Hujjat matni 537266-(551546)


Toshkent viloyati hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Toshkent viloyati hokimligi Bolalarni himoya qilish masalalari boʻyicha bosh mutaxassisi
Vazifalari, funksiyalari, vakolatlari, huquqlari va majburiyatlari
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
vasiylik va homiylik sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqadi hamda ularni amalga oshirishda ishtirok etadi;
bolalarni oilada tarbiyalash shaklining ustuvorligini taʼminlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga munosib turmush va taʼminot sharoitlarini taʼminlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlovchi davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
ijtimoiy ishlar sohasida vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni maslahat yordami, ijtimoiy-huquqiy, psixologik-pedagogik, tibbiy jihatdan kompleks qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi mutaxassislar tayyorlaydi;
oila va bolalarni qoʻllab-quvvatlash muassasalari tarmoqlarini, xizmatlarini, vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga hamda ularning oilalariga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik, tibbiy yordam va xizmatlar
koʻrsatish markazlarini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni oʻz vaqtida aniqlash va hisobga olish;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning zarur hujjatlarini tayyorlash va ularni joylashtirish;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi hamda vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishini, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning taʼminoti, ularga tarbiya va taʼlim berish sharoitlarini, shuningdek mol-mulki but saqlanishini taʼminlash ustidan nazorat qilish;
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarning axborot bazasini yuritadi, maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun taqdim etadi, shuningdek davlat
statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonunchilikda belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
yetim bolalarning va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qoʻyiladigan talablarga mos boʻlgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;
yetim bolalarga va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;
yetim bolalarning va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning turmush va taʼminot sharoitlarini, shuningdek vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi;
yetim bolalarga va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilanishi zarurligi, shuningdek vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻgʻrisida
tuman, shahar hokimiga xulosa beradi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini yuritadi;
vasiylar va homiylarning oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashni, ularning tibbiy kuzatuvini tashkil etishda, taʼlim muassasalariga hamda ishga
joylashtirilishida yordam koʻrsatadi;
yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulki but saqlanishini taʼminlaydi;
vasiylikni yoki homiylikni tugatish toʻgʻrisida, shuningdek “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Qonunning 29 va 30-moddalarida nazarda tutilgan hollarda vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida
tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid tugʻilgan hollarda uni ota-onasidan yoxud ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan olib qoʻyish chora-tadbirlarini koʻradi;
voyaga yetmaganni toʻla muomalaga layoqatli deb eʼlon qilish (emansipatsiya) toʻgʻrisida homiylarning roziligi bilan qaror qabul qiladi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda ariza bilan sudga murojaat qiladi, mazkur masalalar yuzasidan ishlarni sud majlislarida koʻrib chiqishda
ishtirok etadi;
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganning oʻz ish haqi, stipendiyasi yoki boshqa daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish huquqini cheklash yoki uni bu huquqdan mahrum etish toʻgʻrisida sudga zarur hollarda ariza bilan
murojaat qiladi, voyaga yetmaganning qonunda belgilangan tartibda toʻla muomala layoqatiga ega boʻlishi hollari bundan mustasno;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga tegishincha maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam koʻrsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari, fuqarolarning
oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi;
fuqarolarga vasiylik va homiylik masalalari boʻyicha maslahatlar beradi;
fuqarolarning vasiylik va homiylik masalalariga doir murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan zarur choralar koʻradi.
vasiylik va homiylik sohasida xalqaro hamkorlikni belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling