Angren 2023 Reja: Bola huquqlari


Download 16.57 Kb.
Sana12.03.2023
Hajmi16.57 Kb.
#1263989
TuriReferat
Bog'liq
referat infarmatika



REFERAT
Fan: Media savodhonlik va axborot madaniyati.

Mavzu: Media muhitda bola huquqlari.


Bajardi: Iriskulova Sayyora

Tekshirdi: Nasriddinov J.


Angren 2023

Reja:

1.Bola huquqlari.

2.Bolani hurmat qilish va kafolatlash.

3.Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya.

Media muxitida bola huquqlari.

Bola huquqlari- inson huquqlarining bolaga nisbatan ishlatilishi. Bu sohadagi maxsus normalarning ishlab chiqilishi, bolaning jamiyatdagi alohida holati, ularning oiladagi o’rni, yoshi bilan bog’liq maxsus huquqlarning hamma davlat qonunchiligida belgilanmaganligi voyaga yetganlar huquqlarning barchasiga ega emasligidan kelib chiqadi. Bola huquqlari sohasiga tegishli xalqaro hujjatlarning ko’pchiligi u yoki bu doirada yosh bolalarga taaluqlidir. Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan birinchi xalqaro shartnoma Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bo’lsa, keying halqaro bo’yicha asosiy shartnoma esa Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiya hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9- erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha bir qancha xalqaro-huquqiy tajribalarini ham o‘z zimmasiga oldi. Ma‘lumki, Bola huquqlarining milliy qonunchilikning asosini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi tashkil qiladi. Unga muvofiq voyaga yetmaganlarning huquqlari davlat himoyasidadir. Bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlar O‘z R ,,Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida’’gi Qonuni bilan tartibga solingan.


Bola huquqlari- bolaga nisbatan inson huquqlari toifasi, irqi, tili, dini, tug‘ulgan joyi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiyligi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, har bir bola ega bo‘lishi kerak bo‘lgan huquq va erkinliklar. Xalqaro huquqda 18 yoshga yetmaganlarning barchasi bola deb tan olingan.
Bola huquqlari bo’yicha xalqaro vamilliy darajada ko‘plab maxsus hujjatlar mavjud. Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro darajadagi asosiy hujjat Bola huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya hisoblanadi. Konventsiya Nyu-Yorkda 1989 yil 20-noyabrda qabul qilingan. Unda 54 ta moddadan iborat bo‘lib,ularda bolalarning huquqlari.Konventsiyaga kiritilgan barcha huquqlar barcha bolalarga nisbatan qo‘llaniladi.
Konvensiyada birinchi marta bola Konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar
“hurmat qilish va kafolatlash “ talab qilinadigan huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida ko‘rib chiqiladi. Ushbu qoida bola jamiyatining juda himoyasiz a’zosi ekanligi va shuning uchun alohida himoyani talab qilishi va bunga loyiq ekanligini ko‘rsatadi.
Konvensiyaga binoan, bola mustaqil shaxs sifatida qabul qilinadi. Konvensiya bolani o‘ziga xos huquqlarga ega bo‘lgan shaxs sifatida tavsiflaydi: yashash huquqi (6-modda), oila qurish (9-modda), ismi va fuqaroligi bo‘yicha.

1-modda.
Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga to‘lmagan har bir inson zoti,agar bolaga nisbatan qo‘llaniladigan qonun bo‘yicha u ertaroq balog‘atga yetmagan bo‘lsa, bola hisoblanadi.
2-modda.
Ishtirokchi – davlatlar ushbu Konvensiyada o‘z ta’sir doirasida bo‘lgan har bir
Bola uchun ko‘zda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz,
irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlari, milliy, etnik yoki
ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sog‘lig‘I va tug‘ilishi, uning ota –onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror bir boshqa holatlardan qat’iy nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni ta’minlab beradilar.
Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila
a’zolarining qarashlari yoki e’tiqodida o‘z ifodasini topadigan maqom, faoliyat
asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini ta’
minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radilar.
3-modda.
Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy ta’minot masala
lari bilan shug‘ullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, ma’muriy
yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimi-yo‘qmi, bundan qat’iy nazar bolaning manfaatlari yaxshiroq ta’minlanishiga birinchi darajali e’tibor beriladi.
Ishtirokchi- davlatlar o‘z zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va g‘amxo‘rlik bilan ta’minlash, bunda uning ota-onasi,
vasiysi yoki qonun bo‘yicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini e’tiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va ma’muriy chora-tadbirlarni ko‘radilar.
Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida g‘amxo‘rlik ko‘rsatish yoki ularni himoya qilish uchun mas’ul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgalab qo‘yilgan me’yorlarga, xususan, xavfsizlik va zog‘likni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarni soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan me’yorlarga javob berishlarini ta’minlaydilar.
4-modda.
Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy,ma’muriy va boshqa choralarni ko‘radilar. Iqtisodiy,ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni o‘zlarida mavjud bo‘lgan imkoniyatlar doirasida,mumkin qadar yuqori darajada zarurat tug‘ilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladi.


Foydalanilgan adabiyotlar

1.O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti.
Tergov.uz@gmail.com.
2.pravacheloveka.uz>news
3.unicef.org.
4.”Dunyo” axborot agentligi .
Download 16.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling