Hujjat matni 537266-(551546)


Biriktirilgan shahar va tumanlar


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Chirchiq shahar, Boʻstonliq, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq, Parkent, Qibray tumanlari
Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi:
Viloyat Davlat soliq boshqarmasi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, viloyat markaziy bank bosh boshqarmasi, viloyat tijorat banklari, savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi,
Toshkent viloyati hokimligi Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga koʻmaklashish va qoʻllab-quvvatlash guruhi bosh mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
Bosh mutaxassis Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari va Guruh rahbarining koʻrsatmasi va topshiriqlariga asosan ishni tashkil etadi va quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
biznes yuritish, shu jumladan biznesni roʻyxatdan oʻtkazish, yer uchastkalari berish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va shu
kabilar boʻyicha xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari doirasida baholanadigan tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda joriy etilishi monitoringini olib boradi va chuqur tahlil qiladi;
tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatuvchi yagona markazlarning va davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vakolatli organlarning faoliyatini, shuningdek davlat organlari bilan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning bevosita
aloqasiz shakllarini joriy etishning holatini tahlil qiladi;
ishbilarmonlik muhiti indikatorlarini baholash va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar natijalari asosida tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligi toʻgʻrisidagi tahliliy
materiallarni tayyorlaydi;
hududda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilashga, shuningdek tadbirkorlik subyektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
tadbirkorlikni rivojlantirishdagi eng muhim muammolar boʻyicha seminarlar va davra suhbatlarini muntazam oʻtkazish, shuningdek tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi materiallarni
ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish yoʻli bilan tadbirkorlik subyektlari orasida axborot va tushintirish ishlarini tashkil etadi;
Guruh faoliyatiga aloqador boʻlgan tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimi yuzasidan Guruh raxbariga axborot beradi;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza, murojaat, shikoyat va takliflarni oʻrganib chiqib, ularni oʻz vaqtida, toʻgʻri va qonuniy hal qiladi, natijasi haqida Guruh raxbariga axborot beradi;
Guruh tomonidan murojaatlar qonuniy xal etilishi ustidan monitoring olib boradi, natijalarini har olti oyda umumlashtiradi;
Guruh faoliyatiga doir qaror, farmoyish va boshqa hujjatlarning loyihasini tayyorlaydi;
Guruh faoliyatiga doir tegishli topshiriqlarini ijrochilarga yetkazilishini va Guruh faoliyatiga oid masalalar boʻyicha tegishli idoralar bilan aloqani taʼminlaydi;
Guruhning ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Toshkent viloyati hokimining hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling