Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Haydaraliyeva Gulzoda Baxtiyor qizi (ID: 27893) Tashkilot


 Tajriba-sinov natijalarining samaradorligi va matematik-statistik


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/56
Sana17.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1783085
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Bog'liq
antiplagiyat to\'liq hisobot

3.2. Tajriba-sinov natijalarining samaradorligi va matematik-statistik
tahlili
Tajriba-sinov ishlarining asosiy farazi — ingliz tilidagi bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirishda talabaga yo‘naltirilgan yondashuv kontseptsiyasida
1
1


nazarda tutilgan didaktik vositalar majmuasidan maqsadli foydalanishga
asoslanadi, to'g'ridan-to'g'ri motivatsiya mexanizmlarini faollashtirishga va shu
bilan o'rganish samaradorligini oshirishga qaratilgan» interfaol usullar ta'sirini
kuchaytirish bilan amalga oshiriladi, talabalarga ingliz tilida intensiv ravishda
dars mashg’ulotlarini tashkil etish, hozirgi davrda dolzarb masala bo’lgan vaqtni
to’g’ri taqsimlashga (time management) va qisqa muddatli, keng hajmli, yuqori
samarali o’quv moddiy bazasini yaratish uchun xizmat qiladi. Ingliz tilini o‘qitish
sifati ko‘rsatkichlar tizimi talablari asosida kiritilgan yangiliklar ta’lim
samaradorligini ta’minlaydi. Talabalarning ingliz tilidagi bilim salohiyatini
rivojlantirishda intensiv metodlardan foydalanish asosida ularda fanga oid
bilimlarning o‘sganlik darajasini
diagnostika qilish uchun muammoli
topshiriqlardan foydalanildi.
Talabalarning ingliz tilidagi bilim salohiyati rivojlanganlik darajalari va
ularni tashxislash mezonlariga muvofiq topshiriqlar uchun darajalar belgilandi:
ifodali o‘qishga mo‘ljallangan reproduktiv xarakterdagi
topshiriqlar;
audio
daraja xarakteridagi elektron topshiriq; multimediali qisman-izlanuvchanlik
darajasi xarakteridagi elektron topshiriq; mustaqil nutq o‘stirish darajadagi
xarakterdagi topshiriq. Tizimli o‘zgarishlar bosqichma-bosqich, uzluksiz tarzda
joriy etib borilganligi bois tajriba-sinov ishlarining asosiy vazifasi – intensiv
metodlar vositasida talabalarning ingliz tilidagi bilim salohiyatini rivojlantirish,
deb belgilandi.
Tadqiqot doirasida tajriba-sinov ishlari yuzasidan foydalanilgan
metodlar: nazariy-mantiqiy tahlil, taqqoslash, anketalashtirish; suhbat, test
namunalari, ilg‘or innovatsion pedagogik tajribalarni umumlashtirish,
kuzatish; anketa-so‘rov, matematik-statistik metodlardan foydalanildi.
Tajriba-sinov jarayonida qatnashgan 143 nafar talabalarning intensiv
metodlar vositasida ingliz tilidagi bilim salohiyatining rivojlanganlik darajalari
sifat ko‘rsatkichlariga asosan matematik-statistik metod yordamida qayta tahlil
qilinib, yuqori, o‘rta va quyi darajalarga ajratildi (3.2-jadval).

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling