- 3. Me’yoriy nazoratning asosiy maqsadlari va vazifalari
- Texnik hujjatlarning me‟yoriy nazorati quyidagi maqsadlarda amalga
- oshiriladi:
- ishlab chiqilayotgan loyihalarda standartlarda belgilab qoʻyilgan me‟yorlar,
- qoidalar va talablarga rioya qilish, konstruktorlik, texnologik va loyihalashtirish
- hujjatlarini YeSKD (Konstruktorlik Hujjatlarining Yagona Standarti) va YeSTD
- (Texnologik Hujjatlarning Yagona Standarti) standartlari talablariga muvofiq
- toʻgʻri rasmiylashtirish;
- ishlab chiqilayotgan loyihalarda oldindan loyihalashtirilgan, ishlab
- chiqarishda oʻzlashtirilgan standartlashtirilgan va bir xillashtirilgan
- (unifikasiyalangan) detallar va qismlardan, tayanch konstruktorlik va texnologik
- yechimlardan keng foydalanish asosida standartlashtirish va bir xillashtirishning
- (unifikasiyalashning) yuqori darajasiga erishish;
- tarmoqlar va zavodlarda joriy qilingan cheklovchi standartlar asosida
- konstruktorlik va texnologik elementlarni (rezbalar, tishli gʻildiraklarning
- modullari, ruxsat beriladigan joizliklar va hokazolar), metall va metall boʻlmagan
- materiallarning markalari va sortamentlarini rasional tarzda qoʻllash.
Quyidagilar me’yoriy nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi: - Quyidagilar me’yoriy nazoratning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- taqdim qilinayotgan materialning tashqi koʻrinishini tekshirish;
- ijro qiluvchi, tekshiruvchi va tasdiqlovchi shaxslarning imzolari borligini
- va toʻliqligini tekshirish;
- qoʻllaniladigan materiallar, konstruktorlik elementlari va buyumlarning
- qismlarini bir xillashtirish (unifikasiyalash) tamoyilining (prinsipining)
- toʻliqligini tekshirish;
- boʻlinmalar – ishlab chiquvchilar tomonidan taqdim qilinadigan
- hujjatlarning korxonada amalda boʻlgan me‟yoriy-texnik hujjatlarda belgilab
- qoʻyilgan me‟yorlar va talablarga muvofiqligini tekshirish;
- mikrofotoli nusxa koʻchirishga va tanlanma tarzda bosib chiqarishga
- moʻljallangan hujjatlarga nisbatan qoʻyiladigan talablarga rioya qilinishini
- tekshirish;
- hujjatlar zamonaviy hisoblash texnikasini qoʻllashni hisobga olish bilan
- rasimylashtirilganligini tekshirish;
- boshqa tashkilotlardan kelgan texnik hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazishda
- ishtirok etish, mahsulot sifatining me‟yoriy-texnik hujjatlarda belgilab
- qoʻyilgan me‟yorlar va talablarga muvofiqligini tekshirish;
- boshqa tashkilotlardan kelgan hujjatlarga kirish me‟yoriy nazoratini
- oʻrnatish, me‟yoriy nazoratdan oʻtkazish paytida aniqlangan hamda ishlab
- chiquvchi tashkilot bilan kelishilgan holda konstruktorlik hujjatlariga
- kiritilgan tuzatishlar va toʻgʻrilashlarni tekshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |