Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Angren shahar, Oqqoʻrgʻon , Quyichirchiq, Piskent, Boʻka tumanlari Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: e-qaror.gov.uz 11.04.2022 5 Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi kadastr agenligining Toshkent viloyati boshqarmasi, viloyatidagi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonasi, mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boqsharmasi, Viloyat isteʼmolchilarni xuquqini ximoya qilish federatsiyasi ijro apparati, Viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi qarorlari, Toshkent viloyati hokimining mazkur majmua faoliyatiga tegishli qaror, farmoyish va topshiriqlarining bajarilishi boʻyicha aniq chora-tadbirlarning samarali, sifatli va natijali amalga oshirilishini taʼminlashga va nazorat qilishga shaxsan javob beradi. Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, fermerlik harakatini rivojlantirish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tarkibiy oʻzgartirishni taʼminlaydi; dehqonchilik va agrotexnologiyalarning ilgʻor usullarini joriy etish chora-tadbirlarini koʻrish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor tamoyillari va mexanizmlari asosida xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar, boʻgʻinlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtiradi; suv resurslaridan oqilona foydalanish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish va suv isteʼmolining bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish ishlarining va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarining bajarilishini muvofiqlashtiradi; qishloq xoʻjaligini, suv xoʻjaligini va oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish, ushbu sohalarga tashqi va mahalliy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlarini koʻradi; chorvachilik, parrandachilik va baliqchilikning ozuqa bazasini mustahkamlash, naslchilik ishlarini rivojlantirish, hayvonlarni sunʼiy urugʻlantirish xizmatlarini kengaytirish, zooveterinariya xizmati koʻrsatish tarmogʻini rivojlantirish ishlarini tashkil etadi; ipakchilikning ozuqa bazasini kengaytirish va mustahkamlash, yuqori mahsuldor tut ipak qurtini yetishtirish, tirik pilla yetishtirishni koʻpaytiradi; tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularning saqlanishi taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshiradi; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, dastlabki qayta ishlash korxonalarini tashkil etish va mahsulotlarni eksport qilish, shuningdek qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi; mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha qishloq va suv xoʻjaligi korxonalariga, birlashma va korxonalarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishiga, qishloq va suv xoʻjaligi korxonalari rivojlanishini taʼminlash ishlariga rahbarlik qiladi. qishloq va suv xoʻjaligi infratuzilmasini rivojlantirishga oid takliflarni koʻrib chiqadi va nazorat qiladi; Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz.” ijro intizomi tashkilotlararo yagona elektoron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishni taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash Viloyat xududlarida mavjud va yangidan tashkil etiladigan klasterlarni faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish, ular tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni muvofiqlashtirib borish hamda vujudga kelgan muamolarni vakolat doirasida xal qilish choralarini koʻradi. agrosanoat komleksi sohasiga oid boshqarma va tashkilotlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; qishloq xoʻjaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulot yetishtirish samaradorligini oshirish, bu borada toʻplangan ilgʻor tajribalarni oʻrganish, xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar oʻrnatish; agrosanoat kompleksi tizimidagi boshqarma va tashkilotlarning tartib va mehnat intizomiga rioya qilishini taʼminlash; majmua tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kadrlarini tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayinlash va vazifasidan ozod etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni bajarishda respublika hamda markaziy tuzilmalar rahbariyati bilan hamkorlik qilish Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling