Hujjat turlari va ish yuritish asoslari


Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni tuzish asoslari


Download 222.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana24.04.2023
Hajmi222.99 Kb.
#1395309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujjat turlari va ish yuritish asoslari Maxmudov Elbek 744 22

 
3. Shartnoma va kontraktlar haqida ma’lumot hamda ularni tuzish asoslari 
Fuqarolar va yuridik shaxslarning huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish 
yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlarga shartnoma (yoki bitimlar) deyiladi. 
Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va 
majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuvidir. 
Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar 
o‘rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga 
soluvchi hujjatdir. 
Shartnoma davlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdek, 
fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan 
ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat 
aksar hollarda mehnat bitimi deb ataladi. 
Shartnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra juda xilma-xil ko‘rinishga ega: mahsulot 
yetkazib berish haqida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini davlat yo‘li bilan xarid 
qilish haqida, mulkiy (moddiy) javobgarlik haqida, bino va inshootlar qurilishi 
haqida, turar joy ijarasi haqida, uy-joy yoki transport vositalarining oldi-sotdisi, 
hadya qilish, almashtirish, mol-mulkni ijaraga olish, qarz berish haqida va 
boshqalar. Muassasalar o‘rtasida keng tarqalgan shartnoma turlariga mol (tovar) 
yetkazib berish, pudrat, imoratlar ijarasi, asbob-uskunalarni o‘rnatish haqidagi 
shartnomalarni ko‘rsatish mumkin. 
Har qanday shartnoma o‘z mazmuni va shakliga ko‘ra qonunga muvofiq 
bo‘lishi kerak. Bu qoidaning buzilishi Shartnomaning qonuniy kuchini yo‘qqa 
chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo‘l qo‘ygan mansabdor 
shaxslarni javobgarlikka olib keladi. 


● 
Shartnomalar og‘zaki, yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar 
tomonidan tasdiqlangan tarzda ham bo‘lishi mumkin. Shartnomaning ayrim 
turlari, chunonchi, imoratlarning oldi-sotdi shartnomasi tegishli davlat idoralarida 
qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat qonunda belgilangan taqdirda qo‘llanadi. 
Shartnoma muassasalarga tegishli bo‘lganda, tomonlar imzolangunga qadar 
unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik belgisi 
(vizasi) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob 
va qismlari bo‘yicha kelishib olib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan 
keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlikning asosiy shakli shartnoma asosida 
mayda va yirik korxonalar orasidagi aloqalar hisoblanadi. Bunga yirik korxonalar 
mayda korxonalarni uzoq muddatli shartnomalar asosida zaruriy manbalar bilan 
ta’minlab turishi misol bo‘la oladi. Hamkorlar orasida tuziladigan qonuniy hujjat 
– shartnoma hisoblanadi.
Shartnomaga ko‘ra ishlab chiqaruvchi bir tomondan, o‘z tovarini 
(mahsulotlarini) belgilangan miqdorda, sifatda, assortimentda va muddatlarda 
yetishtirib berish majburiyatlarini olsa, ikkinchi tomondan buyurtmachi yoki 
iste’molchi esa uni qabul qilib olish, qiymatini belgilangan va kelishilgan 
narxlarda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 

Download 222.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling