Hujjatlarini bibliografiya tuzish


Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga


Download 382.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi382.02 Kb.
#1544402
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RASMIY XUJJATLAR VA MAXSUS TURDAGI HUJJATLARINI BIBLIOGRAFIYA TUZISH

 
Rasmiy davlat hujjatlarini tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, hisobga 
olish, saqlash va topshirish tartibi to‘g‘risida 
NIZOM 
I. Umumiy qoidalar 
1. Mazkur Nizom rasmiy davlat hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda “rasmiy hujjatlar” 
deb ataladi)tayyorlashga buyurtma berish, ularni tayyorlash, saqlash, hisobga olish va 
topshirish tartibini belgilaydi. 
2. Mazkur Nizomning amal qilishi rasmiy hujjatlar blankalari asl nusxalarini ishlab 
chiquvchi, ularga buyurtma beruvchi, ularni tayyorlovchi, hisobga oluvchi, saqlovchi, 
topshiruvchi va hisobdan chiqaruvchi vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga 
joriy etiladi. 
3. Rasmiy hujjatlar blankalari, shu jumladan bunga Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
vakolat berilgan matbaa korxonalari (keyingi o‘rinlarda “matbaa korxonalari” deb ataladi) 
tomonidan “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan ishlab 
chiqarilgan, qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi elementlari bo‘lgan maxsus qog‘ozda 
tayyorlanadi. 
4. 1992-yilning 1-yanvaridan so‘ng berilgan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik 
to‘g‘risidagi hujjatlarning tan olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar shakli Davlat test 
markazi tomonidan ishlab chiqiladi va uning buyurtmasiga asosan O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasida 
muhofazalangan qog‘ozlarda tayyorlanadi. 



5. Rasmiy hujjatlar muayyan seriyaga va tartib raqamiga ega bo‘lgan qat’iy hisobda 
turadigan hujjatlar hisoblanadi. 
Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlashga mo‘ljallangan qog‘oz, yarim tayyor 
mahsulotlar, tayyor bosma va quyma ashyolar qat’iy hisobda turadigan ashyolar jumlasiga 
kiradi. 
II. Rasmiy hujjatlar tayyorlashga buyurtmalarni rasmiylashtirish 
6. Rasmiy hujjatlar blankalarini tayyorlash vakolatli vazirliklar, idoralar va boshqa 
tashkilotlarning 
(keyingi 
o‘rinlarda 
“buyurtmachilar” 
deb 
ataladi) 
yozma 
buyurtmanomalari asosida matbaa korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. 
7. Matbaa korxonalari tomonidan rasmiy hujjatlar blankalari tayyorlashga 
buyurtmalarni rasmiylashtirish buyurtmachida seriyalari va tartib raqamlari majburiy 
ravishda ko‘rsatilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan namunalar mavjud bo‘lgan 
taqdirdagina amalga oshiriladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
8. Rasmiy hujjatlarni tayyorlashga barcha buyurtmalar tartib raqami qo‘yilgan, ip 
o‘tkazib tikilgan, muhr bilan tasdiqlangan, matbaa korxonasi va O‘zbekiston matbuot va 
axborot agentligi rahbarlari tomonidan imzolangan alohida “Buyurtmalar daftari”da 
ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 28-avgustdagi 305-
sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y. 15-16-son, 125-modda) 
Keyingi tahrirga qarang. 

Download 382.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling