Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Botirova Nodira Sherali qizi (ID: 13187) Tashkilot


Download 256.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/29
Sana25.02.2023
Hajmi256.76 Kb.
#1229037
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
Hisobotni bosmaga chiqarish - Antiplag

5
17
17
17
17
17
17


(F.I.Sh., imzo)
Mutaxassislik bo’yicha
konsu’ltant:___Xalikov S.R__________
(F.I.Sh., imzo)
9
ARXITEKTURA QISMI
Supermarket binosi.
Zamonaviy sharoitlarda aholiga maishiy xizmat ko'rsatish va umumiy
ovqatlanish savdo korxonalari, shuningdek, uyushmagan, alohida yoki qo'shimcha
qurilgan obyektlar bilan bir qatorda barcha xizmatlar bir joyda mujassamlashtirgan
binolar komplekslari –Supermarket binosi katta rol o'ynamoqda. Bu, o‘z
navbatida, aholiga qator qulayliklani sezilarli darajada tug'diribgina qolmay, balki
savdo va madaniy–maishiy korxonalar ishlarini tashkiliy jihatdan yaxshilashga
imkon beradi.
Boshqa savdo va xizmat ko'rsatuvchi korxonalarga nisbatan Supermarket
binosi qator afzalliklarga ega bo‘lib, bunda transport va yo'llarni kesib o'tish
muammolari hal etiladi hamda tumanlardagi uy–joy hududlari zonalashtiriladi.
Savdo korxonalarini mujassamlashtirgan holda joylashtirish, xaridorlar talablarini
keng qamrovda qondirib, ahamiyatli qulayliklar yaratiladi. Konstruksiyalarni
uni katsiyalash va bir rejaviy sistemani qo'llash asosida qurilish muddatlari
qisqaradi. Bu murakkab va xilma–xil binolar majmuasini loyihalashda keng
kompozitsion imkoniyatlar ochiladi.
Supermarket binosining klassi katsiyasi tizimining tashkiliy prinsiplari.
Chakana savdo korxonalari tarmoqlarini tashkil etish shaharning tarkibiy
rejalashtirilgan o'lchamlariga va aholining soniga bog'liq. Shu sababli xizmat
ko'rsatish tarmog'i, zonalar, hududlar va ayni vaqtda xizmat ko'rsatishning turi
hamda xarakteri bo'yicha tabaqalashtiriladi.
Xizmat ko'rsatish tarmog'ining «pog'onali» prinsipi keng tarqalmoqda:
l–pog'ona – 1,5–2 ming yashovchisi bo'lgan turar joy binolari guruhlariga
korxonalar tomonidan birinchi navbatda zaruriy bo'lgan mahsulotlar bilan xizmat
ko'rsatish. Bunday kichik korxonalar majmuasi 300m xizmat ko'rsatish radiusiga
ega bo'lib, birlamchi xizmat ko'rsatish punkti deb ataladi. Ular kooperatsiyalangan
alohida binoda yoki mehmonxona turidagi uylarga qo'shimcha ichki qurilgan
xonalarda bo'lishi mumkin;
10
2–pog'ona – 5–8 ming kishilik mikrorayonga 400 m xizmat ko'rsatish
radiusida bo'lgan, kooperatsiyalangan Supermarket binosi va unda
mujassamlangan xo'jalik bloki;
3–pog'ona – 30–50 ming aholisi bo'lgan turar joy hududiga xizmat
ko'rsatuvchi korxonalar majmuasi – tuman Supermarket binosi. Xizmatko'rsa-
tishradiusi 750–1000 matro da;
4–pog'ona–shaharningkattatumanigayokishahargaxizmatko'rsatuvchi–
shaharahamiyatidagiSupermarketbinosi.
Aholisi 50–100 ming bo'lgan shaharlarda aniq sharoitga ko‘ra uch yoki to‘rt
pog'onali sistemada, aholisi 50 mingdan kam bo‘lgan shaharlarda esa ikki–uch
pog‘onali sistemada xizmat ko'rsatish tarmog‘i quriladi.
Chakana savdotarmoqlarini jadvalda keltirilgan tabaqalashtirilgan me’yorlar
asosida hisoblanishi mumkin. (1–jadvalga qarag.)
1–jadval
Aholiga xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining tabaqalashtirilgan me’yorlari
Korxona turi O'lchov
birligi
Har 1000 kishi
uchun PiNu


asosidagi me’yor
Korxonalar, xizmat ko'rsatuvchilar
Mikrorayon, shuningdek,
turar joy guruhlari
Turar–joy
tumani
Shahar
Oziq–ovqat Ishchi 3,2 1,8–1,9 0,8–1 0,3–0,5
do‘konlari o'rni, % 1000 55–60 25–30 10–20
Umumiy Xo'randa 25 13–15 7–5 5
ovqatlanish
korxonalari
o'rni, % 100 55–60 25–20 20
Shunday qilib, Supermarket binosi sig'imi va belgilanish maqsadiga ko‘ra
asosiy – shahaming katta turar joy massiviga yoki shaharga xizmat ko‘rsatuvchi va
ikkinchi darajali – turar joy yoki mikrorayonlaming Supermarket binosi turlariga
bo‘linadi.
Aniq (konkret) sharoitlarda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini tashkil etishda
Supermarket binosi bloklardan yoki seksiyalardan tuziladi.
11
Yangidan qurilayotgan shahar tumanida kooperatsiyalangan Supermarket
binosini, hajmiy–rejaviy tarkibini va bir–biri bilan texnologik bog‘langan umumiy
korxonalar majmuasini loyihalash maqsadga muvo q.
Albatta, kooperatsiyalangan markaz bloklangan markazga nisbatan qator
afzalliklarga ega. Korxonalami kooperatsiyalash, Supermarket binosi ba’zi
xonalari hisobidan boshqa xonalarning kengayishi oqibatida ko‘rinishini va
rejasini o‘zgartiradi, binolaming qurilish hajmini kamaytiradi, qo'shimcha va
ombor xonalari, shuningdek, ma’muriy hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
shtatlarining qisqarishi hisobidan ekspluatatsion xarajatlar kamayadi.
Supermarket binosidan aholiga xizmat ko'rsatish shakli yana bir afzallikka
ega ekanligini ko'rsatib o‘tish joiz, bunda markazlashgan ta’minlashdagi real
imkoniyatlar yaratiladi, sezilarli darajada do'konlarning mahsulot bilan
ta’minlanishi hamda xo'jalik omborlari joylashishi soddalashadi.
Mahsulotlar ba’zi omborlardan tuman Supermarket binosi omborlariga
keltirilib, savdo qilish ko'rinishida tayyorlanadi va mikrorayon omborlariga
jo'natiladi. Bu, o‘z navbatida, mikrorayonlardagi xo'jalik omborlarining
qisqarishiga olib keladi.
Transport va piyodalar harakatlanuvchi yo‘llarni ajratish. Aytib o'tilganidek,
jamoat–Supermarket binosiga xaridorlar oqimining kattaligi butun majmuani
funksional bir turdagi binolar va ularni o‘rab turgan muhitdan ajratish zaruratiga
olib keladi
. Shu asosda turli maqsadlarga ko‘ra tashkil etilgan zonalar katta
o'lchamli maydonlar o‘miga transport va piyodalarning harakatini qulay tashkil
etish imkonini beradi.
Supermarket binosini loyihalashda binolarga piyodalar kelishi uchun
mo‘ljallangan o‘tish yo'llarini ko'chalar harakatidan ajralgan holda bo'lishi nazarda
tutilgan. Ayni vaqtda, savdo majmualarining ish faoliyatini talab darajasida bo'lishi
uchun jamoat transporti bekatlari bilan qulay bog'langan.
Loyihamizda, jamoat Supermarket binosi joylashgan hududda va avtobus
bekatlari bilan bog'langan. Avtomobillaming turish joyi 0,5 ga 50 avtomashina
uchun moijallangan.
12
Avtomobillaming turish joylari–Supermarket binosida barcha zonalar
uchun umumiy. Ularni imkoniyat darajasida Supermarket binosi uzunligi bo'yicha
magistral yo'llar yaqinida joylashtirilgan. Avtomobillar uchun maydon tanlashda
26


ular sonini doimiy ko'tarilib borishi nazarda tutilgan.
Supermarket va xizmat ko’rsatishtizimi va uni tashkil etilishi
Supermarket binosi va uni tashkil etish nafaqat shahar sistemasida uning
joylashishiga, balki, xizmat ko'rsatish xarakteri va sotiladigan mahsulotlar turidan
kelib chiqilgan bo‘lib, ular davriy qo‘llaniladigan ikki asosiy guruhga bo‘lingan.
Birinchi guruh mahsulotlariga – u birinchi navbatda zaruriy bo'lgan
mahsulotlar, non, go‘sht, baliq, sut va sut mahsulotlari, qandolat, shaxsiy gigiyena
predmetlari, konditer hamda tamaki mahsulotlari. Asosan, ular tez buziladigan
mahsulotlar bo‘lib, barcha Supermarket binosi uchun xarakterli hisoblanadi.
Ikkinchi guruh mahsulotlariga– bular asosan keng iste’mol mollari bo‘lib, har
bir oilada zarur bo‘lgani holda doimiy sotib olinmaydi. Bu guruhga tayyor
kiyimlar, poyafzallar, gazlamalar, bosh kiyimlari, radiofoto mahsulotlari, soatlar,
maishiy elektr jihozlari, velosipedlar, atir–upa, mo‘yna, zargarlik buyumlari, tansiq
mahsulotlar, gullar va boshqalar kiradi. Berilgan guruhdagi mollar asosiy va tuman
Supermarket binosini savdo– sotiq hajmining e’tiborli qismini tashkil etib, tegishli
tumanlardan tashrif buyuruvchi xaridorlarni aksariyati diqqatini o‘ziga tortadi.
Bu taklif etilayotgan Supermarket binosi tizimiga konkret sharoitlarga ko‘ra
yopiq bozorlar, garajlar va mehmonxonalar ham kiradi.
Supermarket binosida xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tizimini ko‘rib chiqar
ekanmiz, uning umumixtisoslashganligini va taraqqiyot istiqbolini e’tiborda
tutilgan. Taraqqiy etish istiqboliga ega xizmat ko'rsatish korxonalariga, masalan,
uy–ruzg’orda ishlatiladigan texnik murakkab jihozlarni ta’mirlash hamda ijaraga
berish va boshqalar kiradi.
Xizmat ko'rsatish korxonalarini kooperatsiyalashni davom ettirish ulami qabul
shaxobchalariga ega bo‘lgan, rivojlangan ishlab chiqarish guruhlari bilan
almashinishiga olib keladi. Ishlab chiqarish funksiyalari esa turar joy hududlaridan
tashqaridagi yirik fabrikalarga ko‘chiriladi.
13
Supermarket binosini hajmiy–rejaviy va konstruktiv yechimlari
Supermarket binosi uchun quyidagi hajmiy – rejaviy qurilmalar xarakterlidir.
Supermarket binosi 4 ta blokdan iborat bo’lib, bloklar orasida piyodalar
uchun yo‘lka tashkil etilgan. Bu usul funksional qurilmalarni ijobiy hal etib,
piyodalarning harakatlanish yo‘lini qisqartiradi.
Yordamchi xonalar qatorlari tashqi tarafdan joylashtirilgan,
avtomashinalaming turish joyi ham aniq belgilangan. Bu bilan savdo maydonlari
kengaytirilib, qulaylik yaratilgan. Ushbu usul mikrorayon va tuman Supermarket
binosi uchun qo‘llanildi.
Yopiq Supermarket binosi, unda piyodalar harakati tevaragida
joylashtirishdan maqsad. Supermarket magistralidan ajratishga imkon beradi.
Yordamchi xonalar va avtomobillar turish joylari tashqi tarafda, piyodalar zonasini
buzmagan holatda joylashadi.Bu usulda avvalgi ikki usulga nisbatan xaridorlarning
harakatlanish joyi yanada qisqaradi. Usul tuman Supermarket binosi uchun
qo‘llanilgan.
Yopiq savdo kompleksi 1–qavat yerto’la va 3 qavat jami 4–qavatdan tashkil
topgan bo’lib, bino zamonaviy yo’nalishda loyihalangan. Binoning uzunligi yuk
ko’taruvchi devorlarning o’qlari bo’yicha 35 m va eni 15.5 m teng bo’lib qavat
balandligi 4.2 m ga tengdir. Loyihada binoning konstruksiyalari asosan temir beton
plitalardan, gisht devorlar va tashqi devorlar qoplamali vitraj oynalardan
foydalanilgan.
Kompleksning yerto’la qavatida omborxona, texnik xona, va yordamchi xona.
Majmuaning kirish qismi markazida xaridor va tashrif buyuruvchilar uchun asosiy
va yuk lifti, shuningdek ikki chetida zinaxonalar joylashtirilgan.
Majmuaning 1–qavatida vestubyul, savdo zali, yordamchi xona, sanuzel,
hodimlar uchun garderob, joylashtirilgan.


2–qavatida esa faye, savdo zali, yordamchi xona, sanuzel, joylashtirilgan.
3–qavatida bino o`rta qismi tamaddixona va ikki yon qismi ochiq ovqatlanish
joyi joylashtirilgan.
14
Savdo–sotiq va xizmat ko'rsatish binolariga kirish odatda zina va lift orqali
amalga oshiriladi. Avtomashinalar turish joylari maydondan tashqarida
loyihalashtirildi.
Korxonalami joylashtirishda ularning maqsadli belgilanishi va texnologik
xususiyatlari inobatga olindi. Loyihada, tez–tez tashrif buyuradiganlar uchun
oziq–ovqat do‘koni, pochta, dorixona va boshqalarni binoning birinchi qavatida,
maydon va ko‘chalarga yaqin yerda joylashtirilgan.
Kichik kafe 3 - qavatda loyihalangan. Bunda terassaga yoki ichki hovliga
chiqish imkoni bo’lib, yoz oylarida ulardan ochiq zallar ko‘rinishida foydalanildi.
Savdo xizmat ko'rsatish birinchi va ikkinchi qavatga joylashtirilgan.
Buyurtmalarni qabul qilish va uyga eltib berish, birinchi qavatning markaziy
qismiga joylashtirilgan. Shunday qilib, yerning ustki qismidagi qavatlarda savdo
zallar, yer ostidagi qavatlarda esa omborlar va xizmat ko'rsatuvchi xonalarning
katta qismi joylashadi. Barcha turdagi korxonalar, Supermarket binosi uchun
rejaviy va konstruktiv yechimlar uni katsiyalashtirilgan.
Supermarket binosilarini yanada tejamkor va qulay qilib joylashtirilgan va
sun’iy yoritilgan. Binoning chuqurligini (ichkarisini) kattalashtirish bilan
qo'shimcha rejaviy va texnologik imkoniyatlar vujudga keldi. To'siqlarni va
jihozlarni almashtirish joyi bilan rejadagi o'zgarishlar asosida savdo–sotiqning
yangi shakllarini tatbiq etish mumkin.
Supermarket binosi Denov tumani markaziy bozordan 500–600 m uzoqlikda
joylashgan. Turarjoy binolar yon qismida joylashtirish taklif loyihasi berilmoqda.
Men diplom mavzuyimga aynan “Supermarket binosi”ni olishdan
maqsad, mamlakatimizda Denov tumanida aholiga sifatli, arzon
mahsulotlarni yetkazib berish, oziq–ovqat sanoatini ham izchil rivojlantirish
va Respublikamizda aholiga ehtiyojidan kelib chiqib talab darajasida turli
mahsulotlar savdosi, meva–sabzavot eksportini ko'paytirish uchun loyihalar
amalga oshirishdir.
15
“Surxandaryo viloyati Denov tumanigi Supermarket binosi” ni loyihalashda
quyidagi “Qurilish me’yorlari va qoidalari
” hujjatlariga asoslanib ishlab
chiqilgan:
1. QMQ 2–08. 02–09. “Jamoat binolari va inshootlari”
2. QMQ 2–03. 10–95. “Tomlar va tomqoplamalar”
3. QMQ 2.01.03–96. “Zilzilaviy hududlarda qurilish”
4. QMQ
2. 07. 01–94 “Loyihalash uchun iqlimiy va zikaviy, geologik
ma’lumotlar”
Har bir loyihalanayotgan bino konstruktiv yechimga ega bo’lishi kerak.
Bino mustahkamligi va chidamliligi konstruktiv yechimga bog’liq. Bino
konstruksiyasiga qo’yiladigan talablar quyidagicha:
Funksional talab – bino qaysi jarayonga mo’ljallangan bo’lsa, shu
jarayonning talablariga to’la javob berishi kerak;
Texnik talablar – mustaxkamlik talablariga to’la javob berishi kerak. bunda
loyihaning to’g’ri tanlangani, atmosfera ta’siriga chidamliligi va seysmik talabga
to’liq javob berishi kerak
;
Arxitekturaviy–badiiy talab – binoning ichki va tashqi ko’rinishi barcha
talabga javob berishi kerak.
Binoning konstruktiv elementlari: poydevor, devor, zinalar, parda devorlar,
eshik va derazalar, ustunlar va h.k. “Xalqaro Supermarket binosi” loyihasi taklif
qilinayotgan hudud, eng avvalo, konstruktiv jihatdab o’rganib chiqildi

Download 256.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling