Hujjat turlari va ish yuritish asoslari


Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi


Download 222.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana24.04.2023
Hajmi222.99 Kb.
#1395309
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Hujjat turlari va ish yuritish asoslari Maxmudov Elbek 744 22

 
2. Ish hujjatlarining turlari va ularni shakllantirish tartibi 
ARIZA 
Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki 
shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p 
qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba
ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – 
jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi 
va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar 
ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv 
yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, korxona rahbariyatiga – 
xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila 
oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. 


● 
Hajmi, uslubi va turidan qat’i nazar, ariza o‘zining umumiy zaruriy qismlariga 
ega va u ana shu qismlarning izchilligi asosida tuziladi. Arizaning zaruriy 
qismlari: 
1. 
Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi. 
2. 
Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, otasining ismi va familiyasi. 
3. 
Hujjatning nomi (Ariza). 
4. 
Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat). 
5. 
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa). 
6. 
Ariza yozuvchining imzosi, ismi va otasining ismini bosh harflari
familiyasi. 
7. 
Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy). 
Shuni eslatib o‘tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham 
birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o‘zi ishlayotgan korxona yoki idora 
rahbariyatiga ariza yozganda uning yashash joyi haqida ma’lumot zarur 
bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo‘lim (qism, brigada va 
hokazo) va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko‘pchilik arizalar uchun 
ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi. 
Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni 
va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham 
mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan 
fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtayi 
nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni 
katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. Arizalar aksar hollarda 
shaxsiy xususiyatga egadir. Shu bilan birga, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat 
arizasi fuqarolar yoki tashkilotlarning o‘z huquqlarini amalga oshirish yoki 
manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir.
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat peda- 
gogika universiteti kasaba uyushmasi hay’atiga Kasb ta’limi fakultetining 2-kurs 
talabasi Qobil Rahimovdan
ARIZA


● 
Stipendiya 
miqdorining 
kamligi 
va 
xususiy 
xonadonda 
ijarada 
yashayotganligimni e’tiborga olib, menga moddiy yordam ko‘rsatishingizni 
iltimos qilaman.
2012.16.01. (imzo)
K. Rahimov

Download 222.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling