Hujjat matni 537266-(551546)


Bolalar masalalari boʻyicha viloyat komissiyasi


Download 412.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/92
Sana28.12.2022
Hajmi412.36 Kb.
#1012420
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92
Bog'liq
funkcional-vazifalar-2022-j

Bolalar masalalari boʻyicha viloyat komissiyasi:
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, ularga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish maqsadida tuziladi.
Viloyat komissiyasining shaxsiy tarkibi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat komissiyasi rais (viloyat hokimi), rais oʻrinbosari va 10-18 nafargacha boʻlgan aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi. Komissiya aʼzolari soni ish hajmidan kelib chiqib belgilanadi.
Komissiya oʻz vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni qabul qiladi.
Davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari komissiya qarorlarini bajarish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida komissiyaga oʻn kunlik muddat mobaynida xabar berishlari shart.
Komissiyani moddiy-texnik jihatdan taʼminlash bilan bogʻliq masalalarni hal etish boʻyicha vazifalar tegishli ravishda viloyat hokimligiga yuklanadi.
Bolalar masalalari boʻyicha viloyat komissiyasi masʼul kotibi viloyat komissiyasi raisining farmoyishiga asosan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Viloyat komissiyasi har yil uchun belgilangan ish reja asosida faoliyatini tashkil etadi va rejalashtiradi.
Quyidagilar viloyat komissiyasi masʼul kotibining asosiy vazifalari hisoblanadi:
voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va tiklash, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik, qarovsizlik, huquqbuzarliklar va gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga imkon tugʻdiruvchi sabablar va sharoitlarni
aniqlash hamda bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va tashkilotlarning voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari boʻyicha
faoliyatini muvofiqlashtirish;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻrilayotgan choralarni baholash, monitoring qilish va samaradorligini oshirish;
tizimli kamchiliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etish;
huquqbuzarliklarning oldini olish va ularni bartaraf etishda, shuningdek huquqbuzarlik sodir etish sabablari va bunga imkoniyat yaratayotgan shart-sharoitlarni aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarning hamkorligini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni
ishlab chiqish va amalga oshirish;
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid maʼlumotni toʻplash, saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish hamda tegishli organlar va muassasalar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ulardan foydalanish;
tuman (shahar) komissiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Download 412.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling