Hujjat matni 537266-(551546)
Biriktirilgan shahar va tumanlar
Download 412.36 Kb. Pdf ko'rish
|
funkcional-vazifalar-2022-j
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi
Biriktirilgan shahar va tumanlar:
Ohangaron, Bekobod tumanlari, Ohangaron, Olmaliq, Bekobod, Nurafshon shaharlari Quyidagi viloyat boshqarma va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorlikda ish olib boradi: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish viloyat boshqarmasi, Viloyat moliya bosh boshqarmasi, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi, viloyat Gʻaznachilik boshqarmasi, viloyat davlat moliyaviy nazorati boshqarmasi, Toshkent viloyati hokimligi moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha kotibiyati yetakchi mutaxassisi Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari Kotibiyat mudiri bilan birgalikda kotibiyatning yarim yillik va yillik ish rejalarini tuzishni tashkil etadi, ularning bajarilishini taʼminlaydi. sohaga oid tegishli takliflar va hujjatlar loyihalarining sifatli ishlab chiqilishi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tayyorlanishi hamda topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi; tegishli davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular boʻyicha tahliliy materiallarni va takliflarini tayyorlaydi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda zarur tarzda kelishilishini taʼminlaydi; materiallar va hujjatlar loyihalari toʻgʻrisida Kotibiyat mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimining Moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariga axborot beradi; qabul qilingan hujjatlar boʻyicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, biriktirilgan sohalar boʻyicha tegishli boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi va hokimning hujjatlari bajarilishini tahlil qiladi; tegishli funksional masalalar va hujjatlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilanishini tashkil etadi; viloyat hokimi va Toshkent viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan majlislarga, shu jumladan har haftalik apparat yigʻilishlariga va oʻziga biriktirilgan masalalar boʻyicha har-xil komissiyalar majlislariga materiallar tayyorlaydi va belgilangan tartibda ishtirok etadi; Kotibiyatning ish rejasida belgilangan tadbirlarni ijrosi yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; Kotibiyat faoliyatiga aloqador boʻlgan tashkilotlarni faoliyatini tahlil qiladi va ularning muammolarini yechimi yuzasidan Kotibiyat mudiriga axborot beradi; Download 412.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling