Hujjat tekshirish natijalari Tekshiruvchi: Haydaraliyeva Gulzoda Baxtiyor qizi (ID: 27893) Tashkilot


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/56
Sana17.11.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1783085
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56
Bog'liq
antiplagiyat to\'liq hisobot

20
2


o'quvchining reproduktivligini oshiradi, bu o'qituvchining o'z odiga qo'ygan
maqsadlari sari bir qadam oldin qo'yilganlik maqsadini ifodalaydi.. O'quvchining
ilmiy salohiyatini oshirishda har bir tamoyilning maqsad va vazifalarini
konkretlashtrish va izchilligini ta'minlashga qaratiladi, bunda xalqaro va milliy
hamkorlik
professor-o'qituvchilarning
zamonaviy
o'qitish
strategiyasini
kuchaytirdi va tajriba tamoyillarini kengaytiradi.
III BOB. INTENSIV
O‘QITISHGA QARATILGAN TAJRIBA-
SINOVNI TASHKIL ETISH VA O‘TKAZISH
3.1 Tajriba –sinov ishlarini tashkillashtirish o‘tkazish bosqichlari
Xorijiy tillarga o'qitishning intensiv metodikasi
tajriba –sinov ishlari
2022-2023 o’quv yillarida Guliston davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat
11


pedagogika institutlarining “Ingliz tili va adabiyoti”, “Tillarni o‘qitish”
kafedralari, ingliz tilini o‘qitish jarayonida olib borildi. Tajriba-sinov ishlariga -
143 nafar talaba va 19 nafar professor-o‘qituvchilar jalb qilingan bo‘lib, ular jami
162 nafar respondentni tashkil qildi (3.1-jadval).
3.1-jadval

Tajriba maydonlari
Talabalar
ᱸ˓˔ˎ˴ 
ᱹ˓˔ˎ˴ 
soni
Professor
o‘qituvchilar
ᱸ˓˔ˎ˴ 
ᱹ˓˔ˎ˴ 
soni
Talabalar
Professor-
o‘qituvchilar
ᱸ˓˔ˎ˴ 
ᱹ˓˔ˎ˴ 
(foizda)
1
Guliston davlat
pedagogika instituti
65
5
93%-7%
2
Navoiy davlat
pedagogika instituti
78
14
89%-11%
Jami:
143
19
Talabalarga xorijiy tillarni intensiv metodlar yordamida o’qitishni
rivojlantirish yuzasidan tadqiqot ishi ingliz tili mashg‘ulotlarida nazariy-
tajribaviy yo‘nalishda amalga oshirildi va quyidagi uch bosqichni o‘z ichiga
oldi: birinchi bosqich – tashxis va prognostik bosqichida tadqiqotda qo‘yilgan
muammolarga oid adabiyotlarni o‘rganish, tadqiqotning maqsadi, farazlarini
aniqlash, qayd qiluvchi tajribalarni o‘tkazish, dissertatsiyaning ilmiy-nazariy
asoslarini ishlab chiqish; ikkinchi bosqich– tashkiliy tayyorgarlik bosqichida
OTM bazasida tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish; uchinchi bosqich – tajriba-
sinov ishining amaliy bosqichida olingan natijalarni tahlil qilish, to‘rtinchi
bosqich- umumlashtiruvchi bosqichda ularni bir tizimga keltirish va
dissertatsiya shaklida rasmiylashtirish.
Tashxis va prognostik bosqichi 2022-2023 o’quv yillarining sentabr oyi
davomida olib borildi. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazish joyi, vaqti, tajriba-sinov
muddati va o‘quv materiali miqdori belgilandi va tajriba-sinovda ishtirok
etuvchilar tanlab olindi. Guliston davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat
pedagogika institutlari tajriba-sinov maydonlari
etib belgilandi. Anketa
2


so‘rovnoma o‘tkazish yo‘li orqali talabalarning ingliz tilini bilish darajalari
aniqlandi, tajriba-sinov maydoni ishtirokchilari nazorat hamda tajriba guruhlariga
ajratildi. Ingliz tilini talabalarga qisqa muddat ichida yanada samarali o’qitish
uchun audio-lingual, audio- visual, immersion, suggestpediya, ritmopediya,
relaksapediya metodlari taklif etildi.
Tashkiliy tayyorgarlik bosqichi o’quv yilining oktabr oyida amalga
oshiridi. Prognostik bosqichida aniqlangan muammo asosida metodik va didaktik
ta’minot ishlab chiqildi, ya’ni oliy ta’lim talabalarining tanlangan ko’rsatkichi
eng yuqori bo’lgan metodlar asosida dars mashg’ulotlari rejalashtirildi.
Tajriba-sinov ishining amaliy bosqichi o’quv yilining 3 oyi (noyabr,
dekabr, yanvar) davomida reja asosida Amaliy bosqich metodik va didaktik
ta’minotni qo‘llash asosida dars mashg’ulotlari tashkillashtirildi.
Tanlab olingan tajriba maydonlarida tajriba-sinov ishlarining amaliy
asoslovchi (o’quv yilining 3 oyi) bosqichida o‘quv jarayonidagi mavjud holatlar
o‘rganildi: talabalarning o‘quv-uslubiy ta’minoti, namunaviy dastur, ishchi o‘quv
dasturi, o‘quv adabiyotlar, darsliklar, tahlil etildi, ingliz tili darslari kuzatildi,
ingliz tili o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida diagnostik so‘rovnomalari
o‘tkazildi .
Amaliy bosqichning shakllantiruvchi qismida talabalardan olingan
diagnostik so’rov natijalarini Tashxis va prognostik bosqichida olingan so’rov
natijalari bilan taqqoslanganda amaliy bosqich sinov natijalari yuqori samara
berganligini ko’rish mumkin. Ushbu amaliy bosqich natijalari professor-
o’qituvchilar hamda talabalar orasida ham ijobiy sifatlarni kasb etadi.
Umumlashtiruvchi bosqichda (2022-2023 o‘quv yili) shakllantiruvchi
bosqichda olingan natijalar ko‘rsatkichlari umumlashtirildi va matematik-statistik
tahlil qilinib, samaradorlik foizlari aniqlandi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling