi

ishlar  vazirligining  ikki  tomonlama  bitimi  mavjud  bo‘lgan  boshqa  davlatlarning  konsullik

muassasalari tomonidan beriladi.

Bosh  konsulliklar,  konsulliklar,  vitse-konsulliklar,  konsullik  agentliklari  va

elchixonalarning  konsullik  bo‘limlari  O‘zbekiston  Respublikasining  chet  ellardagi  konsullik

muassasalari hisoblanadi;

b)  xalqaro  aeroport  maqomiga  ega  bo‘lgan  O‘zbekiston  aeroportlaridagi  O‘zbekiston

Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining bo‘linmalari tomonidan beriladi.

Aeroportlarda  Tashqi  ishlar  vazirligining  konsullik  muassasalari  va  bo‘linmalari

tomonidan  O‘zbekiston  Respublikasiga  kirish  vizalari  xorijiy  fuqarolarning  barcha  toifalariga

beriladi.

Kirish vizalari, qoidaga ko‘ra, bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga beriladi.



(2-band  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  7-iyuldagi  200-sonli  qarori

tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

Keyingi tahrirga qarang.

Oldingi tahrirga qarang.

3.  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligi  va  uning  O‘zbekiston  Respublikasi

hududidagi  bo‘linmalari  vizalarning  amal  qilish  muddatini  uzaytirishni  xorijiy  fuqarolarning

quyidagi toifalari uchun amalga oshiradi:



(3-bandning  birinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  7-

iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)

Oldingi tahrirga qarang.

a)  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligida  akkreditatsiya  qilingan  xorijiy

davlatlarning  doimiy  vakolatxonalari,  xalqaro  hukumatlararo  tashkilotlar  va  xorijiy

davlatlarning  hukumat  tashkilotlari  vakolatxonalari,  O‘zbekiston  Respublikasi  Adliya

vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan)

notijorat  tashkilotlarning  vakolatxonalari  va  filiallari  xodimlariga  (va  ularning  qaramog‘ida

bo‘lgan  ularning  oila  a’zolariga),  shuningdek  Tashqi  ishlar  vazirligida  akkreditatsiya  qilingan

matbuot vakillariga va ularning qaramog‘ida bo‘lgan ularning oila a’zolariga;




Download 182.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling